Agglyutinativ tillar (lotincha: agglutino — qoʻshilish) — soʻz oʻzagi yoki negiziga qoʻshimchalar qoʻshilishi (ulanishi) natijasida yangi soʻzlar hosil boʻluvchi tillar. Agglyutinativ tillarda soʻzning oʻzak yoki asosini oʻzgartirmagan holda qoʻshimchalar qoʻshish bilan maʼlum soʻz va shakl yasaladi, har bir qoʻshimcha muayyan maʼno va vazifada xizmat qiladi. Masalan, uch-uvchilari-mizga. Turkiy tillar (xususan, oʻzbek tili), koreys tili, yapon tili, moʻgʻul tillari, gruzin tili, avstronez tillari, dravid tillari, fin-ugor tillari agglyutinativ tillar hisoblanadi.

Tilshunoslik tipologiya
Morfologik tipologiya
Soʻz tartibi

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil