Aglomeratlash
Aglomeratlash (metallurgiyada) — mayda ruda va ruda konsentratlarini maxsus mashinalarda pishirib yirik boʻlaklar (aglomeratlar) hosil qilinadigan termik jarayon. Mashina bunkeriga (doʻlga) maydaligi 8 — 10 mm gacha boʻlgan ruda, yoqilgʻi va koloshnik (qarang Marten peni) kukunlari aralashmasi toʻldiriladi. Aralashma bunker-dozator orqali vintli aralashtiruvchiga uzatiladi. Aralashma maxsus namlagich yorda-mida maʼlum darajada namlangach, konveyer lentasining tagi teshik qutisiga uzatiladi. Bu qutiga toʻldirilgan aralashma gorelka tagiga kelgach aralashma yonadi. Qutidagi temperatura 1100 — 1200° gacha koʻtariladi. Temir oksidning bir qismi GʻeO gacha qaytarilgach, SiO2 bilan birikib, toshqol (shlak) hosil qiladi. Bu birikma eriydi va mayda materiallarni oʻzaro biriktirib, aglomerat hosil etadi. Qutidagi yoqilgʻining yonishi uchun tagidan havo berib turiladi. Yonish mahsulotlari ventilyator vositasida moʻridan havoga chiqarib yuboriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |