Kogeziya
Kogeziya (lotincha cohaesus — yopishgan, birikkan) — bir xil jinsli qattiq yoki suyuq jismlarning molekulalararo taʼsirlashuvi natijasida yaxlit jism boʻlib birikishi. Molekulalararo masofa oshgan sari K. kuchi keskin kamayadi, u gazlarda juda kichik, qattik jismlarda yetarlicha katta. K. jismning mustahkamligini ifodalaydi. Qattiq jism parchalanganda (burgʻilanganda, maydalanganda) yoki suyuqliklar sochilganda, K.ga teskari jarayon sodir boʻladi (qarang Adgeziya).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |