Agnoziya (qadimgi yunoncha: ἀ- qadimgi yunoncha: ἀ-ἀ- inkor qoʻshimchasi, + γνῶσις – bilim) – fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega boʻlmaslik; sezuvchanlik va ongni saqlab qolgan holda, maʼlumotni tanib olish va aniqlash qobiliyati yoʻqolgan turli xil idrok turlarining (vizual, eshitish , taktil) buzilishi. bunda bemor sezgi aʼzolari bilan narsalarni idrok qilolmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻining ayrim qismlari zararlanganida kuzatiladi. Koʻrish, eshitish, sezgi-taktikasi va boshqa mavjud. Koʻrish Agnoziyasida bemor soʻzlarni oʻqiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish Agnoziyasi (ruhiy karlik)da tanish tovushlar (parovoz ovozi, qoʻngʻiroq jarangi, suvning shovullashi va hokazo)ni bemor aniqlay olmaydi, shuningdek aytilgan soʻzlarning maʼnosiga tushunib yetmaydi. Sezgi-taktil A.sida bemor oʻzi ushlab turgan narsasining nima ekanligini aytib berolmaydi va hokazo[1].

Agnoziya
Agnoziya sezgilar va obyektlarni anglash qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi.
Mutaxassislik Psixiatriya, Nevrologiya, Neyropsixologiya

Koʻruv agnoziyalari

tahrir

Avval koʻrgan va biladigan narsalarni tanishning (bilishning) turli xil buzilishlariga agnoziya deyiladi. Agnoziyada ob’ektlarni tanish buziladi. Koʻruv, eshituv, taktil va optik-fazoviy agnoziyalar farq qilinadi. Shuningdek, atrofdagi narsalarga, rangga va basharaga (yuzga) agnoziyalar kuzatiladi. „Agnoziya“ soʻzini fanga 1891 yili taniqli psixoanalitik (aslida nevrolog boʻlgan) Zigmund Freyd kiritgan. Koʻruv agnoziyalari bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogining orqa tuzilmalari zararlanganda kuzatiladi va bunda koʻruv oʻtkirligi, koʻruv maydoni, ranglarni ajratish kabi oddiy qoʻruv funksiyalari saqlanib qoladi. koʻruv agnoziyasining barcha turlarida bemor atrofdagi narsalarni bemalol koʻradi, yaʼni koʻruv apparatining periferik tizimlari funksiyasi saqdangan boʻladi, lekin ularni tanimaydi, nomini aytib bera olmaydi. Xozirgacha agnoziyalarniig yagona tasnifi yuq. Mexanizmlari xam toʻlaligicha oʻrganilmagan. Baʼzi mualliflar, koʻruv agnoziyalarini tafakkur buzilishlari bilan bogʻlashsa, boshqalari esa nutq buzilishlari oqibati deb izoxlashadi. Bugungi kunda koʻruv agnoziyasining 6 ta asosiy turi farq

qilinadi. Agar bemor koʻrayotgan narsasining baʼzi tomonlarini toʻgri tasavvur qilsa-da, uning nomini aytib bera olmasa, bunga narsalar agnoziyasi, agar odamlarning yuziga yoki suratiga qarab, ularni tanimasa, bunga bashara (yuz) agnoziyasi deb ataladi. Narsa va ob’ektlarni tanisa-da, ularning uch oʻlchamli fazoda joylashishini chalkashtirsa yoki tushuntirib bera olmasa, bunga optik-fazoviy agnoziya deb ataladi. Agar bemor harflarni yozsa-yu, ularning nomini aytib bera olmasa harf agnoziyasi, ranglarni ajrata olmasa rang agnoziyasi deb ataladi.

Simultant agnoziya

tahrir

Simultant agnoziya agnoziyaning aloxdsa turi sifatida xam farqlanadi. Bunda bemor tasvirning baʼzi qismlarini taniydi, lekin toʻlaligicha uni yoritib bera olmaydi. Masalan, manzarada tasvprlangan ob’ektlarni aytib bersa-da, manzaraning maʼnosini tushuntirib bera olmaydi. Buning asl sababi ob’ektlar orasidagi

bogeliqlikni tuza olmaslikdir.

Autotopognoziya

tahrir

Autotopognoziyada bemor oʻz tanasining qismlarini (asosan qoʻl va oyoqdarini) bipmaydi va joylashishini aniqdashda qiynaladi. Anozognoziya

Anozognoziya – oʻzidagi nevrologik buzilishlar (sezish va harakat buzilishlari) ni tan olmaydi. Bunday xolatlar bosh miya oʻng yarimsharining parietal soxalari zararlanishi uchun xos. Xisob kitob qilishning (koʻshuv-ayiruv va x-k) buzilishiga akalkuliya deb ataladi. Endi agnoziya turlari bilan tanishib chiqamiz.

Narsalar agnoziyasi

tahrir

Narsalar agnoziyasi agnoziyaning eng koʻp tarqalgan turi boʻlib, bosh miya yarimsharlarining tepa-ensa boʻlimlari zararlanganda kuzatiladi. Bemor narsalarni koʻrib, uni baʼzi belgilarini aytib xam beradi, lekin nomini ayta olmaydi. Masalan, qalamni koʻrsatsangiz bu bilan yozadi deydi-yu, nomini aytib berolmaydi. Ayniqsa qalashtirib tashlangan bir nechta narsalar tasvirini ajratib aytib bera olmaydi. Masalan, qaychi, pichoq, bolgʻacha, qoshiqdar tasvirlangan rasmda nimalar aks etgani soʻralsa, bemor buni aytib berolmaydi, u faqat turli tomonga ketgan chiziqdarni koʻradi, xolos. Bu usulni Poppelreyter 1917 yilda taklif qilgan.

SHunisi eʼtiborliki, bemor narsalarga karab, ularni chizib beradi va oʻzi chizgan narsani xam tanimaydi.

Bashara (yuz) agnoziyasi

tahrir

Bashara agnoziyasi yoki prozopognoziya deb avval tanish boʻlgan yuzlarni tanimaslikka aytiladi. Bemor yuzda joylashgan burun, qosh, koʻz nomini aytib berishi mumkin, lekin bu odam kimligini aytib bera olmaydi, u xatto xotinini, bola-chaqalarini, davolovchi shifokorni xam tanimaydi. Shu bilan birga avval tanish odamlarni, yaqinlarining, mashxur kishilarning suratlarini xam tanimaydi. Ogʻir xolatlarda u xatto oynadagi oʻz aksini yoki oʻz suratini xam tanimaydi. Ayol bilan erkak jinsini farqlay olmaydi, ularning taxminiy yoshini (yoshmi, qarimi) aytib bera olmaydi. Narsalarni esa tanishi mumkin. Bemor odamlarni ovozidan, kiyimidan, yurishidan tanishi mumkin. Ayniqsa, tanib olishda tanish-bilishlarining soch turmagi, yuzidagi xollari va shu kabi alohida belgilari yordam beradi. Lekin bemor bunday xolatda xam adashib ketishi mumkin. Masalan, doimo koʻzoynak taqib yuradigan tanishi koʻzoynagini taqmay koʻrinsa, uni tanimaydi.

Baʼzan bunday bemorga sochi kalta ayol erkak kishidek koʻrinadi. Bashara agnoziyasi nisbatan kam uchraydi. Odatda bu belgi koʻruv agnoziyasining boshqa turlari bilan birga kuzatiladi. Yaʼni simultant, rang, optik-fazoviy, „tana chizma“sining buzilishi bilan birgalikda namoyon boʻladi. Yuz zgnoziyasi oʻng yarimsharning

orqa-ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.

Optik-fazoviy agnoziya

tahrir

Bu agnoziya asosan tepa-ensa soxasida joylashgan koʻruv analizatorlari ikkala tomondan xam zararlanganda kuzatiladi. Ammo bunday buzilishlar bir tomonlama (koʻpincha oʻng yarimshar) zararlanishida xam rivojlanadi. Ular oʻziga maʼlum boʻlgan ob’ektlarning – sabzavot, meva, hayvon turlari, uy va turli

inshootlarning tasvirini keltira olmaydi. Bu narsalarning oʻziga xos xususiyatlarini yoritib bera olmaydi. Masalan, karam qanday shaklga ega, kuchukning tuzilishi qanday boʻladi va hokazo. Bemor oʻzi taniydigan odamlarni xam optik tasvirini koʻz oldiga keltira olmaydi. Unda, shuningdek, chap-ung tomonlarni tasvirlash xam buziladi. Masalan, bosh miyasining tepa-ensa boʻlimlariga (oʻng tomonda) qon quyilishi natijasida bemorda optik-fazoviy agnoziya yuzaga kelgan, yaʼni u soatning, uychaning, gulning ung tomonini chizib, chap tomonini chizmay qoldirgan. Uning uchun bu ob’ektlarning chap tomoni yoʻqdek. Bunday bemor xatto oʻzining chap tomonini xam tan olmaydi, chap qoʻli tananing qaysi tomonida joylashganini aytib bera olmaydi, falajlangan oyoq-qoʻlini tan olmaydi, yaʼni

„u falajlanmagan, xozir turib qoʻl-yuzimni yuvib keldim“ deb uqtiradi. Shuningdek, bemor kuylagini, shimini kiya olmaydi, tugmalarini taqa olmaydi, urin-koʻrpalarini taxlay olmaydi va x.k. Buni „apraktoagnoziya“ yoki „kiyinish apraksiyasi“, „xolat apraksiyasi“ deb xam ataladi. Ogʻir xolatlarda bemorda nafakat oʻng-chap tomonlarni farqlash, balki yuqori-quyi koordinatlarni xam faxmlash buziladi. U rasmdagi ob’ektlarning fazoviy belgilarini taʼriflab bera olmaydi (uzok-yaqin, katta-kichik, chap-oʻng, tepa-past). Masalan, bemor odam tanasini chizmoqchi boʻlib, uning baʼzi qismlarini – qoʻlini, oyogʻini, koʻz va quloqdarini chizadi-yu, ularni tanada qanday va kayerda joylashtirish kerakligini bilmaydi. Optik-fazoviy buzilishlar baʼzan oʻqish jarayoni buzilishi bilan xam kechadi. Bunday xolatlarda bemor harflarning qanday va qaysi tomonga qarab joylashganini bilmaydi (masalan, E, Sh, P, Ya va x-k.). Bemor „D“ va „J“ kabi harflarni farqlay olmaydi.

Harf agnoziyasida bemor harflarni toʻgʻri kuchirsa-da, ularning nomini aytib bera olmaydi. Albatta bu bemorda oʻqish qobiliyati buzilgan boʻladi (birlamchi aleksiya).

Oʻqishning bunday buzilishi koʻruv agnoziyalarini boshqa turlaridan alohida uchragani uchun harf agnoziyasi alohida oʻrganiladi. Bunday bemor narsalarni toʻgʻri farqlaydi, tasviriga toʻgʻri baho bera oladi va xatto murakkab fazoviy tasvirlarni toʻgʻri farqlay oladi, lekin harflarni tanimaydi, ularni oʻqiy olmaydi.

Agnoziyaning bu turi bosh miya chap yarimsharining (oʻnaqaylarda) chakka-ensa soxdlari zararlanganda uchraydi. Ranglar agnoziyasi ikki xil turga boʻlib oʻrganiladi. Ularning xaqiqiy turi va ranglarni tanib olish (anglash)ning buzilishlari (ranglarga koʻrlik) farqlanadi. Ranglarga koʻrlik ularni farqlashning buzilishi koʻruv yoʻllarining ham periferik, ham markaziy apparatlari buzilganda, yaʼni ham toʻrparda, ham koʻruv sistemasining poʻstloq osti va poʻstloq tuzilmalari zararlanganda kuzatiladi. Maʼlumki, ranglarni farqlashning buzilishida koʻz turpardasining degeneratsiyasi, kolbasimon xujayralar patologiyasi yotadi. koʻpincha rang agnoziyasi narsalar agnoziyasi bilan birgalikda uchraydi.

Simultant agnoziya

tahrir

Agnoziyaning yana bir murakkab turi – bu simultant agnoziyadir. Bunda bemor narsalarni butunlayiga emas, balki ularning boʻlagini, bir qismini koʻradi. Agar bemorga aylana va uning ichiga chizilgan kvadratni koʻrsatsangiz, u yo kvadratni, yoki aylanani koʻradi, ularning ikkalasini birga koʻrmaydi. Bemorlar uchun bitta soʻzni oʻqib, ikkinchisiga oʻtishi ham qiyin boʻladi. Shuning uchun Balint (1909) koʻruv agnoziyasining bu turini „nigoxning ruhiy falaji“ deb atagan,

ilmiy adabiyotlarda bu xolatni „okulomotor ataksiya“ deb xam ataladi. Nima uchun bemor ikkita tasvirdan bittasini koʻradi yoki bitta tasvirning bir qismini koʻradi? Bu bemorda koʻz olmasining tula harakati saqlansa-da, u narsalarni bir butunligicha qabul qila olmasligining sababi qilib, nigox boshqarilishining falaji emas,

buzilishi deb tushuntiriladi. Bemorning nigoxi boshqarilmaydigan boʻlib qoladi, ixtiyorsiz harakatlar qilaveradi, koʻz olmalari doimo harakatda boʻladi, buning natijasida koʻz orqali ob’ektni izlash, uning konturlarini yaratish buziladi. Simultant agnoziya ensa-tepa boʻlagining butunlay zararlanishlarida kuzatiladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent, 2000-yil. 
  2. М.М.Асадуллаев, С.Н.Асланова. АСАБ КАСАЛЛИКЛАРИ ПРОПЕДЕВТИКАСИ. «Узбекистан миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008..