Halab (arabcha: حَلَبُ Ḥalab, qadimgi yunoncha: Βέροια, lotincha: Beroea, inglizcha: Aleppo) — Suriyaning eng katta shahri,[1] Halab muhofazasining markazi. Aholisi 2,301,570 kishi (2005) boʻlgan Halab Levantning eng katta shaharlaridan biridir.[2][3] Halab koʻp asrlar davomida Buyuk Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri va Usmonli imperiyasida Konstantinopol va Qohiradan keyin uchinchi katta shahar boʻlgan.[4][5][6]

Halab

arabcha: حلب
shahar
36°12′00″N 37°9′00″E / 36.20000°N 37.15000°E / 36.20000; 37.15000
Mamlakat Suriya
Muhofaza Halab (muhofaza)
Ilk eslatilishi mil.av. 2500
Avvalgi nomlari Xalman, Beroyya
Maydon 190 km2 (73 kv mi)
Markazi balandligi 390 m
Rasmiy til(lar)i arab tili
Aholisi
 (2016)
1,800,000
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +963 21
Halab xaritada
Halab
Halab

Halab dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir; ayrim manbalarga qaraganda unga eramizdan avvalgi 6-ming yillikda asos solingan.[7] Halab janubidagi qazilmalar unda eramizdan avvalgi 3-ming yillikda odamlar gavjum yashaganini koʻrsatadi.[8] Halab shuningdek Mesopotamiyadan qolgan mix yozuvlarda tijoriy va harbiy rivojlangan shahar deya eslatiladi.[9] Uning bu qadar uzoq tarixi ehtimol shahar Oʻrta Yer dengizi va Mesopotamiya orasidagi strategik savdo yoʻlida joylashgani tufaylidir.

Halabning tarixiy ahamiyati uning Oʻrta Osiyo va Mesopotamiyadan oʻtgan Buyuk ipak yoʻlida joylashganidadir. 1869-yili Suez kanali ishga tushirilgach, savdo yoʻli dengizga koʻchib, Halab taraqqiyoti asta-sekin pasaya boshladi. Birinchi jahon urushidan keyin, Usmonli imperiyasi tanazzuli paytida Halabning shimoliy qismi Mosulgacha temir yoʻl bilan birgalikda zamonaviy Turkiyaga ajratildi. 1940-yillarda u Antokiya va Iskandarun shaharchalarini yana Turkiyaga berib, dengizga chiqish yoʻlini yoʻqotdi. Suriyaning keyingi muhosarasi shahar ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Biroq bu uning qadimiy meʼmorchiligi va anʼanalarini saqlab qolishga yordam bergan boʻlishi ham mumkin. Zamonaviy Halabda turizm rivoj topmoqda, qurilish ishlari ham jadallashgan. 2006-yili u „Islomiy madaniyat poytaxti“ unvoniga sazovor boʻldi.

Etimologiyasi

tahrir

Halabning qadimgi nomi Xalpe yoki Xalibon boʻlgan[10], yunonlar bilan rimliklar esa uni Vériya (Βέροια) deb nomlagan. Krest harbiy yurishlari, keyingi fransuz hukmdori vaqtida Halab shahrini italyan tilida Aleppo deb atagan. Aleppo soʻzining qanday maʼnoda aytilgani toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Ayrim olimlarning fikricha „Halab“ soʻzi „temir“ yoki „mis“ degan maʼnoni anglatadi, shaharda esa shu metallarni ishlab chiqarish qadimdan rivojlangan, shahar nomi shunga bogʻliq qoʻyilgan degan fikrlarni oʻrtaga tashlamoqda. Boshqalari esa „Xalaba“ soʻzi aramey tilida „oq“ degan maʼnoni bildiradi, bu davlat oq rangli marmarlarning koʻpligi bilan olamga mashhur boʻlgan, shahar nomi shunga bogʻliq boʻlsa kerak degan fikrlarni aytmoqdalar. Yana bir taxminan fikr Halab soʻzining etimologiyasiga etaklaydi. Halab soʻzi „yangi sogʻilgan sut“ degan maʼnoni anglatadi. Qadimgi zamonda Ibrohim paygʻambar yoʻlovchilarga sut berar ekan[11]. Odamlar „Halab Ibrohim“, yaʼni „Ibrohim (Avraam) sigir sogʻdimi?“ deb soʻraydigan boʻlibdi. Uning sigirining rangi esa sargʻich-oqchil (arab. shaheb) boʻlgan, shu sababli shahar „Xaleb ash-Shaxba“ deb atalgan[12].

Tarixi

tahrir

Halab — jahondagi eng qadimgi shaharlarning biri boʻlib hisoblanadi, shaharning poydevori mil.av. VI ming yillikda qalana boshlagan[13]. Shaharning janubida joylashgan Tall as-Savdo va Tall al-Ansari qirliklaridagi tarixiy qazma ishlari mil.av. 3 ming yillikning yarmida insoniyatning shu atrofda istiqomat qilganini koʻrsatadi[14]. Xett, Mari va Yevfrat yozmalarida, markaziy Anatoliya, Ebla shahrida topilgan qazma yodgorliklarda Halabning katta savdo markazi boʻlganligi va unda harbiy mashgʻulotning yaxshi rivojlanganligi yozilgan.[15]

Bronza davri

tahrir

Tarixiy yozmalarda Halabning Damashq shahridan avval paydo boʻlib, ilk bor mil.av. 3 asrda Ebla qirolligining poytaxti boʻlganligi aytiladi. Shahar Eblada Armi va Arman degan nom bilan mashhur boʻlgan. Akkad qirolligida shaharni Arman deb nomlagan. Akkadning qiroli Naram-Sin (yoki uning otasi) qadimgi Ebla va Armanni mil.av. XXIII asrda ishgʻol qilgan.[16][17]

Keyin vavilon zamonida Aleppo Halab (Xalba) degan nom bilan ilk bor uchraydi.[17] Shahar Amorei qirolligining yoki Yamxadning markazi boʻlgan. Yamxad qirolligi (arab. يمحاض) (Mil.av. 1800—1600-y.y.) shuningdek „Halab eri“ degan nom bilan ham mashhur boʻlgan.[18]

Yamxadni xettamlik Mursili I mil.av. XVI asrda xonavayron qildi. Keyinchalik, Halab qayta chiroy ochib, Suriya tarixida oʻz oʻrniga munosib shahar boʻldi.[17]

Temir davri

tahrir

Xett qirolligi mil.av. XII asrda tashkil topgan vaqtda Halab aramiylik Arpad Siro-xettik qirolligining tarkibida, keyinchalik Aramiy Siro-xettik qirolligining Xatarikka-Luxutining pytaxti boʻldi. IX asrda Halab Yangiassuriyaning, keyinchalik Axmeniytar imperiyasining tarkibida boʻldi.

Antik zamon

tahrir

Aleksandr Makedonskiy shaharni mil.av. 333-yili bosib oldi. Selevk Nikator bunda yunon qishloqlarini tashkil qilib (taxminan mil.av. 301—286-yildar) uni Makedoniya imperiyasidagi Veriya shahrining hurmatiga — Veriya deb nom beradi. Veriyaga Selevkiylar taxminan 300-yil hukmdorlik qildi.

Rim imperiyasi 3 asrlarda Suriyaning shimolida hukmdorlik qildi. Rimliklarning davrida suriyaliklar koʻpaydi. Shuningdek V asrda Vizantiya imperiyasi davrida ham Suriya ahilisi anchaga koʻpaydi. Antik zamonda Veriya aholisi boʻyicha Antokiyadan keyingi ikkinchi shahar, Suriyaning poytaxti; Rim imperiyasida aholisi boʻyicha uchinchi shahar boʻldi. Arxeologik qazilmalar Antokiya va Veriyaning orasida milodiy VI asrda aholining zich boʻlganini yoʻqqa chiqarmaydi. Bu joyda hozirgi kunda qazilma ishlari yurmoqda. Qazilma ishlarining natijasiga koʻra uylar, cherkovlar topilyapti. Masalan: avliyo Simeon cherkovi. Avliyo Maron shu yerda tavallud topgan va qabri Halabning gʻarbida Bredda joylashgan degan taxminlar keltiradi.[19]

Oʻrta asr

tahrir
 
al-Zirb bozori, mamlyuk davri
 
Halabning eski devorlari va 1256-yili An-Nasir Yusufning mehnati bilan qurilgan Bab Kinnasrin darvozasi
 
Amfiteatr

Sosoniylar imperiyasi Suriyaga VII asrda kirib keldi. Keyin Halabni 637-yili Holid ibn Volidning boshchiligidagi arablar bosib oldi. 944-yili hokimi Sayfud Daula boʻlgan Xamdaniylar amirligining rezidensiyasi boʻldi. Shahar rivojlanib, boʻlajak Mutanabbi Al-Mutanabbi, Al Farobiy v.h faylasuflarning maktabiga aylandi. 962-yili shaharga Vizantiyaliklar harbiy yurishlar qilib, 974-987-yillar orasida Vizantiya imperiyasining tarkibiga qoʻshildi. Halab ikki marta 1098 va 1124-yillari Krest harbiy yurishi vaqtida qamalda boʻldi, ammo magʻlibiyatga uchramadi. 1138-yili 9-avgustda er kuchli er qimirlashi roʻy berib, shahar qiyrab qoldi. Tarixiy manbalar boʻyicha 230 000 kishi vafot etdi. Halab Saloxiddinning, keyinchalik 1183-yili Ayubiylarning qoʻl ostida boʻldi.

1260-yili 24-yanvarda[20] Halabni Xulaguning moʻgʻul askasi va unga tobe Antokiya knyazi Boemund VI-ning frank risarlari va uning qayin otasi Armaniston hukmdori Xetum 1 bilan birlashib bosib oldi.[21] Shahar devori 6 kunlik jangdan soʻng, sitadel 4 kundan keyin berildi. Koʻplab musulmonlar halok boʻldi.[22] Turonshoxni oʻltirmadi, shahar esa avvalgi hukmdori Xomsning qoʻliga oʻtdi. Shaharda moʻgʻul garnizoni joylashtirildi. Halabdan soʻng moʻgʻullar Damashqqa harbiy yurishini boshladi. Damashqni 1260-yili 1-martda batamom bosib oldi. 1260-yili sentabrda mamlyuklar Akkalik franklar bilan ittifoq tuzib, moʻgʻullar bilan jang qilishini tasdiqladi. 3-sentabr 1260-yili Mamlyuklar moʻgʻullardan ustidan sharafli zafar quchib, moʻgʻul qoʻmondoni Kitbukani oʻltirdi, 5 kunda Damashqni qaytarib oldi. Musulmonlar 1 oy ichida Halabni qoʻlga kiritib, u shaharda oʻz odamlarini gubernator etib tayinladi. Moʻgʻullar Kitbuka uchun qasos olish maqsadida koʻplab musulmonlarni qirib tashladi. Biroq qayta jang qilib enga olmasligiga koʻzi etganidan soʻng, orqaga chekinishga majbur boʻladi.[23]

1271-yili moʻgʻullar shaharni himoyalab turgan turkman lashkarlarini magʻlubiyatga uchratib, shaharni qaytadan qoʻlga oladi. Mamlyuk garnizoni Xama shahriga qochadi. Oradan koʻp vaqt Beybars sulton boshchiligidagi askarlar shaharni moʻgʻullardan xalos qiladi.[24]1280-yili 20-oktyabrda moʻgʻullar shaharga yana yurish qilgani bilan, bu paytda mamlyuklarning hukmdori al-Mansur Qalaun askarlari bilan kelib moʻgʻullarni Evfrat daryosi orqali shahardan quvib chiqadi.

1400-yili shahar sohibqiron, adolatli hukmdor Amir Temurning qoʻl ostiga oʻtadi.[25] Amir Temur davrida shahar yanada chiroy ochib, shaharda koʻplab minoralar, madrasalar barpo etiladi.[26]

Hozirgi zamon

tahrir
 
Halab kodeksining varaqasi
 
Iudey ayol va badaviylar Halabda, 1873-yil

19 asrda yahudiylar ikkita qirgʻinga duchor boʻldi. 1947-yili Isroil davlatining tashkil topishi bilan Halab shahrida katta qirgʻin roʻy berdi va nihoyat yahudiylar ommaviy ravishda Isroilga koʻcha boshladi.

1947-yilgi Halab qirgʻini

tahrir

1947-yilgi Halab qirgʻini — Yahudiylarga atab uyushtirilgan qirgʻin. Halab (Aleppo), Suriya dekabr 1947-yili BMT-ning Falastin erini yahudiylar uchun boʻlib, Isroilni davlat deb tan olishining natijasida boʻlgan qirgʻin.

Halab qirgʻinining qisqacha tarixi

tahrir

19 asrda Halab 1853 va 1875-yillari ikkita katta qirgʻinning guvohi boʻldi.[27] BMT 1947-yilgi 29-noyabrda Falastinni boʻlish toʻgʻrisidagi farmonidan keyin, Halabning arablari shaharning yahudiylariga qarshi qingʻinni boshladi,[28][29] shu vaqtda ularning soni 10 000 kishi edi.

Qancha kishi halok boʻlganligi toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. 8 va 75 sonlari orasida kishi halok boʻldi, yuzdan ziyod kishi jarohat oldi degan maʼlumot bor.[28][30][31] 10 Sinagoga, 5 maktab, yoshlar klubi, 150 ga yaqin yahudiylarning uyi va doʻkonlari xonavayron qilindi[32] Shu vaqtning pul qiymati boʻyicha hisoblaganda voqeaning zarari 2,5 million dollarni tashkil qilgan.[33][34] Qirgʻin vaqtida Halab kodeksining koʻplab varaqalar yoʻq qilindi.[28] Va nihoyat yahudiylar Isroilga tomon qichishdi. Shu yillari yahudiylar kvartalidagi yahudiylar soni 2 barovarga kamayib ketdi.[35]

Geografiyasi

tahrir
 
Halab qayragʻochi

Halab Oʻrta er dengizidan 120 km masofada, dengiz sathidan 380 m balandlikda, Suriya-Turkiya chegarasining sharqiy tarafida 45 km-da joylashgan. Shaharda asosan shimoliy va gʻarbiy tarafida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Halabning sharqiy tarafida Suriya choʻli joylashgan. Yangi shahar eski shahardan birnecha km masofada Kuayka daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan; shaharning eski qismi daryoning soʻng tarafida joylashgan. Eski shahar radiusi 10 kilometrga teng atrofida 8 ta katta qirlik mavjud, markazida katta qirlik boʻlgan. Shu qirlikning ustiga mil.av. 2 asrda qamal barpo etilgan. Atalgan qirliklarning nomlari: Tal as-Savdo, Tal Aysha, Tal as-S"tt, Tall al-Yasmin, Tal al-Ansari (Yarukiyyya), An at-Tal, al-Jallum va Baxsita[36]. Shaharning eski qismi mustahkam darvozadan iborat eski devorlardan bilan oʻralgan.[36]

Hududi 190 km² Halab Yaqin Sharqdagi jadal rivojlanib borayotgan shaharlarning biri hisoblanadi. 2001-yili Halabning hududini 2015-yilgacha 420 km² ga kengaytirish rejasi ishlab chiqildi.[37],[38]

Halab qayragʻochi

tahrir

Halab qaragʻayi (lotincha: Pinus halepensis) — qiltanoqti daraxt; Oʻrta er dengizi yoqasida oʻsadi. Afrikada togʻli hududlarda 1 750 metr balandlikda oʻsadi.

Botanik taʼrifi

tahrir

Uzunligi 10—20 metr. Yaproqlari qora-yashil, uzunligi 10 sm-gacha, yupqa 0,75 mm, yumshoq, 2 yilgacha saqlanadi.[39]

Madaniy oʻchoqlari

tahrir
 
Antokiya darvozasi

Eski shahar

tahrir
 
Halab sitadeli

Yangi shahar bilan eski shaharni boʻlib turadi. Eski shahar eski devorlardan iborat. Uzunligi 5 km, 9 ta darvozasi bor. Oʻrta asrlik qamal-saroyi mavjud. Tarix varaqalarida Halab shahri koʻplab voqealarning guvohi boʻlgan, shaharni har vaqtda har turli hukmdor boshqargan, koʻpgina janglarning ham guvohi boʻlgan. Shu sababli shahar aholisi kvartallarga boʻlinib, masalan: musulmon, xristian, yahudiy kvartallari mavjud edi. Ular bir-biriga muxtoj boʻlmasdan hayot kechirgan. Eski shaharning umumiy hududi 3,5 km². 120 ming kishi istiqomat qilishadi.[40]

Bozorlari

tahrir
 
Bavabat al-Yasmin
 
Halabning eski bozori
 
Xon al-Shuna

Bu shaharning strategik joylashishi mahalliy aholining savdogarchilik qilishiga homiy boʻldi. Sababi Halabdan Buyuk ipak yoʻli oʻtar edi. Jahondagi eng katta usti yopiq bozor umumiy hududining uzunligi 13 km Halabda joylashgan.[41] Bozor Madina deb nomlanadi. Bu savdo markazidan ipakning barcha turini, hind choyi va kofesini, Damas kofesini topa olasiz. Bozorda shuningdek (xonlar) karvon saroyi Karvon-saroy (arab. كاروانسرا) joylashgan.

Halab bozorlari

tahrir
 
Al-Naxxasin hammomi
  • Suq as-Sabun, yoki sovun xoni, XVI asrda barpo etilgan, sovun doʻkonining oldida joylashgan.
  • Suq Xan an-Naxxasin, yoki asal bozori. 1539-yili barpo etilgan. Oʻzining milliy, yangi poyafzallari bilan mashhur, 84 ta doʻkoni bor.
  • Suq Xan al-Xarir, yoki ipak xoni bozori. 16 asrning ikkinchi yarmida barpo etilgan, 43 ta doʻkoni bor.
  • Suq Xan al-Jumruk, yoki chegara xoni bozori, 55 ta doʻkoni bor tekstil markazi. 1574-yili barpo etilgan.
  • Suq Xan al-Vazir, 1682-yili barpo etilgan.
  • Suq al-Attarin.
  • Suq az-Zirb, yoki Suq al-Zarb. Bunda mamlyuklar davrida tangalar ishlab chiqarilgan. Hozirgi kunda bozorning 71 ta doʻkoni bor.
  • Suq al-Baxramiya Baxramiya mechitining yonida, 52 ta oziq ovqat doʻkoni bor.
  • Suq al-Xaddadin — eski temir ustalari qatori, 37 ta doʻkondan iborat.
  • Suq al-Atiq, yoki eski bozor, teri sotish bilan shugʻullanadi, 48 ta doʻkoni bor.
  • Suq al-Siyyyagʻ, yoki oltin-kumush bozori, 99 ta doʻkondan iborat.
  • Suq an-Nisuan, yoki ayollar bozori — ayollarga uchun buyumlar, yosh kelinlar uchun kerakli barcha buyumlarni topsa boʻladi.
  • Al-Suuayqa, yoki Suayqat Ali (suweiqa arab tilida „kichkina bozor“ degan maʼnoni anglatadi),— uy jihozlari va oshxona uchun narsalarni sotuvchi katta bozor.

Halab xonlari

tahrir
  • Xon al-Qadi, 1450-yili barpo etilgan Halabning qadimgi karvon-saroylaridan
  • Xon al-Burgul, 1472-yili barpo etilgan.
  • Xon al-Shuna 1546-yili barpo etilgan.
  • Venesian xoni Venesii kunsulining va venesian savdogarlarining uyi boʻlgan.

Bundan boʻlak xonlar va bozorlar „Jayda“ xristian kvartalida mavjud:

  • Suq al-Xoqadun yoki "Xon al-Quds". Xoqadun arman tilida „ruxaniy uy“ degan maʼnoni anglatadi, u Ierusalimga borayapgan xristianlarga mehmonxona maqsadida barpo etilgan.[42]
  • As-Saliba, eski xristian soborlarining markazi.
  • Suq as-Suf yoki jun bozori.
  • Bauabat al-Qasab, yogʻoch buyumlar qatori

Tarixiy binolari

tahrir
 
al-Shibani maktab-cherkovi
 
Dar Bazil, Jdayda tumani, XVIII asr
 
Bab al-Faraj minorasi
  • Halab qamali, shahardan 50 metr balandlikda joylashgan smtadel. mil.av. 1 ming yillik,[43] ayrim imoratlari XIII asrda barpo etilgan. 1822-yilgi zilziladan ancha zarar koʻrgan.
  • Xalauiya madrasasi, 1124-yili Eelena soborining oʻrniga barpo etilgan. Konstantinning onasi avliyo Elena u erga vizantiya soborini barpo ettirganfi. Krest bosqinchiligi vaqtida shahar talon-tarojga duchor boʻldi, shu vaqtda shaharning qozisi soborni mechitka aylantirdi. XII asrda Nured-Din bu erga diniy maktab, madrasa barpo ettirdi.
  • al-Matbax al-Ajami, XII asrda amir Majd ad-Din bin ad-Dayya barpo ettirgan. 15 asrda qaytadan taʼmirlandi. 19671975-yillari bunda Milliy muzey joylashdi.
  • Al-Shibani madaniy markazi. XII asr Frak missioneri Mariyaning qadimgi cherkov-maktabi.
  • Madrasa Muqaddamiya, 1168-yili barpo etilgan.
  • Madrasa Zaxiriya, 1217-yili barpo etilgan.
  • Madrasa Sultaniya, Halab gubernatori Az-Zaxir Gʻazining boshchiligi bilan barpo etilib, 12231225-yillari buyuk Malik al-Aziz Muhammad bitirdi.
  • Madrasa al-Firdaus — Halabning eng chiroyli mechiti.[44] Halab amiri Az-Zaxir Gʻazi 12341237-yillari barpo ettirgan.
  • Halab milliy kutubxonasi. Oʻtgan asrning 30-chi yillari barpo etilib, 1945-yili faoliyatini boshlagan.[45]
  • Grand Seray d’Alep — gubernatorning avvalgi qarorgohi; 1920-yili barpo etilib, 1933-yili faoliyat boshlagan.
  • Xanka al-Farafira, soʻfiylarning makoni, 1237-yili barpo etilgan.
  • Bimariston Argʻun al-Kamili.
  • Dar Rajab Pasha — saroyi.
  • Bayt Jonblat — eski qamal, XVI asrda Halabning mutlaq amiri Xusayin Pasha Yan Poʻlat barpo ettirgan.
  • Madrasa al-Utmaniya, islomiy maktab. Usmonli hukmdori al-Duraqi 1730-yili barpo ettirdi.
  • Bayt Marrash. XVIII asrda Marrash oilasi barpo ettirgan.
  • Bab al-Faraj minorasi. 18981899-yildari avstriya arxitektori Karte barpo etgan.[46]

xristian kvartalining Jdaydada koʻplagan tarixiy inshoatlari mavjud[47]

  • Bayt Ajiqbash (Beit Achiqbash), 1757 jilis alingʻan.
  • Bayt Gʻazala.
  • Bayt Dallal.
  • Bayt Vakil.
  • Dar Bazil. XVIII asr uyi, 2001-yili biznes-maktabga aylantirildi.
  • Dar Zamariya, XVII asr oxirlarida barpo etilgan.

Muzeylari

tahrir
  • Halab muzeyi
  • „Halab uyi“ Beyt Ashikbash, Jdayda — urf-odat muzeyi
  • Halab sitadeli muzeyi
  • Bimaristondagi Argun al-Kamili tibbiyot va fan muzeyi
  • Bayt-Gʻazala, Jdayda — Halab muzeyi
  • Arman Apostoli cherkovining eski arman Avliyo Bogoroditsa cherkovidagi muzeyi, Jdayda

Darvozalari

tahrir

Hozirgi Halab

tahrir
Halab panoramasi

Diniy binolari

tahrir
 
Qirq azoblar sobori
 
Xusruviya mechiti
  • Halab uyi masjidi (Jamigʻ al-Kabir) (ru:Великая мечеть Алеппо) yoki Ummavilar masjidi, 715-yili Valid I qurdirgan, qurulishni shogirdi Sulaymon nihoyasiga yetkazgan. Masjid moʻgʻul bosqinchiligi davrida 1260-yili xonavayron boʻldi. Keyinchalik qaytadan taʼmirlandi.
  • Xusruviya masjidi (en:Khusruwiyah Mosque), 1547-yili nihoyasiga yetgan, Mashhur usmon arxitektori Mimar Sinanning loyihasi bilan barpo etilgan.
  • An-Nuqta masjidi (en:Al-Nuqtah Mosque). Bu yerda avval monastir boʻlgan, 944-yili mechitga aylantirildi.
  • Al-Adaliya masjidi, 1555-yili Halab hokimi Muhammad Pasha barpo ettirgan.
  • As-Saffahiya masjidi, 1425-yili barpo etilgan, sakkiz burchakli minoralari bor.
  • Al-Qayqan masjidi.
  • Altin-Boʻgʻa masjidi (1318).
  • At-Tavashi masjidi (14 gʻ., 1537-yili qaytadan taʼmirlangan).
  • Qiriq azapker sobori (en:Cathedral of the Forty Martyrs) — arman cherkovi, Jdayda (XVI a.).
  • Halab markaziy sinagogasi (en:Central Synagogue of Aleppo) — taxminan 1200-yili yahudiy jamoati barpo etgan.
  • Moruniy, suryoniy pravoslav, yunon pravoslav, katolik cherkovlari Judayda kvartalida joylashgan.

Ishgʻol etilgan shaharlar

tahrir
 
Bazilika Mushabbak
 
Xarab Shams bazilikasi
 
Ayn Dara

Halabda koʻplagan yoʻqolib ketgan shaharning qoldiqlari mavjud. Ular Suriyaning shimolida taxminan 700 ga yaqin mil.av. V asrda barpo etilgan binolar vizantiya arxitekturasining qoldiqlarining elementlari.

Eng asosiylari Jabal Samgʻan (Samaan togʻi)da joylashgan:

  • Qalota qamali, Halabdan shimoly-gʻarbda 20 km masofada joylashgan. Rim xrammi maqsadida mil.av. 2 asrda barpo etilgan. 5 asrda xristina paytida xram bazilikaga aylantirgan. Xamdaniylar bilan vizantiyaliklarning jangi natijasida cherkov qamalga aylantirildi.
  • Bazilika Xarab Shams, Halabning shimoliy-gʻarbida 21 km masofada joylashgan.
  • Fafertin cherkovi, mil.av. 372-yil, Halab tarixchisi Abdulla Xajar bu bazilikani jahondagi qadimgi cherkov deb hisoblaydi.
  • Surqaniya qishlogʻi.
  • Kafr Qira — Burj Gʻaydardagi qadimgi qishloq.
  • Sinxar yoki Simxar tarixiy qishlogʻi.
  • Bazilika Mushabbak.
  • Barjaka yoki Burj Sulaymon — qishlogʻi, tarixiy qishloq, Halabdan shimoliy-gʻarbga tomon 26 km uzoqlikda joylashgan.
  • Shayx Sulaymon qadimgi cherkovi, Halabdan shimoliy-gʻarbg tomon 28 km uzoqlikda joylashgan.
  • Kafr-Nabu, Halabdan gʻarbga tomon 29 km uzoqlikda joylashgan.
  • Brad shahri, Halabdan gʻarbga tomon 32 km uzoqlikda joylashgan. Ichida moruniy avliyo Iulian Anazarvning (mil.av. 399—402 y.y.) monastiri saqlangan.
  • Qimor qishlogʻi. Halabdan shimoliy-gʻarbga tomon 35 km uzoqlikda joylashgan.
  • Avliyo Simeon Xrami (Dayr Samaan).
  • Sugʻana qishlogʻi.
  • Ayn Dara, siro-xetlik xram, temir asri.
  • Bab al-Xava qishlogʻi, Halabdan 50 km uzoqlikda, gʻarbiy tarafida Turkiya chegarasida joylashgan.
  • Kiros (boshqa nomi: Xurus (arab. حوروس) yoki Ayyupolis) — qadimgi shahar.

Halab amirlari

tahrir

Halab kvartallari

tahrir
 
al-Xatab koʻchasi
 
Ulugʻbek kvartali
 
Dar Bazil — Jdayda kvartali

Eski shahar-qalʼa ichidagi mavzelar

tahrir
  • al-Agʻjam — Al-Aʼajam الأعجام
  • Oltin Bugʻa — Altunbogha ألتونبوغا
  • Aqaba — Aqabeh العقبة
  • Baxsita — Bahsita بحسيتا
  • Bandara — Bandara البندرة
  • al-Bayada — Bayadah البياضة
  • al-Farafira — Farafira الفرافرة
  • al-Jallum — Jalloum الجلوم
  • al-Jibayla — Jbeileh الجبيلة
  • al-Magʻazla — Maghazleh المغازلة
  • al-Mustadmiya — Mustadmiyeh المستدمية
  • Ulugʻbek — Oghlubek أوغلبك
  • Qalʻat al-Sharif — Qalaʼat al-Sharif قلعة الشريف
  • al-Qasila — Al-Qasileh القصيلة
  • al-Safaxiya — Saffahiyah السفاحية
  • Saxat Bizza — Sahet Bizzeh ساحة بزة
  • Suq al-Madina — Suq al-Madina سوق المدينة
  • Talla al-Savda — Tallet Alsauda تلة السودة

Qalʼa sirtidagi mavzelar

tahrir
  • al-Abraj — Abraj الأبراج
  • Aqyol — Aghyol أقيول
  • al-Maji — Almaji ألمجي
  • al-Ballat — Ballat البلاط
  • al-Basatina — Basatneh البساتنة
  • Banqusa — Banqusa بانقوسا
  • al-Firdaus — Fardos الفردوس
  • al-Һazaza (Sayid Ali) — Hazzazeh (Sayed Ali) (الهزازة (السيد علي
  • al-Jdayda (Bayt Maxb) — Jdeydeh quarter (Beit Meheb) (الجديدة (بيت محب
  • al-Maʻadi — Maʼadi المعادي
  • al-Maʻayir — Maghayer المغاير
  • Qarluq — Qarleq قرلق
  • Qastal al-Xarami — Qastal Harami قسطل الحرامي
  • Sajilixan — Sajlikhan صاجليخان
  • al-Sharaʻsus — Sharaʼsous الشرعسوس
  • al-Tadriba — Tadribeh التدريبة
  • al-Vakiliya — Wakiliyeh الوكيلية

Halab tumanlari

tahrir

Halab oliy oʻquv yurtlari

tahrir

Davlat universitetlari

tahrir

Xususiy universitetlar

tahrir

2010-yilgi maʼlumot boʻyicha shaharda 4 ta xususiy universitetlar faoliyat yuritmoqda:

Litsey-maktablar

tahrir

Shaharda birnechta xristian, arman jamoatining maktablari va Halab xalqaro maktabi, Halab fransuz maktabi faoliyat yuritmoqda.

Halabda joylashgan konsulliklar

tahrir

Xon al-Jumrukda britan, golland, fransuz konsulliklari faoliyat yuritgan. Xon al-Naxxasiinda venesiyan konsuli joylashgan. Belgiya konsuli ham shu binoda faoliyat yuritgan. Italiya (1548), Fransiya (1562), Britaniya (1583), Gollandiya (1607) oʻrta asrda Halabda konsulliklarini ochgan.[49]. 1908-1924-yillar orasida AQSh-ning konsulligi faoliyat yuritgan.[50]

Hozirgi konsulliklar

tahrir
 
Halab xalqaro stadoini

Halabda sportning rivojlangan turi futboldir. Halabda koʻpgina futbol klubtari mavjud. Shulardan „al-Ittixad Aleppo“ suriya dviziyasida peshqadamdir. Shaharda 75 ming tamoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan xalqaro stadion joylashgan[52]

Shahardagi asosiy sport klublari:

Klub
al-Ittixad Aleppo
al-Xurriya
Jala Sport klubi
al-Yarmuk sport klubi
Oruba sport klubi

Al-Ittixad Suriyaning mashhur klublaridan. Klubning 15 ming tamoshabinga moʻnjallangan xususiy stadioni bor. Ikkinchi oʻrinda Al-Xurriya va Al-Yarmuk klublari.

Halab aholisining qiziqadigan yana bir sport turi basketbol. Shaharda 12 ta klub mavjud. Bundan boʻlak tennis, gandbol, voleybol, stol tennisi, suzish klublari bor.

Halabning taniqli shaxslari

tahrir
  • Simeon Stolpnik
  • Avliyo Maron
  • Al-Buxturiy
  • Sayfd Davla
  • Pavel Aleppskiy, Aleppo arxidiakon, sayyoh (XVII asr)
  • Fillip Stamma — shaxmatchi va yozuvchi, 1705-y.
  • Abdur Raxmon al-Kavakibiy, diniy reformator.
  • Maraa Mallax al-Pasha, Halab general-gubernatori 1924-26.
  • Risqulla Xassun, 1855-yili toʻngʻich suriya roʻznomasini nashr etuvchi
  • Kestakiy al-Xamsi, XIX asr shoiri.
  • Sati al-Xusariy, arab millatchilari liderі
  • Umar Abu-Rish, hozirgi kunda shoir
  • Muhammad Faris, toʻngʻich Suriya fazogiri
  • Mustafa Akkad, produser va rejissor. "Muhammad Ollox elchisi" (1976) va Umar Muxtor (1980), filmlarining rejisseri.
  • Nozim al-Kudsiy, sobiq Suriya prezidenti.
  • Amin al-Xafiz, sobiq Suriya prezidenti.
  • Vaxbi al-Xariri, rassom va arxitektor
  • Antranik Dzarugyan — arman yozuvchisi, shoir.
  • Djordj Tutundjyan, qoʻshiqchi.
  • Karnik Sargsyan, qoʻshiqchi.
  • Levon Ter-Petrosyan, Armaniston Respublikasining eks-prezidenti (1991—1998).
  • Vardan Oskanyan, Armaniston sirtqi ishlar vaziri (1998—2008).
  • Aram Karamanukyan, Suriya harbiy kuchlarining 1940 — 1950-yillardagi qoʻmandoni.
  • Fatix Mudarris, suriyalik rassom, 1922-y.
  • Abdur Raxmon, skulptor.
  • Avraam Russo, qoʻshiqchi
  • Muhammad Naji al-Otariy, hozirgi Suriya bosh-vaziri.
  • Professor Mamun Fansa, Kishi va tabiat davlat muzeyining direktori, Oldenburg — Olmoniya.
  • Loay Qayali, suriyalik rassom.
  • Nazir Fansa, jurnalist va Suriyaning 1949-yilgi vitse-prezidenti.

Aholisi

tahrir
 
Tilal koʻchasi
 
Arman kvartali

Halab aholisining koʻp qismi — arab-musulmonlar. Xristian Armanlar, Yunonlar, Moruniy katolik cherkovi, Suriya Katolik va yahudiy, amerikan Protestant jamoatlari mavjud.

Yil Aholisi Oʻsishi, %±
1883 99 179 -
1901 108 143 9.0 %
1922 156 748 44.9 %
1925 210 000 34.0 %
1934 249 921 19.0 %
1944 325 000 30.0 %
1950 362 500 11.5 %
1960 425 467 17.4 %
1965 500 000 17.5 %
1983 639 000 27.8 %
1990 1 216 000 90.3 %
1995 1 500 000 23.4 %
2000 1 937 858 29.2 %
2004 2 181 061 12.6 %
2005 2 301 570 5.5 %

Tarixi

tahrir

Bonjour, j'adore le caca. Cher journal, Aujourd'hui j'ai mangé des haricots verts et du canard à la cantine. C'était moins dégueu que d'habitude. Quand même, on était loin de la jouissance gustative. Ce n'est pas grave. Je ne vais pas au self pour jouir. Si je veux jouir, je vais dans d'autres endroits plus adaptés à la réalisation de mes plaisirs. À ce propos, je voulais me rendre chez Nil pour jouir un bon coup. Ce coquin n'était pas là. Dommage. J'ai essayé de jouir tout seul, mais je j'ai pas réussi. Triste vie, que ma vie. Queue ma vît. À demain, cher journal. XIX asrning boshida Halabning aholisi 200 ming kishi edi. Shaharning savdo joylari, fabrikalari mavjud edi. Fabrikasidan chiqqan ipak matolari, qogʻoz mahsulotlari, jun, teri mahsulotlari bilan, butkul sharqni taʼminlab turdi. Ammo Halabdagi katta zilzila va vabo, xolera kasalliklari aholining orisida ommaviy ravishda koʻpayib ketishidan, oqibatda aholining kamayib ketishiga sababchi boʻldi. Halab tarixchisi, shayx Komil al-Gazzi (18531933), 1822-yilgi zilziladan avval shahar aholisi 400 ming kishi edi deb maʼlum qiladi. Darvoqe xolera va vabo kasalliklari (1823 va 1827-yillar) Halab aholisini 110 ming kishiga kamaytirib yubordi.[53]. 1901-yili Halab aholisi 108 143 kishini tashkil qildi. Shulardan musulmonlar — 76 329 (70,58 %), Xristianlar — 24 508 (22,66 %); va iudaylar — 7 306 (6,76 %)[54]. Xristianlar arman qochqinlari kelganda koʻpaydi. (1915-yilgi arman genotsidi). Birinchi arman qochqinlari kelganda (19151922) Halab aholisi 1922-yili 156 748 kishiga edi, shulardan: musulmonlar 97 600 kishi (62,26 %), xristian-katoliklar — 22 117 (14,11 %), iudaylar — 6 580 (4,20 %), evropaliklar shu vaqtda 2 652 (1,70 %), arman qochqinlari — 20 007 (12,76 %) va boshqalar — 7 792 (4,97 %)[55][56]. Yekіnshі armyan bosqindari 1923 jili keldі.[57]. 19231925-yillari shaharga 40 000 arman qochqinlari keldi, Halab aholisi 1925-yilning oxirlarida 210 000 kishiga koʻpaydi. Shulardan: armanlar 25 %[58]. 1944-yili Halab aholisi 325 000 kishini tashkil qildi, shularning 112 110 (34,5 %) xristianlar (armandar — 60 200). Halab xristianlarining yarimi 1947-yilgacha armandar boldi. Keyinchalik arman repatriatsiyasi vaqtida armanlarning koʻpchiligi Sovet Armanistonga koʻchdi.(19461967).

Hamdoʻst shaharlar

tahrir

Transport

tahrir
 
Halab aeroporti
 
Bogʻdod temir yoʻli, 1900-1910-yillar

Temir yoʻli

tahrir

1911-yili Usmon sultoni Bogʻdodda temir yoʻlini barpo etish bilan shugʻullangan vaqtda, temir yoʻl Halab orqali oʻtdi. Shu sababli Halabdagi vokzal „Bogʻdod temir yoʻli“ (en:Baghdad Railway) deb nomlanadi. Halabni Anqara bilan bogʻladi. Shu temir hozirgi kunda ham mavjud. Halab bilan Damashq orasida ham temir yoʻl barpo etilgan.

Havo yoʻli

tahrir

Halab xalqaro aeroporti (en:Aleppo International Airport) mavjud. Yangi aeropot 1999-yili barpo etilgan.[63] Aeropot Suriya arab havo yoʻllariga tegishli (arabcha: مؤسسة الطيران العربية السورية; ing. — Syrian Arab Airlines / Syrianair). Syrianair — en:AACO alyansining aʼzosi (en:Arab Air Carriers Organization).

Qizqarli maʼlumotlar

tahrir

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. UN Data, Syrian Arab republic
  2. „UN Demographic Yearbook 2009“. 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-aprel.
  3. Expatify.com Navigating the Major Cities of Syria
  4. Encyclopedia of the Ottoman Empire
  5. Russell, Alexander (1794), The natural history of Aleppo, 2nd Edition, Vol. I, pp. 1-2
  6. Gaskin, James J. (1846), Geography and sacred history of Syria, pp. 33-34
  7. Columbia Encyclopedia, Sixth Edition (2010)
  8. The Oxford encyclopedia of archaeology in the Near East (1997)
  9. Britannica Concise Encyclopedia (2010)
  10. World Heritage Site: Aleppo, 2012-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-13
  11. Travels of Rabbi Pesachia of Regensburg. teachittome.com (p. 53).
  12. Michael Dumper,Bruce E. Stanley: Cities of the Middle East and North Africa: a historical encyclopedia
  13. "Columbia Encyclopedia 2010"
  14. "Near East 1997"
  15. "Britannica Concise Encyclopedia 2010"
  16. Pettinato, Giovanni (Johns Hopkins University Press, 1991) Ebla, a new look at history p.135
  17. 17,0 17,1 17,2 Hawkins, John David (2000) Inscriptions of the iron age p.388
  18. Kuhrt, Amélie (1998) The ancient Near East p.100
  19. "Phenix, Robert R. 2008"
  20. Jackson, Peter (July 1980). „The Crisis in the Holy Land in 1260“. The English Historical Review. 95-jild, № 376. 481–513-bet.
  21. "Histoire des Croisades", René Grousset, p. 581, ISBN 226202569X.
  22. Kay Kaufman Shelemay. Let jasmine rain down: song and remembrance among Syrian Jews. University of Chicago Press, 1998 — 70-bet. ISBN 9780226752112. Qaraldi: 24-noyabr 2010-yil. 
  23. Runciman, p. 314.
  24. Runciman, pp. 336—337.
  25. Runciman, p. 463.
  26. Battle of Aleppo@Everything2.com.
  27. David Patterson. A Genealogy of Evil: Anti-Semitism from Nazism to Islamic Jihad. Cambridge University Press, 31-oktyabr 2010-yil — 56-bet. ISBN 9780521132619. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  28. 28,0 28,1 28,2 ; Bernard SchneiderCrown of Aleppo: The Mystery of the Oldest Hebrew Bible Codex. Jewish Publication Society, December 2009 — 163-bet. ISBN 9780827608955. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  29. Itamar Leṿin. Locked doors: the seizure of Jewish property in Arab countries. Greenwood Publishing Group, 2001 — 167-bet. ISBN 9780275971342. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  30. Jacob Freid. Jews in the modern world. Twayne Publishers, 1962 — 68-bet. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  31. Daniel Pipes, Greater Syria: The History of an Ambition, (New York: Oxford University Press, 1990) p. 57, records 75 victims of the Aleppo massacre.
  32. Benny Morris. 1948: a history of the first Arab-Israeli war. Yale University Press, 2008 — 412-bet. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  33. Andrew G. Bostom. The legacy of Islamic antisemitism: from sacred texts to solemn history. Prometheus Books, 2008 — 159-bet. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  34. W. A. Veenhoven. Case Studies on Human Rights And Fundamental Freedoms. Martinus Nijhoff Publishers, February 1977 — 90-bet. ISBN 9789024719570. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  35. Colin Shindler. A history of modern Israel. Cambridge University Press, 2008 — 63-bet. ISBN 9780521615389. Qaraldi: 18-oktyabr 2010-yil. 
  36. 36,0 36,1 The Natural History of Aleppo, 1st Alexander Russell: , London: Unknown, 1856 — 266-bet. 
  37. "Syria News statement by Syrian Minister of Local Administration, Syria (Arabic, August 2009) (Wayback Machine saytida 2017-10-09 sanasida arxivlangan)
  38. "Aleppo plan"
  39. Rod 9. Pinus L. — Sosna // Derevya i kustarniki SSSR. Dikorastuщie, kultiviruemie i perspektivnie dlya introduksii. / Redaktori toma S. Ya. Sokolov i B. K. Shishkin — M.—L.: Izdatelstvo Akademii Nauk SSSR, 1949. — T. I. Golosemennie. — S. 246. — 464 s. — 3000 ekz.
  40. Alepposeife: Aleppo history
  41. eAleppo: The old Suqs of Aleppo (in Arabic)
  42. „Aleppo.us: Khans of Aleppo (in Arabic)“ (deadlink). 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr. (Wayback Machine saytida 2017-07-10 sanasida arxivlangan)
  43. http://www.dp-news.com/pages/detail.aspx?articleid=80968&l=2 DP-news:Aleppo…Cultural Landmark, Trade Hub by the Chinese News Agency (Xinhua)
  44. "Burns 1999 35"
  45. Aleppo Culture National Library of Aleppo (in Arabic)[sayt ishlamaydi]
  46. eAleppo Bab Al-Faraj tower (in Arabic)
  47. „Ministry of Tourism, Syria: Aleppine House (in Arabic)“. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
  48. 48,0 48,1 48,2 Halab amirlari htm
  49. arxiv nusxasi, 2015-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-16
  50. arxiv nusxasi, 2012-11-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-16
  51. arxiv nusxasi, 2012-07-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-16
  52. arxiv nusxasi, 2012-03-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-16
  53. Saint Terezia Church Aleppo Christians in Aleppo at the end of the Ottoman Empire (Wayback Machine saytida 2017-10-09 sanasida arxivlangan)
  54. Alepppo in One Hundred Years 1850—1950, vol.2 page 3, 1994 Aleppo. Authors: Mohammad Fuad Ayntabi and Najwa Othman
  55. Alepppo in One Hundred Years 1850—1950, vol.3 page 26, 1994 Aleppo. Authors: Mohammad Fuad Ayntabi and Najwa Othman
  56. The Golden River in the History of Aleppo, (arabcha: نهر الذهب في تاريخ حلب), vol.1 (1922) page 256, published in 1991, Aleppo. Author: Sheikh Kamel Al-Ghazzi
  57. The Golden River in the History of Aleppo (arabcha: نهر الذهب في تاريخ حلب), vol.3 (1925) pages 449—450, published in 1991, Aleppo. Author: Sheikh Kamel Al-Ghazzi
  58. Hovannisian, Richard G.. The Armenian People From Ancient to Modern Times, Volume II: Foreign Dominion to Statehood: The Fifteenth Century to the Twentieth Century. New York: Palgrave Macmillan, 2004 — 425-bet. ISBN 1-4039-6422-X. 
  59. „Izmir sister cities“ (Turkish). 2009-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr. (Wayback Machine saytida 2009-01-05 sanasida arxivlangan)
  60. Partner Cities of Lyon and Greater Lyon. © 2008 Mairie de Lyon. 2009-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-iyul. (Wayback Machine saytida 2009-07-19 sanasida arxivlangan)
  61. „Gaziantep cultural committee: Gaziantep sister cities, Aleppo-Syria (in Turkish)“. 2012-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr. (Archive.is saytida 2012-07-31 sanasida arxivlangan)
  62. „Jamahir newspaper: 28-yanvar 2010-yil (in Arabic)“. 2010-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr. (Wayback Machine saytida 2010-02-19 sanasida arxivlangan)
  63. نبذة تاريخية عن مطار حلب الدولي, 2017-10-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-16
  64. APA — Posol Mair Aliev: „Soglashenie mejdu Ankaroy i Damaskom o tranzite gaza sozdalo blagopriyatnuyu pochvu dlya transportirovki azerbaydjanskogo golubogo topliva v Siriyu“, 2010-03-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-16 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 4 (yordam)

Havolalar

tahrir