Afgʻoniston bayrogʻi (pushtucha: د افغانستان بيرغ, forscha: بيرق افغانستان) Vaqtinchalik Afgʻon Maʼmuriyati tomonidan 2001- yil 22-dekabrda qabul qilingan. Bu bayroq, 1930 va 1937-yillari Afgʻonistonda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat farqi shundaki, yangi bayroq markazidagi Gerb ustiga (oq va oltin rangda) Kalimaʼi Shahodat suʼrasi yozilgan. Bu bayroq yoʻl yoʻlli uch rangdan iborat, qora, qizil va yashil. Bu ranglar Afgʻonistonning keyingi 20 yil ichidagi koʻplab bayroqlarida namayon etgan. Oʻrtadagi nishon Afgʻoniston gerbi va unda Makka tomonga yuzlangan masjid mehrobi tasvirlangan.

Afgʻoniston bayrogʻi
pushtucha: د افغانستان بيرغ
forscha: بيرق افغانستان

„Tolibon“ harakatining bayrogʻi
Mamlakat Afgʻoniston
Tasdiqlangan sanasi 1997-yil 27-oktyabr
Bekor qilingan sanasi 2001-yil 12-noyabr
Qayta tasdiqlangan sanasi 2021-yil 15-avgust
Mutanosibligi 1:2[1]
Dizayni Oq fonda, arab alifbosida qora rangdagi harflar bilan kalimai shahodat yozilgan
Avvalgi bayroqlar
Afgʻoniston islom respublikasining 2021-yil 15-avgustga qadar amalda boʻlgan bayrogʻi. „Tolibon“ harakati Kobulni bosib olgach bekor qilingan (de-fakto barcha davlatlarda haligacha shu bayroq Afgʻoniston bayrogʻi sifatida tan olinadi)
Mutanosibligi 2:3

XX asrda boshqa davlardan farqli oʻlaroq, Afgʻonistonda davlat bayrogʻi bir necha marotaba oʻzgargan. Hotakilar sulolasi 1709 yilda ilk bayroqqa asos solgandan beri to bugungi kungacha 20 marta bayroqlar oʻzgargan.

Bayroqlar tarixi

tahrir

Hotakiylar (1709—1747)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1709–1747   2:3 Hotakiylar sulolasi Hotakiylar sulolasining qora bayrogʻi — Afgʻonistonning tarixchilarga maʼlum boʻlgan ilk bayrogʻi

Durroniylar imperiyasi (1747—1842)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1747–1842   2:3 Durroniylar imperiyasi Ahmadshoh Durroniy va uning sulolasi boshqaruvi ostidagi bayroq.

Afgʻoniston amirligi (1842—1926)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1842–1880 Bu davrda rasmiy bayroq boʻlmagan. Afgʻoniston amirligi Barakzay sulolasi bu davrda hech qanday bayroqdan foydalanmagan.
1880–1901   2:3 Amir Abdurahmon davridagi bayroq.
1901–1919   3:5 Amir Habibullo boshqaruvi ostida davlat va urush bayrogʻi boʻlgan. Habibullo otasi davrida qoʻllangan qora bayroqqa muhr qoʻshgan, ushbu muhr 2021-yilgacha amalda boʻlgan Afgʻoniston islom respublikasi gerbining ilk koʻrinishi hisoblanadi.
1919–1926   2:3 Omonullaxon davridagi ilk bayroq. Habibullo davridagi bayroq biroz oʻzgartirilib, taralayotgan nur koʻrinishida sakkiz qirrali yulduz qoʻshilgan

Afgʻoniston qirolligi (1926—1973)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1926–1928   2:3 Afgʻoniston qirolligi Omonullaxon davridagi ikkinchi bayroq.
1928   3:5 Omonullaxon davridagi uchinchi bayroq.
1928–1929   2:3 Omonullaxon davridagi toʻrtinchi bayroq. Bayroq markazidagi yangi muhrda qorli togʻlar ortidan quyosh charaqlab koʻtarilayotgani tasvirlangan, bu yangi qirollikning boshlanishini aks ettirgan.
1929   2:3 Habibulloh Kalakoniy davridagi bayroq.
1929–1930   2:3 Muhammad Nodirshoh davridagi ilk bayroq.
1930–1973   2:3 Muhammad Nodirshoh davridagi ikkinchi, va uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh davridagi bayroq.

Afgʻoniston respublikasi (1973—1978)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1973–1974   2:3 Afgʻoniston respublikasi Afgʻoniston respublikasining birinchi ayrogʻi oʻzidan avvalgi bayroqqaa oʻxshash. Avvalgi bayroqdan bitta farqi — muhr muhrdagi yil (١٣٤٨) olib tashlangan.
1974–1978 2:3 Afgʻoniston respublikasining ikkinchi bayrogʻi. Undagi ranglar oʻzgarmagan lekin ranglarning maʼnosi boshqacha talqin qilingan yaʼni qora — qora oʻtmish, qizil — qon, yashil — qishloq xoʻjaligining rivojlanishi ramzlari sifatida koʻrilgan. Bayroqdagi muhr almashtirilgan.

Afgʻoniston demokratik respublikasi (1973—1978)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1978   2:3 Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Davlat toʻntarishi natijasida respublika lideri oʻldiriladi va yangi hukumat kommunistlar qoʻliga oʻtadi. Bayroqning avvalgi ranglari saqlanib qolgan holda, undagi muhr olib tashlanadi.
1978–1980 1:2 Bu bayroq boshqa kommunistik tuzumlarnikiga oʻxshash dizaynga ega boʻlgan.
1980–1987   1:2 Avvalgi trikolor ranglari qaytarilgan va yangi muhr qoʻyilgan.
1987–1992 1:2 Afg‘oniston respublikasi Avvalgi bayroq ranglari saqlab qolingan va yangi muhr qoʻyilgan.

Afgʻoniston islom davlati (1992—1996)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1992   1:2 Afgʻoniston islom davlati
1992–1996   1:2

Afgʻoniston islom amirligi (1996—2001; 2021—hozirgacha)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
1996–1997   2:3 Afgʻoniston islom amirligi Oq bayroq
1997–2001
2021–h.v.
  2:3 „Tolibon“ 1997-yilda bayroqqa shahodat kalimasini qoʻshgan.

Afgʻoniston islom respublikasi (2001—2021)

tahrir
Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbati Hukumat Izohlar
2001–2002   1:2 Afgʻoniston muvaqqat maʼmuriyati
2002   Muvaqqat Afgʻoniston islom respublikasi
2004–2013   2:3 Afgʻoniston islom respublikasi Oldingi bayroqlarga oʻxshash, lekin farq shundaki ostki Afgʻ'oniston Islom Respublikasi "دا افغانستان اسلامی دولت", yozuvi Afgʻoniston "افغانستان", yozuvi bilan almashgan
2013–2021   2:3 Bayroq oʻrtasidagi gerb tasviri biroz kattalashgan

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir
  1. „Источник“. 2019-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.