Agroiqlim xaritasi
(Agroiqlim haritasidan yoʻnaltirildi)
Agroiqlim xaritasi — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida iqlim sharoitlari va ularning oʻzaro munosabatini ifodalovchi xarita. Agroiqlim xaritasida muayyan hududning agroiqlim majmuasi, ayrim ekinlarning koʻkarishi uchun zarur iqlim sharoiti, qishloq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ayrim iqlim sharoiti, faol temperatura yigʻindisi, tuproqdagi foydali namlik miqdori; qishloq xoʻjaligi uchun xavfli iqlim hodisalari, oʻsimlikning oʻsuv davri, qishloq xoʻjaligi ishlarini oʻtkazish muddatlari va boshqalar koʻrsatiladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |