Al-Abiliy
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ibrohim al-Abiliy (arabcha: أبو عبد الله محمد بن إبراهيم بن أحمد العبدري التلمساني الأبلي) (1356–1282) yashagan (hijriy 681–757) – tlemsenlik musulmon faylasufi. Abu Abdulloh Tunisda uch yil davomida falsafani oʻrgangan Ibn Xaldunning oʻqituvchisi boʻlishi mumkin.
1282-yilda hozirgi Jazoirning Tlemsen shahrida tugʻilgan[1]. Otasi asli Andalus viloyatining Avila shahridan boʻlgan[2][3], Banu Zayyan qoʻshinida askar boʻlib xizmat qilgan. Onasi Tlemsendagi qozi Muhammad Ibn Gʻalbunning qizi edi[3].
Mariniylar Tlemsenni egallab olishganda, al-Abiliy shaharni tark etgan[4]. Koʻplab shia oʻqituvchilari bilan sharqqa sayohat qilgan, keyinchalik Makkaga haj qilgan. Shuningdek, Karbaloda ham vaqt oʻtkazgan[5]. Shahar ozod qilinganidan keyin Tlemsenga qaytib kelgan va koʻp vaqtini oʻqishga bagʻishlagan. Ibn al-Imom (Abu Mausa) huzurida mantiq va usul ilmini oʻrgangan. Shahar gʻaznachiligida maʼmuriy rolga kirishga majbur boʻlishdan qoʻrqib al-Abiliy gʻarbga, zamonaviy Marokashdagi Fos shahriga qochib ketgan. U dastlab yahudiy matematikining oldida panoh topgan va qoʻl ostida matematika boʻyicha bilimlarni olgan. Taxminan hijriy 710-yilda Marokashda yashay boshlagan va u yerda buyuk olim Ibn al-Bannodan falsafadan tahsil olgan. Ibn al- Banno vafotidan soʻng, al-Abiliy Fosda dars bergan va mashhur boʻlgan. Keyinchalik Sulton Abu al-Hasan saroyida xizmat qilgan[5].
Al-Abiliy 748-hijriy yilda Sulton Ifriqiyani zabt etganda u bilan birga Tunisga kelgan va oʻsha yerda Ibn Xaldunga ustozlik qilgan. Hijriy 757-yilda (milodiy 1356) Fos shahrida vafot etgan[6].
Manbalari
tahrir- ↑ Ferhat, Halima „Marinid Fez: Zenith and Signs of Decline“, . The City in the Islamic World Jayyusi: . Leiden: Brill, 2008 — 247–267-bet. ISBN 9789004162402.
- ↑ Bencheneb, H „al-S̲h̲arīf al-Tilimsānī“, . Encyclopaedia of Islam, Second Edition Bearman: . Boston: Brill Online, 2012.
- ↑ 3,0 3,1 Nassar, Nassif (1964). "Le Maitre d'Ibn Khaldūn: Al-Ābilī". Studia Islamica (20): 103–114. doi:10.2307/1595044. ISSN 0585-5292. https://www.jstor.org/stable/1595044.
- ↑ Ferhat, Halima „Marinid Fez: Zenith and Signs of Decline“, . The City in the Islamic World Jayyusi: . Leiden: Brill, 2008 — 247–267-bet. ISBN 9789004162402.
- ↑ 5,0 5,1 Nassar, Nassif (1964). "Le Maitre d'Ibn Khaldūn: Al-Ābilī". Studia Islamica (20): 103–114. doi:10.2307/1595044. ISSN 0585-5292. https://www.jstor.org/stable/1595044.
- ↑ Nassar, Nassif (1964). "Le Maitre d'Ibn Khaldūn: Al-Ābilī". Studia Islamica (20): 103–114. doi:10.2307/1595044. ISSN 0585-5292. https://www.jstor.org/stable/1595044.