Agronomik rudalar
Agronomik rudalar, agrorudalar — mineral oʻgʻitlar sifatida ish-latiladigan yoki ularni olishda xom-ashyo hisoblanadigan minerallar va togʻ jinslari. Ularning asosiy turlari: apatit, fosforit, kaliy tuzlari, selitralar. Bundan tashqari ohaktosh, dolomit, torf, toshkoʻmir, mergel, gipelar va kam miqdorda mikroelementlar ham oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Tabiiy selitra konlari (Chili selitrasi) kam uchraydi. Oʻzbekistonda Qashqadaryo viloyatida kaliy tuzlari konlari negizida Toʻbagatang kaliy oʻgʻitlari zavodi, Qoraqalpogʻistonda va Navoiy viloyatida topilgan fosforit konlaridan olinadigan xom ashyo asosida Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda (2000).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |