"Deportivo Alaves" (bask va ispancha: Deportivo Alavés) yoki oddiygina "Alaves" — Basklar mamlakati avtonom hamjamiyatidagi Alava provinsiyasining Vitoriya-Gasteiz shahridan kelgan bask professional futbol klubi. „Alaves“ Basklar mamlakatidagi „Atletik Bilbao“ va „Real Sosedad de Football“dan keyingi uchinchi eng muvaffaqiyatli jamoa sifatida tan olingan.

Deportivo Alavés
Fayl:Deportivo Alaves logo (2020).svg
Toʻliq nomi Deportivo Alavés, S.A.D.
Laqabi Babazorros
El Glorioso (The glorious one)
Los blanquiazules (The Blue and Whites)
Asos solingan 1-iyul, 1920-yil (104 yil avval) (1920-07-01) as Sport Friend's Club
Mendizorroza
Sigʻimi 19,840[1]
Egasi Baskonia-Alavés Group
President Alfonso Fernández de Trocóniz
Head coach Luis García Plaza
Liga La Liga
Oʻrni La Liga, 20 dan 10
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Jamoaning uy libosi koʻk va oq chiziqli futbolka, koʻk rangli shortik va oq paypoqdan iborat. Jamoa uy uchrashuvlarini 19 840 oʻrinli Mendizorrotza stadionida oʻtkazadi va mashgʻulotlarini Ibaia shahrida joylashgan boshqa stadionda oʻtkazadi

Klubning eng yaxshi yillari XXI asr boshlariga toʻgʻri keladi. Oʻshanda jamoa muntazam ravishda La Liganing yuqori qismida Yevro kuboklar uchun kurashgan. Ispanya chempionatidagi eng yaxshi natijasi 6-oʻrin boʻlib jamoa bu natijaga 1999/2000-yilgi mavsumda erishgan.

Ammo „Alaves“ eng yuqori natijaga keyingi mavsumda Yevrokuboklardagi debyut ishtirokida erishdi. Jamoa Yevropa Ligasining finaligacha yetib keldi ammo finalda Angliyaning Liverpul jamoasiga qo'shimcha vaqtlarda imkonyatni boy berdi.

Jamoa tarixi

tahrir

„Alaves“ XX asrda

tahrir

1921-yilda asos solingan „Alaves“ 1929/30-yilgi mavsum oxirida Segundadan La Ligaga yoʻl olgan tarixdagi birinchi jamoa boʻldi. La Ligada uch mavsum oʻtkazgandan soʻng, „Alaves“ yana Segundaga tushib ketdi va 16 yil davomida Ispaniyaning ikkinchi va uchinchi dvizionlarida toʻp surdi. 1954-yilda bask klubi ikki mavsumni oʻtkazib, yana La Ligaga qaytdi. Bu uzoqqa choʻzilmadi „Alaves“ yana Segundaga tushib ketdi.

1997—98-yillarda „Alaves“ Ispaniya ikkinchi ligasida chempionlikni qoʻlga kiritib, La Ligaga qaytdi. 1999/2000-yilgi mavsumda jamoa mamlakat vitse-chempioniga atigi 3 ochko boy berib, faxrli 6-oʻrinni egalladi. Shu bilan birga, mavsum davomida basklar ikki marta "Barselona"ni magʻlub etishdi (2:1 va 0:1)[2]..

XXI asr boshi

tahrir

2000/01-yilgi mavsumda „Alaves“ Ispaniya chempionatida oʻrtamiyona 10-oʻrinni egalladi, ammo oʻz tarixida birinchi marta UEFA kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi.Final yoʻlida „Alaves“ „Inter“ va Germaniyaning "Kayzerslautern" klublarini turnirdan chiqarib yubordi. 2001-yil 16-mayda boʻlib oʻtgan finalda basklar qiyin kechgan oʻyinda 5:4 hisobida magʻlub boʻlishdi. Asosiy vaqt 4:4 hisobida durang bilan yakunlandi va qoʻshimcha boʻlimda Delfi Geli i Roura uchrashuvning 117-daqiqasida toʻpni oʻz darvozasiga yoʻlladi. Bu gol "Liverpul"ga gʻalaba keltirdi, chunki oʻsha paytda "oltin gol" qoidasi amalda edi.

Alaves 2001/02-yilgi mavsumni yettinchi pogʻonada yakunladi va ikkinchi marta UEFA kubogiga yoʻllanma oldi, garchi 2002/03-yilgi Yevropa ligasi bundan ikki yil oldingiga qaraganda unchalik muvaffaqiyatli boʻlmagan boʻlsa-da, birinchi marta Anqaragyujuga qarshi gʻalaba qozongan lekin keyinchalik Turkiyaning „Super“ jamoasi xisoblanadigan „Beshiktosh“ga magʻlub boʻlgan. 2003-yil 26-yanvarda klub Real Valyadolid ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonganidan keyin La Ligadagi 100-gʻalabasini nishonladi.

2002/2003-yilgi mavsumdan soʻng „Alaves“ning reytingi pasaygan boʻlsa-da, ikki yildan soʻng yana yuqori darajadagi maqomga ega boʻlishga erishdi. Oʻshanda „Alaves“ni ukrain-amerikalik tadbirkor Dmitriy Pietrman sotib olgan va klub murabbiylari, futbolchilari va muxlislari bilan bir necha bor uchrashib ulgurgan edi.Yuqori ligada jon saqlab qolish bor-yoʻgʻi bir mavsum davom etdi, sababi klubda qisqa davr ichida uch bora bosh murabbiy almashdi va jamoa La Ligada , 18-oʻrinni egalladi. Peterman 2007-yilda klubni tark etdi, bu paytga kelib klub juda katta qarzga botgandi. Albatta bu faktorlar jamoaga oʻz tas’irini oʻtkazmay qolmadi 2008/09-yilgi mavsumdan soʻng jamoa Segunda B ga tushib ketdi. Segunda B dagi qora mavsum toʻrt yil davom etdi."Alaves"ni Xose Antonio Keerexeta sotib oldi va 2013-yilda Segunda B dan ikkinchi divizion Segundaga yoʻllanma oldi, bu orqali klubning iqtisodiy qiyinchiliklarini hal qilish imkoniyati paydo boʻldi. Oradan uch yil oʻtib, 2016-yilning 29-mayida „Alaves“ Segundaning soʻnggi kuni „Numansiya“ni 2:0 hisobida magʻlub etib, „Leganes“ni ortda qoldirib, ikkinchi diviziondan chempion sifatida La Ligaga koʻtarildi.

Zafarli qaytish

tahrir

2016/17-yilgi mavsumda „Alaves“ shov-shuv koʻtarib, gigantlar uchun jiddiy muammoga aylandi. Basklar "Real"dan tashqari chempionatning barcha peshqadamlaridan ochko olishga muvaffaq boʻldi. 2016-yil 10-sentabr kuni „Alaves“ Kamp Nou"da La Liganing amaldagi chempioni „Barselona“ni 2:1 hisobida magʻlub etib , La Ligadagi javob mavsumidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi.  2017-yilning 7-fevralida „Alaves“ musobaqaning yarim finalida „Selta de Vigo“ni magʻlubiyatga uchratib, 2017-yilgi Ispaniya kubogi finaliga yoʻllanma oldi. Shunday qilib „Alaves“ klubi oʻz tarixida birinchi marta mamlakat kubogi finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, avvalgi eng yaxshi natijasi 1998 va 2004-yillardagi yarim final boʻlgan. Ularning finaldagi raqibi „Barselona“ boʻlardi va tasodifan ikki klub kubok yarim finalidan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri ligada uchrashishdi; kataloniyaliklar "Mendizorrotsa" stadionida „Alaves“ni 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, mavsum boshidagi natija uchun qasos oldi.Barselona" Visente Kalderon stadionida boʻlib oʻtgan finalda ham 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻsha mavsumda La Ligada „Alaves“ 14ta gʻalaba, 13ta durang va 11ta magʻlubiyat bilan 9-oʻrinni egallad[3].

2017/18-yilgi mavsumda „Alaves“ Ispaniya Primerasida 38 uchrashuvda 40 ta gol urib, 50 ta gol oʻtkazib yuborib, 20ta jamoa ichida kamtarona 14-oʻrinni egalladi.

„Alaves“ning 2019/20-yilgi mavsumi klubning 108-mavsumi boʻldi. Shu davr mobaynida „Alaves“ klubi Ispaniya La Ligasida umumiy hisobda 15ta mavsum toʻp surgan. „Alaves“ning 108-mavsumi 2019-yilning 1-iyuldan to 2020-yilning 19-iyulgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. „Alaves“ bu davrda La Liga va Ispaniya kubogida oʻynagan.

2021/22-yilgi mavsumda „Alaves“ "Levante"ga magʻlub boʻlgach, ikkinchi divizionga tushib ketdi. „Alaves“ La Ligadagi olti yillik seriyasini yakunladi, bu klubning La Ligadagi eng uzoq muddat qolishi edi.

="Alaves"ning uy stadioni

tahrir
 
"Alaves" jamoasining uy stadioni
  • Nomi — Mendizorrotza
  • Shahar — Vitoria-Gasteiz
  • Sigʻimi — 19.840 tomoshabin
  • Ochilish marosimi — 1924-yil
  • maydon hajmi — 105 m x 67 m


Natijalar

tahrir

Milliy chempionat

tahrir

Ispaniya kubogi

  • Final ishtirokchisi(2-oʻrin) 2016/17-yil

Segunda

  • Gʻolib (4 marotaba): 1929/30-yil, 1953/54-yil, 1997/98-yil, 2015/16-yil

Segunda B

  • Gʻolib (4 marotaba): 1992/93-yil, 1993/94-yil, 1994/95-yil, 2012/13-yil.

Tersera

  • Gʻolib (4 marotaba): 1940/41-yil, 1960/61-yil, 1964/65-yil, 1967/68-yil, 1973/74-yil, 1989/90-yil.

Xalqaro musobaqalar

tahrir

UEFA kubogi

  • Final ishtirokchisi(2-oʻrin) 2000/01-yil

Mavsum Statistikasi

tahrir

Yevrokuboklardagi ishtiroki

tahrir
Mavsum Turnir Raund Raqib 1-uchrashuv 2-uchrashuv Umumiy
2000/01 UEFA kubogi 1R Gaziantepspor 0:0 4:3 4:3
2R Lillestryom 3:1 2:2 5:3
3R Rusenborg 1:1 3:1 4:2
4R Inter 3:3 2:0 5:3
1/4 Rayo Valekano 3:0 1:2 4:2
1/2 Kayzerslautern 5:1 4:1 9:2
Final Liverpul 4:5 (q.v.)
2002/03 UEFA kubogi 1R Ankaragyuju 2:1 3:0 5:1
2R Beshiktosh 1:1 0:1 1:2


Jamoa murabbiylari

tahrir

Jamoa tarkibi

tahrir

13-yanvar 2022-yil xolatiga koʻra

Oʻyinchi Davlat Tugʻilgan sanasi Sobiq klubi
Darvozabonlar
1 Fernando Pacheko   Ispaniya 18-may 1992-yil (30 yosh)   Ispaniya Real Madrid
13 Antonio Sivera   Ispaniya 11-avgust 1996-yil (25 yosh)   Ispaniya Valensiya
Himoyachilar
2 Tachi   Ispaniya 10-sentabr 1997-yil (24 yosh)   Ispaniya Atletico Madrid
3 Ruben Duarte   Ispaniya 18-oktabr 1995-yil (26 yil)   Ispaniya Espanyol
4 Mett Miazga   USA 19-iyul 1995-yil (26 yosh)   England Chelsea
5 Viktor Laguardiya   Ispaniya 5-noyabr 1989-yil (32 yosh)   Ispaniya Real Saragosa
12 Saul Garsiya   Ispaniya 9-noyabrya 1994-yil (27 yosh)   Ispaniya Deportivo La Karunya
21 Martin Agirregaribiya   Ispaniya 10-may 1996-yil (26 yosh)   Ispaniya Alaves B
22 Floryan Lejen   Fransiya 20-may 1991-yil (31 yosh)   England Nyukasl Yunayted
23 Ximo Novvaro   Ispaniya 23-yanvar 1990-yil (32 yosh)   Ispaniya Las-Plmas
27 Xavi Lopes   Ispaniya 25-may 2002-yil (20 yosh)   Ispaniya Alaves B
Yarim himoyachilar
6 Mamadu Lum   Senegal 30-dekabr 1996-yil (25 yosh)   Portugaliya Portu
8 Tomas Pina   Ispaniya 14-oktabr 1987-yil (34 yosh)   Belgiya Bryugge
11 Luis Roxa   Ispaniya 16-oktabr 1993-yil (28 yosh)   Ispaniya Almeriya
14 Manu Garsiya   Ispaniya 2-yanvar 1998-yil (24 yosh)   Ispaniya Sporting Xixon
15 Toni Moyya   Ispaniya 20-mart 1998-yil (24 yosh)   Ispaniya Atletiko Madrid B
16 Gonsalo Eskalante   Argentina 27-mart 1993-yil (29 yosh)   Italiya Latsio
17 Edgar Mendes   Ispaniya 2-yanvar 1990-yil (32 yosh)   Meksika Krus Asul
18 Fakundo Pelistiri   Urugvay  Ispaniya 20-dekabr 2001-yil (20 yosh)   England Manchestr Yunayted
19 [Ivan Martin]   Ispaniya 14-fevral 1999-yil (23 yosh)   Ispaniya Villarreal
20 [Pere Pons]   Ispaniya 20-fevral 1993-yil (29 yosh)   Ispaniya Jirona
25 Jeyson   Ispaniya 6-iyul 1994-yil (27 yosh)   Ispaniya Valensiya
Xujumchilar
7 Mamadu Silla   Senegal  Ispaniya 20-mart 1994-yil (28 yosh)   Belgiya Gent
9 Xoselu   Ispaniya 27-mart 1990-yil (32 yosh)   England Nyukasl Yunayted
10 Yon Gvidetti   Shvetsiya 15-aprel 1992-yil (30 yosh)   Ispaniya Selta
24 Migel De La Fuente   Ispaniya 3-sentabr 1999-yil (22 yosh)   Ispaniya Real Valyadolid B
Bosh murabbiy
25 Xaver Kalexa   Ispaniya 12-may 1978-yil (44 yosh)   Ispaniya Villarreal


Alaves bilan birlashgan klublar

tahrir

"Deportivo Alaves B"

tahrir

Klubning asosiy oʻrinbosar jamoasi "Deportivo Alaves B" boʻlib, 1960-yilda tashkil etilgan va hozirda yuqori darajadagi ispan tizimida, havaskorlar darajasidagi Tersera Divizionida oʻynamoqda. Bu jamoa 2000-yilda Segunda B divizioniga koʻtarilgach, yana bir oʻrinbosar "Deportivo Alaves C" tashkil topdi, keyinchalik mahalliy "San Ignacio Club“ Alaves jamoasiga qoʻshildi, ammo klubning moliyaviy ahvoli yomonligi sababli C jamoasi 2005-yilda toʻxtatildi.San-Ignasio va Vitoriya-Gasteiz yaqinidagi koʻplab boshqa jamoalar Alavesning hamkor klublari sifatida ishlashda davom etishmoqda.

Kaliforniya gʻalabasi

tahrir

2007-yilda „Alaves“ AQShda "Kaliforniya g'alabasi" deb nomlangan USL Birinchi divizion jamoasini boshqargan. Jamoa Kaliforniyaning San-Fransisko shahridagi "Kezar" stadionida oʻynadi va „Alaves“ libosida maydonga tushadi. Yangi homiy ostidagi „Alaves“ oʻsha yil oxirida klubni qoʻllab-quvvatlaydi shundan soʻng „Kaliforniya gʻalabasi“ USL Birinchi dvizionida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.

NK Rudesh

tahrir

2017-yilning may oyida „Alaves“ Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasiga yangi ko‘tarilgan "NK Rudesh" klubi bilan oʻn yillik hamkorlik shartnomasini imzoladi va Rudesh „Alaves“ uchun zaxira klubi vazifasini bajara boshladi. 2018-yil iyun oyida Deportivo Alaves va NC Rudesh hamkorlik shartnomasini bekor qildi.

2018-yilning aprel oyida „Alaves“ Fransiyaning "Sosho-Montbéliard" klubi bilan shartnoma imzoladi, biroq hamkorlik bir necha oy davom etdi va oʻsha yilning dekabrida toʻsatdan tugatildi.

NK Istra 1961

tahrir

2018-yil iyun oyida Alaves Rudes bilan kelishuvi tugaganidan bir necha hafta oʻtib, Xorvatiyaning boshqa top-klubi "NK Istra 1961"ning katta ulushini sotib oldi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir