Olivia Smart
Olivia Smart (Talaffuzi: Oliviya Smart; 1997-yil 1-aprel, Sheffild, Birlashgan Qirollik) — ilgari Britaniya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan figurali uchuvchi, hozirda Ispaniya vakili. Sherigi Adrián Díaz bilan birga Ispaniya chempioni (2017) boʻlgan. Jozeph Baklend bilan juftlikda esa Britaniya chempioni (2015) va oʻsmirlar oʻrtasidagi Britaniya chempionatining uch karra gʻolibi boʻlgan.
Olivia Smart | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Olivia Smart |
Davlat | Ispaniya |
Oldin vakil boʻlgan | Birlashgan Qirollik |
Boʻyi | 165 |
Sherigi | Adrián Díaz |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 196,86 |
Qisqa dastur | 78,53 |
Erkin dastur | 118,87 |
2018-yil 4-iyul holatiga koʻra, Adrián Díaz/Olivia Smart juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 24-oʻrinni egallagan[1].
Faoliyati
tahrirAdrián/Olivia juftligi Olimpiya oldidan yangi mavsumni AQShda boshladi; avgust oyining boshida Lake Placid qishlogʻida oʻtkazilgan turnirda ikkinchi oʻrinni egalladi. Buning ortidan Salt Lake City shahrida turnir boʻlib oʻtdi. Bu turnirda juftlik uchinchi oʻrin uchun kurashdi, biroq toʻrtinchi oʻrinni egalladi[2]. Oktyabr oyi boshida figurali uchuvchilar Monrealda boʻlib oʻtgan Autumn Classic xalqaro turnirida ishtirok etib, kuchli oltilikka kirgan[3]. Ular Finlandia Trophy turnirida ham oltinchi oʻrinni egallashdi[4]. Olivia ushbu turnirda oldingi barcha yutuqlarini yangiladi. Dekabr oyi oʻrtalarida Vielhada boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Olivia va Adria juftligi ikkinchi oʻrinni egalladi[5]. Fevral oyi oʻrtalarida ispaniyalik juftlik Wolkersdorf im Weinviertelda oʻtkazilgan Bavariya kubogi[6] uchun kurashib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Shu bilan birga, ular jahon chempionatida qatnashish uchun kerakli ball toʻplashdi. Juftlik mart oyining oxirida Helsinkida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, keyingi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi va erkin dastur bosqichiga oʻtishdi[7].
Díaz/Olivia juftligi sentyabr oyida Olimpiya mavsumini Salt Lake City shahrida boshlab, U.S. International Figure Skating Classic musobaqasida kuchli oʻntalik oʻrtasidan joy oldi. Bir hafta oʻtgach, raqqosalar Kanadada oʻtkazilgan Autumn Classic International turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallashdi[8]. Bir oy oʻtgach, juftlik Gran-pri seriyasining Kanada bosqichida debyut qilib[9], qisqa raqsdagi oldingi natijalarini biroz yaxshiladi. 2017-yil dekabr oyida juftlik Ispaniya chempioni boʻldi. Biroq Ispaniya federatsiyasi Toʻrt qitʼa chempionati va Olimpiya oʻyinlariga boshqa juftlikni yuborishga qaror qildi. Mart oyining oxirida sportchilar Milanda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qatnashishdi va u yerda ikkinchi oʻntalikning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi[10]. Ular umumiy va erkin raqs boʻyicha oldingi yutuqlarini yaxshilashga muvaffaq boʻlishdi.
Natijalari
tahrirIspaniya vakili sifatida
tahrir(A. Dias bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2016 - 2017 | 2017 - 2018 |
---|---|---|
Jahon chempionati | 18 | 12 |
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada | 6 | |
Kanadada turniri | 6 | 4 |
Finlandia Trophy | 6 | |
Salt Lake City turniri | 4 | 7 |
Zagrebning Oltin Skate | 5 | |
Lake Placid turniri | 2 | |
Bavariya kubogi | 2 | |
Ispaniya chempionati | 2 |
Buyuk Britaniya vakili sifatida
tahrir(D. Baklend bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2011–2012 | 2012–2013 | 2013–2014 | 2014–2015 |
---|---|---|---|---|
Jahon chempionati | 27 | |||
Yevropa chempionati | WD | |||
Nepela xotirasi | 4 | |||
Nice kubogi | 2 | |||
Jahon chempionati (oʻsmirlar) | 17 | 22 | 10 | |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Avstriya | 13 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Chexiya | 7 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Estoniya | 12 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Polsha | 7 | |||
Bavariya kubogi | 6-J | 3-J | ||
Nestle-Nesquik kubogi | 1-J | |||
Kubok SR-V | 3-J | |||
Buyuk Britaniya chempionati | 1 | |||
Buyuk Britaniya chempionati | 1 | 1 | 1 |
- WD - sportchilar musobaqadan chiqib ketishdi.
- J– oʻsmirlar toifasida.
Manbalar
tahrir- ↑ „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (17 июня 2011). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyun.
- ↑ US International Classic. Танцы на льду. Хаббелл и Донохью победили, Мурамото и Рид — 2-е.
- ↑ Autumn Classic International. Танцы на льду. Виртью и Моир одержали победу.
- ↑ Finlandia Trophy. Танцы на льду: Степанова / Букин победили, Загорски и Гурейро третьи.
- ↑ Чемпионат Испании. Уртадо — Халявин победили, Смарт — Диас — вторые.
- ↑ Bavarian Open. Танцы на льду. Каппеллини и Ланотте победили, Смарт и Диас вторые.
- ↑ Чемпионат мира. Виртью и Моир победили, Пападакис и Сизерон вторые, Боброва и Соловьев пятые.
- ↑ Autumn Classic International. Танцы на льду: Виртью и Моир выиграли, Уивер и Поже – второе.
- ↑ Skate Canada. Танцы на льду: Виртью и Моир победили с мировым рекордом, Уивер и Поже – вторые, Лобода и Дрозд – пятые.
- ↑ Чемпионат мира. Пападакис и Сизерон победили, Степанова и Букин — 7-е, Загорски и Гурейро — 8-е