Akmal, ajdarho va malika — 1981-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan prokatga chiqarilgan sovet bolalar badiiy filmi boʻlib, suratga olish ishlari Toshkentda boʻlib oʻtadi.[1]

Akmal, ajdarho va malika
Rejissyor(lar) Yuriy Stepchuk
Ssenariynavis(lar) Lev Arkadev
Rollarda Sokrat Suleymanov, Dilnoza Rasulova, Rajab Adashev , Iroda Aliyeva
Bastakor(lar) Yevgeniy Shiryayev
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1981
Davomiyligi 63 min.
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Til ruscha
Keyingi film Akmalning yangi sarguzashtlari

Syujeti

tahrir

Mazkur film sarguzasht izlab bir necha bor uyidan qochgan Akmalni qidirishdan boshlanadi. U topilgach, ertaklar olamida sayr qilganini aytib oʻtadi. Film qahramoni oʻzini ertaklar olamiga tushib qolgani, u yerda Goʻzal ismli malikani hayoti xavf ostida ekanini eslaydi: quyosh botishi bilan uni Qorabotir ajdarho oʻgʻirlashini aytadi va u sehrgar chol yordamida malika va shahar aholisini qutgargani yoʻlga otlanadi.

Biroq Akmal kechikadi — u shaharga kirib kelganida allaqachon ajdarho kelib, malikani oʻgʻirlab, qolgan aholini sehrlab qoʻygan boʻladi. Ajdarho kelgan paytida stol tagiga yashiringan malikaning otasi xon jodudan qutulib qoladi. Akmal ajdarhoning izidan yoʻlga tushadi, xon esa tasodifan qoʻl ostidagi xizmatkorlariga teginib, haykaldek qotib qoladi. Yoʻlda Akmal tishi ogʻriyotgan jodugarga duch keladi. Akmal uni tishini sugʻurib, yalmogʻizni azobdan qutqaradi va u minnatdorchilik bildirib, bolaga yordam berishga qaror qiladi.

Akmal ajdaho bilan jang qiladi. Uni qidirayotgan milisioner Nuriyev ham yordamga shoshiladi. Birgalikda ular ajoyib choʻgʻdek qizil lola yordamida Qorabotir ustidan gʻalaba qozonishadi.

Film musiqasi

tahrir

Filmda bastakor Yevgeniy Shiryayevning Yuriy Stepchuk sheʼrlari asosida yozilgan uchta qoʻshiq: „Oltin yolli ot“[2], „Men — 100 yillik cholman“[3] va „Men jodugarman“[4] qoʻshigʻi taqdim etilgan.

Rollarda

tahrir
  • Suqrot Sulaymonov — Akmal
  • Dilnoza Rasulova — Goʻzal / Malika
  • Rajab Adashev — Jahongir Nuriyev, milisiya leytenanti
  • Iroda Aliyeva — jodugar kampir (ochkoʻz kampir)
  • Vohid Qodirov — Xon, malika Goʻzalning otasi
  • Xayrulla Sagdiyev — „yuz yillik chol“, ham sehrli bogʻbon
  • Vahob Abdullayev
  • A. Muhamedov
  • Maqsud Mansurov
  • Uchqun Rahmonov
  • Poʻlat Saidqosimov

Manbalar

tahrir
  1. АКМАЛЬ, ДРАКОН И ПРИНЦЕССА (1981) Kino-teatr.ru
  2. Песни из кинофильма „Акмаль, дракон и принцесса“ „Златогривый конь“, pesnifilm.ru.
  3. Песни из кинофильма „Акмаль, дракон и принцесса“ „Я — столетний старичок“., pesnifilm.ru.
  4. Песни из кинофильма „Акмаль, дракон и принцесса“ „Я —ведьма“, pesnifilm.ru

Tomosha qilish uchun

tahrir

Акмаль, дракон и принцесса (1981). Фильм-сказка Youtube.com