Ahmad ibn Usmon Samarqandiy
Ahmad ibn Usmon Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Qiroat olimi, faqih va mufassir. |
Ahmad ibn Usmon Samarqandiy (arabcha: أحمد بن عثمان سمرقندي — Ahmad ibn Usmon Samarqandiy — Toʻliq ismi: Shihobuddin Ahmad ibn Usmon ibn Nizom Samarqandiy Xattobiy Shofi’iy (vafoti 901/1460-yil)) — Qiroat olimi, faqih va mufassir.
Hayoti va Faoliyati
tahrirAhmad ibn Usmon Samarqandiy Shofi’iyning bobosi Xattobga nisbat berilgan. Mullozoda nomi bilan tanilgan. Qiroat, mantiq, fiqh, tafsir, hadis va balog‘at ilmlarini bilgan. Tarixchilardan birining xabar berishicha, Ahmad ibn Usmon Samarqandiy alloma imom, qiroatda oliy isnodli boʻlgan. Damashq, Halab kabi shaharlarga safar qilgan va u yerdagi ulamolardan istifoda etgan. Asarlari: „Kitob jumi’a fiyhi-l-hidoya va-l-muharrar“ („Hidoyat va ozod qiluvchi masalalar jamlangan kitob“), „Sharh hidoyatu-l-hikma“ („Hidoyatu-l-hikmat“ kitobiga sharh"), „Sharhu-sh-sham-siyya“ („Shamsiyya“ga sharh"), „Hoshiyya ala-sh-sharhi-l-muxtasar li-t-Taftazoniy ala talxisi-l-miftoh li-l-Qazviniy“ ("Qazviniyning „Talxisu-l-miftoh“ asariga Taftazoniyning yozgan muxtasar sharhiga hoshiya-izoh").[1]
Asarlari
tahrir- „Kitob jumi’a fiyhi-l-hidoya va-l-muharrar“,
- „Sharh hidoyatu-l-hikma“,
- „Sharhu-sh-shamsiyya“,
- „Hoshiya ala-sh-sharhi-l-muxtasar li-t-Taftazoniy ala talxisi-l-miftoh li-l-Qazviniy“.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 551.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |