Ahtam sahoba masjidi — Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan masjid[1]. Bosh imom xatib — Murtazoyev Beknazar.

Masjid
Ahtam sahoba masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Navbahor tumani
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Asosiy sana:
hijriy 1336-yili
Soʻngi imom Beknazar Murtazoyev
Maqomi Faoliyat koʻrsatmoqda
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Axtam sahoba masjidining avvalgi binosi taxminan hijriy 1336-yilda qurib tugatilgan. Bu maʼlumot masjid binosining yuqori qismidagi peshtoq ustida yozib qoldirilgan. Yoshi ulugʻlarning aytishicha iobiq shoʻrolar davrida atrofdagi boshqa masjidlar qatori bu masjid ham tashlandiq holatga kelib qolgan. SSSR davrida kolxoz omborxonasi sifatida foydalanilgan. Ushbu hududda 12ta masjid mavjud boʻlib, Sobiq ittifoq davrida ularning barchasi buzib tashlangan. Axtam sahoba masjidi esa omborxona sifatida foydalanilgani uchun buzilib ketishidan saqlanib qolingan. Masjidning nomi eskidan ham „Ahtam sahoba“ nomi bilan atalgan. Masjid oldidagi qabristonda Ahtam sahobaga ramziy qabr qoʻyilgan. Masjid toʻgʻrisida boshqa maʼlumot mavjud emas.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin masjid Diniy idora roʻyxatidan oʻtkazilib, juma namozini oʻqish yoʻlga qoʻyildi. 1998-yilda masjid mas‘ul tashkilotlarning qulash holatida degan maʼlumoti bilan foydalanishga yaroqsiz obyekt deb topildi. Shundan keyin homiylar jalb qilinib taʼmirlash ishlari olib borilgan. 2000-yilda esa adliya boshqarmasining 68 sonli qaroriga asosan qaytadan roʻyxatdan oʻtkazildi. Bir qacha mutaxasislarning fikrlariga koʻra, eskirib qolgan maskan binosini buzib tashlab, oʻrniga qaytadan davr talablariga uygʻun ravishda yangi masjid binosini qurish kerakligi aytildi. 2009-yil mart oyida masjid jamoasining roziligi va viloyat bosh imom xatibi N. Atoyevning ruxsati bilan eski masjid binosi buzilgan va shu yilning oʻzidayoq yangi masjid binosining qurilish ishlari boshlangan. Hozirgi paytda masjid hududida tahoratxona va boshqa qoʻshimcha binolar qurilishi yakunlangan, masjid xonaqohining tom usti yopilib gumbaz va pardozlash ishlari olib borilmoqda[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Navoiy viloyati“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
  2. „“АХТАМ САҲОБА” жоме масжиди“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.