Adrián Díaz
Adrián Díaz Bronchud (Talaffuzi: Adrian Diaz Bronchud[1] 1990-yil 17-sentyabr, Barselona) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi ispaniyalik figurali uchuvchi. Sherigi Olivia Smart bilan birgalikda Ispaniya chempioni (2018, 2020, 2022), Kanada Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindori (2021) va Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2022) boʻlgan.
Adrián Díaz | |
---|---|
Adrián Díazrt | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Adrián Díaz |
Davlat | Ispaniya |
Boʻyi | 172 |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 199,11 |
Qisqa dastur | 79,40 |
Erkin dastur | 121,41 |
Ilgari Adrián Ispaniyaning besh karra chempioni (2009, 2012-2015) va Universiadaning kumush medali sovrindori (2015) boʻlgan Sara Hurtado bilan juftlikda musobaqalarda chiqish qilgan. Díaz va Hurtado Xalqaro konkida uchish ittifoqi musobaqasi va Olimpiya oʻyinlarida (2014) qatnashgan birinchi ispan muz ustida raqsga tushuvchi figurali uchuvchidir.
Faoliyati
tahrirHurtado/Diaz jufgtligi 2013-yil oxirida 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida figurali uchish boʻyicha — muz ustida raqs musobaqasida qatnashish huquqi uchun Germaniyada boʻlib oʻtgan turnirda qatnashishdi. Yevropa chempionatida juftlik kuchli oʻntalikdan joy oldi.
Hurtado/Diaz raqs juftligi olimpiadadan keyingi mavsumni Barri shahrida oʻtkazilgan Autumn Classic International musobaqasida boshladi va u yerda beshinchi oʻrinni egalladi[2][3]. Ikki hafta oʻtgach, Zagrebda boʻlib oʻtgan „Golden Skate of Zagreb 2014“ turnirida barcha bosqichdagi natijalari yaxshilanib, sportchilar uchunchi oʻrinni egalladi. Juftlik 2015-yildagi Yevropa chempionatida shov-shuv koʻtarishdi. Ular barcha sport yutuqlarini yaxshiladilar va eng yaxshi beshta raqs juftligi roʻyxatiga kirishdi[4]. Bir hafta oʻtgach, Ispaniyada oʻtkazilgan qishki Universiadada ishtirok etishdi[5]. Juftlik Shanxayda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oldingi natijalarini yaxshilashga muvaffaq boʻldi.
2015-yilgi kuz mavsumi juftlik uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Saraning toʻpigʻidan jarohat olgani sababli, juftlik Finlandiya va Fransiyada oʻtkazilgan turnirlarni tark etishdi[6]. Koʻp oʻtmay, juftlik tarqaldi. Díaz Britaniya chempioni raqqosa Olivia Smart bilan yangi juftlik hosil qildi. Figurali uchuvchilar Ispaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashishga qaror qilishdi.
Adrián/Olivia juftligi Olimpiya oldidan yangi mavsumni AQShda boshladi; avgust oyining boshida Lake Placid qishlogʻida oʻtkazilgan turnirda ikkinchi oʻrinni egalladi. Buning ortidan Salt Lake City shahrida turnir boʻlib oʻtdi. Bu turnirda juftlik uchinchi oʻrin uchun kurashdi, biroq toʻrtinchi oʻrinni egalladi[7]. Oktyabr oyi boshida figurali uchuvchilar Monrealda boʻlib oʻtgan Autumn Classic xalqaro turnirida ishtirok etib, kuchli oltilikka kirgan. Ular Finlandia Trophy turnirida ham oltinchi oʻrinni egallashdi. Olivia ushbu turnirda oldingi barcha yutuqlarini yangiladi. Dekabr oyi oʻrtalarida Vielhada boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Olivia va Adria juftligi ikkinchi oʻrinni egalladi[8]. Fevral oyi oʻrtalarida ispaniyalik juftlik Wolkersdorf im Weinviertelda oʻtkazilgan Bavariya kubogi uchun kurashib, ikkinchi oʻrinni egalladi[9]. Shu bilan birga, ular jahon chempionatida qatnashish uchun kerakli ball toʻplashdi. Juftlik mart oyining oxirida Helsinkida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, keyingi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi va erkin dastur bosqichiga oʻtishdi[10].
Díaz/Olivia juftligi sentyabr oyida Olimpiya mavsumini Salt Lake City shahrida boshlab, U.S. International Figure Skating Classic musobaqasida kuchli oʻntalik oʻrtasidan joy oldi. Bir hafta oʻtgach, raqqosalar Kanadada oʻtkazilgan Autumn Classic International turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Bir oy oʻtgach[11], juftlik Gran-pri seriyasining Kanada bosqichida debyut qilib, qisqa raqsdagi oldingi natijalarini biroz yaxshiladi. 2017-yil dekabr oyida juftlik Ispaniya chempioni boʻldi. Biroq Ispaniya federatsiyasi Toʻrt qitʼa chempionati va Olimpiya oʻyinlariga boshqa juftlikni yuborishga qaror qildi. Mart oyining oxirida sportchilar Milanda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qatnashishdi va u yerda ikkinchi oʻntalikning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi. Ular umumiy va erkin raqs boʻyicha oldingi yutuqlarini yaxshilashga muvaffaq boʻlishdi[12].
Natijalari
tahrirMusobaqalar/mavsum | 2016 — 2017 | 2017 — 2018 |
---|---|---|
Jahon chempionati | 18 | 12 |
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada | 6 | |
Kanadada turniri | 6 | 4 |
Finlandia Trophy | 6 | |
Salt Lake City turniri | 4 | 7 |
Zagrebning Oltin Skate | 5 | |
Lake Placid turniri | 2 | |
Bavariya kubogi | 2 | |
Ispaniya chempionati | 2 |
(S.Hurtado bilan)
Musobaqa | 08/09 | 09/10 | 10/11 | 11/12 | 12/13 | 13/14 | 14/15 | 15/16 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | ||||||||
Olimpiya oʻyinlari | 13 | |||||||
Jahon chempionati | 23 | 19 | 19 | 16 | 14 | |||
Yevropa chempionati | 15 | 16 | 15 | 10 | 5 | |||
Unversiada | 4 | 8 | 2 | |||||
Autumn Classic | 5 | |||||||
Toruń Cup | 2 | |||||||
Nice kubogi | 3 | 2 | ||||||
Nebelhorn Trophy | 7 | 9 | 8 | |||||
NRW Trophy | 6 | |||||||
Bavarian Open | 3 | |||||||
Xalqaro (oʻsmirlar oʻrtasida) | ||||||||
Jahon chempionati | 32 | 16 | 9 | |||||
Gran Pri: Germaniya | 5 | |||||||
Gran Pri: Britaniya | 10 | |||||||
Gran Pri: Turkiya | 6 | |||||||
Gran Pri: AQSh | 10 | |||||||
NRW Trophy | 6 | 8 | ||||||
Milliy | ||||||||
Ispaniya Chempionati | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Universiada de Invierno 2011 Erzurum (Turquía)“ (ispancha). Consejo Superior de Deportes (28-yanvar 2011-yil). 24-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
- ↑ „Autumn Classic International: Танцы на льду. Пападакис — Сизерон одержали победу.“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Trophee Bompard: Танцы на льду. Пападакис и Сизерон одержали победу.“. 23-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Чемпионат Европы. Танцы на льду: Пападакис — Сизерон победили, Степанова и Букин — 3-и, Ильиных и Жиганшин — 4-е.“. 1-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Зимняя Универсиада. Танцы на льду: Косыгина и Морошкин заняли 4-е место.“. 7-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2015-yil.
- ↑ „Уртадо — Диас не выступят на Finlandia Trophy.“. 24-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2015-yil.
- ↑ „US International Classic. Танцы на льду. Хаббелл и Донохью победили, Мурамото и Рид — 2-е.“. 20-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Чемпионат Испании. Уртадо — Халявин победили, Смарт — Диас — вторые.“. 10-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Bavarian Open. Танцы на льду. Каппеллини и Ланотте победили, Смарт и Диас вторые.“. 22-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2017-yil.
- ↑ „Чемпионат мира. Виртью и Моир победили, Пападакис и Сизерон вторые, Боброва и Соловьев пятые.“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-aprel 2017-yil.
- ↑ „Skate Canada. Танцы на льду: Виртью и Моир победили с мировым рекордом, Уивер и Поже — вторые, Лобода и Дрозд — пятые.“. 30-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
- ↑ „Чемпионат мира. Пападакис и Сизерон победили, Степанова и Букин — 7-е, Загорски и Гурейро — 8-е“. 25-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2018-yil.