Adrián Ortolá
Adrián Ortolá Vañó (talaffuzi: Adrian Ortola; 1993-yil 20-avgustda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, „Girona“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Adrián Ortolá Vañó[1] | ||
Tavallud sanasi | 20-avgust 1993-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Xàbia, Spain | ||
Boʻyi | 1.87 m[2] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Girona | ||
Raqami | 13 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
200–2005 | Jávea | ||
2005–2008 | Alicante | ||
2008–2011 | Villarreal |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirVillarreal
tahrirXàbia, Alicante, Valencialar mamlakatida tugʻilgan Ortolá mahalliy Villarreal CF yoshlar tizimiga 2008-yilda qoʻshilgan. U Segunda B divizioni Villarreal CF B jamoasi bilan 2012-yilning 2-sentabrida CF Reus Deportiuga qarshi musobaqa uchrashuvida oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan[3].
Barcelona
tahrir2013-yil 10-iyulda Ortolá „Barcelona“ ga oʻtadi va uch yilga erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi[4]. U professional futbolchi sifatidagi birinchi oʻyinini 30-noyabr kuni Córdobada 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻtkazdi[5].
Ortolá oʻzining ikkinchi mavsumida 26 ta oʻyin oʻtkazadi va mavsumni uning jamoasi uchinchi divizionga tushib ketish bilan yakunlaydi. 2015-yilning 21-martida u David Rodríguezga nisbatan qo‘pollik ishlatib, penaltini o‘tkazib yuboradi va uchrashuvning 25-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Ushbu uchrashuvda uning jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi[6].
2016-yilning 11-iyulida Ortolá La Liganing „Deportivo Alavés“ klubiga bir yilga ijaraga beriladi[7]. U 2017-yil 8-yanvarda Athletic Bilbaoga qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkib futbolchisi Fernando Pacheco hali toʻliq formaga qaytmaganligi tufayli maydonga tushib musobaqadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va safarda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etiladi[8].
2018-yil 24 iyulda Ortolá Deportivo de La Coruña jamoasiga sotib olish sharti bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshiladi[9].
Tenerife
tahrir2019-yil 12-iyulda Ortolá CD Tenerife jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[10][11]. U uzoq vaqtdan beri asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlib kelayotgan Dani Hernándezning oʻrnini egallaydi, ammo 2020-yil noyabr oyida yangi bosh murabbiy Luis Miguel Ramis kelganidan soʻng oʻzining asosiy tarkibdagi joyini xuddi shu futbolchining oʻziga boy beradi[12].
Girona
tahrirOrtolá 2021-yilning 1-fevralida ikki yarim yillik shartnoma asosida ikkinchi divizion vakili „Firona“ klubiga oʻtadi[13].
Klublardagi statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Villarreal C | 2011–12 | Tercera División | 34 | 0 | — | — | — | 34 | 0 | |||
Jami | 34 | 0 | — | — | — | 34 | 0 | |||||
Villarreal B | 2012–13 | Segunda División B | 9 | 0 | — | — | — | 9 | 0 | |||
Jami | 9 | 0 | — | — | — | 9 | 0 | |||||
Barcelona B | 2013–14 | Segunda División | 7 | 0 | — | — | — | 7 | 0 | |||
2014–15 | Segunda División | 26 | 0 | — | — | — | 26 | 0 | ||||
2015–16 | Segunda División B | 34 | 0 | — | — | — | 34 | 0 | ||||
2017–18 | Segunda División | 30 | 0 | — | — | — | 30 | 0 | ||||
Jami | 97 | 0 | — | — | — | 97 | 0 | |||||
Alavés (ijara) | 2016–17 | La Liga | 2 | 0 | 6 | 0 | — | — | 8 | 0 | ||
Jami | 2 | 0 | 6 | 0 | — | — | 8 | 0 | ||||
Deportivo (ijara) | 2018–19 | Segunda División | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||||
Faoliyatida jami | 142 | 0 | 7 | 0 | — | — | 149 | 0 |
Yutuqlari
tahrirIspaniya U17
- 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrin sovrindori: 2010[14]
Ispaniya U19
Manbalar
tahrir- ↑ „Acta del partido celebrado el 06 de abril de 2014, en Barcelona“ [Minutes of the match held on 6 April 2014, in Barcelona] (es). Royal Spanish Football Federation (2014-yil 6-aprel). Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 „Ortolá“ (es). Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „El Villarreal B sigue sin carburar“ (es). El Periódico Mediterráneo (2012-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
- ↑ „Adrià Ortolà ficha por el Barça B“ (es). Mundo Deportivo (2013-yil 10-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
- ↑ „Córdoba – Barça B: Premio in extremis (1–2)“ (es). FC Barcelona (2013-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
- ↑ Martínez, Ferran. „El Barça B no levanta cabeza y se hunde en Alcorcón“ (es). Mundo Deportivo (2015-yil 21-mart). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Adrián Ortolá, un nuevo seguro para la portería albiazul“ (es). Deportivo Alavés (2016-yil 11-iyul). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
- ↑ Gascón, Javier. „Ortolá muestra el camino a Ter Stegen“ (es). Mundo Deportivo (2017-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
- ↑ „Ortolá nuevo jugador del #Dépor1819“ (es). Deportivo La Coruña (2018-yil 24-iyul). Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
- ↑ „Adrián Ortolá, nuevo portero del CD Tenerife“ (es). CD Tenerife (2019-yil 12-iyul). Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
- ↑ „El Barça traspasa a Adrián Ortolá al Tenerife“ (es). Mundo Deportivo (2019-yil 13-iyul). Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
- ↑ Martínez. „Dani Hernández por Adrián Ortolá, un cambio para bien en el CD Tenerife“ (es). El Dorsal (2021-yil 4-yanvar). 2021-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ „Adriá Ortolá, nuevo portero del Girona FC“ (es). Girona FC (2021-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ „Inglaterra se impone a España en la final del Europeo sub'17 de fútbol (1–2)“ (es). 20 minutos (2010-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Paco Alcácer se concentra con la selección Sub'19“ (es). Super Deporte (2011-yil 4-iyul). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Alcácer obra el milagro“ (es). La Opinión A Coruña (2011-yil 1-avgust). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
- ↑ Quixano, Jordi. „España va para largo“ (es). El País (2012-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.