Adjika (abxazcha: аџьыка, gruzincha: აჯიკა) — pastasimon massa shaklidagi abxaz[1] va gruzin[2] achchiq ziravor boʻlib, unga maydalangan (anʼanaviy ravishda — toshda[3]) qizil qalampir, koriander, koʻk hilba (utsxo-suneli) va boshqa oʻtkir ziravorlar (yangi yoki quritilgan), sarimsoq kiradi va ung maʼlum miqdorda[4] osh tuzi qoʻshiladi.

Adjika odatda qizil rangga ega, ammo pishmagan qalampirdan yashil rang ziravor tayyorlanishi mumkin.

Pomidorlar anʼanaviy adjika tarkibiga kirmaydi, ammo vaqt oʻtishi bilan turli xil sabzavotlar pyuresi, shu jumladan pomidorlarni ham oʻz ichiga olgan oʻzgarishlar paydo boʻldi. Bugungi kunda „adjika“ deb nomlangan doʻkonlarda sotiladigan achchiq souslarning muhim qismi pomidordan iborat. Pomidor, paprika va ular bilan birga keladigan suyuqlikni oʻz ichiga olgan souslarning toʻgʻri nomi — satsebeli.

Kelib chiqish tarixi

tahrir

"Adjika" soʻzi abxaz tilidan boʻlib, oddiygina „tuz“ degan maʼnoni anglatadi (aniqrogʻi, џyka, chunki a — aniq artikl)[5], Achei-џyka — non (acha) bilan tuz — salomlashish, rus non va tuz ga qarang.

Abxazlar bunday ziravorlar aralashmasini „apiril-jika“ deb atashadi, bu „qalampirli tuz“ yoki „adjiktsatsa“ (ačykaaaa), yaʼni „bir narsa bilan tuzlangan“ va dunyoning qolgan xalqlari oddiygina ajika[6] deyishadi.

Manbalar

tahrir
  1. Копешавидзе Г. Г.. Абхазская кухня. Сухуми: Алашара, 1989 — 77-bet. 
  2. Похлёбкин 1983.
  3. Видео: Абхазская аджика 2004.
  4. Похлёбкин 1973.
  5. Abkhaz-Adyghe etymology
  6. Apsny.Ru — Pripravi

Adabiyotlar

tahrir
  • Похлёбкин В.В.. Всё о пряностях. М.: Пищевая промышленность, 1973 — 154—155-bet. 
  • Похлёбкин В.В. „Грузинская кухня“, . Национальные кухни наших народов. М.: Лёгкая и пищевая промышленность, 1983 — 123-bet. 
  • Копешавидзе Г.Г.. Абхазская кухня. Сухуми: Алашара, 1989 — 5, 77—78-bet.