Al-Mustarshid
Abu Mansur al-Faḍl ibn Ahmad al-Mustazhir (arabcha: أبو منصور الفضل بن أحمد المستظهر; 1092 — 1135-yil 29-avgust) 1118-yilda 1135-yilgacha Bagʻdodda hukmronlik qilgan [[Abbosiy xalifalar roʻyxati|Abbosiy xalifa. Asosan Al-Mustarshid billoh (arabcha: المسترشد بالله) hukmdorlik nomi bilan mashhur. Oʻzidan oldin xalifalik qilgan al-Mustazhirning oʻgʻli. 1118-yilda otasidan Abbosiy xalifa lavozimi uchun vorislikni qabul qilgan.
Al-Mustarshid billoh المسترشد بالله | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalifa Amir al-moʻminin | |||||||||
Abbosiylar xalifaligining 29-xalifasi Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa | |||||||||
Saltanat | 1118-yil 6-avgust — 1135-yil 29-avgust | ||||||||
Oʻtmishdoshi | al-Mustazhir | ||||||||
Davomchisi | ar-Rashid | ||||||||
Tugʻilishi |
1092-yil aprel/may Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||||||
Vafoti |
1135-yil 29-avgust (43 yoshda) Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||||||
Turmush oʻrtogʻi |
| ||||||||
Farzandlari |
| ||||||||
| |||||||||
Sulola | Abbosiylar | ||||||||
Otasi | Al-Mustazhir | ||||||||
Onasi | Lubaba | ||||||||
Dini | Sunniylik (Islom) |
Biografiyasi
tahrirAl-Mustarshid 1092-yilda tugʻilgan. Xalifa al-Mustazhirning oʻgʻli. Onasi Lubana ismli slavyan kanizak[1]. Onasi ham Bagʻdodlik boʻlgan. Tugʻilganida otasi al-Fadl ismini qoʻygan. Toʻliq ismi Al-Fadl ibn Ahmad al-Mustazhir, kunyasi esa Abu Mansur boʻlgan. 1118-yilda otasi vafotidan keyin xalifa boʻlgan. Saljuqiylar sultoni Mahmud II Sharqda urush olib borayotgan sharoitda yanada mustaqil hukmdor boʻlishga erishgan.
Al-Mustarshid 1122-yilda oʻz vaziri Amid ad-davla Jaloliddinni lavozmidan ozod qilib, qamoqqa olgan. Shundan soʻng, Mahmud II Ahmad ibn Nizomulmulkni Mustarshidning vaziri etib tayinlagan. Keyinchalik Mahmud mazyadiylar rahbari Dubays ibn Sadaqaga qarshi kurashgan. Ahmad Bagʻdod qalʼasi devorlarini ham mustahkamlagan[2].
Oradan bir yil o‘tib Mahmud II Shamsulmulk Usmonni vazirlik lavozimidan chetlatib, qatl qildirdi. Abbosiylar xalifasi bu fursatdan foydalanib, vaziri Ahmaddan qutuladi[3]. Ahmad keyin otasi asos solgan Bagʻdoddagi Nizomiya maktabida faoliyat olib borib, u yerda umrining soʻnggi 25 yilini oʻtkazgach, 1149/1150-yilda vafot etgan[4].
1123-yilda Banu Mazyad boshlig‘i Dubays ibn Sadaqa bir lahzalik kuchsizligidan foydalanib qolishga urinib, Busroni talagandan so‘ng sultonning yosh ukasi G‘iyosiddin Mas’ud (Mas’ud nomi bilan mashhur) bilan birga Bag‘dodga hujum qildi. Biroq, Zangiy va Ahmad ibn Nizomulmulk boshliq qoʻshindan magʻlub boʻldi. Xuddi shu yili al-Mustarshid Ahamd ibn Nizomulmulkni vazir lavozimidan boʻshatgan. 1125-yilda al-Mustarshid qoʻzgʻolon koʻtargan. Vositni egallash uchun qoʻshin yuborgan, ammo Bagʻdod yaqinida magʻlubiyatga uchrab, keyingi yil oʻz saroyiga qamab qoʻyilgan[manba kerak].
Mahmud II vafot etgach, saljuqiylar davlatining gʻarbiy hududlarida fuqarolar urushi boshlangan. Zangiy xalifa va Dubays ragʻbatlantirgan baʼzi isyonchilar sabab sharqqa jalb qilindi. Zangiy kaltaklandi va qochishga majbur boʻldi. Xalifa uni Mosulgacha taʼqib qilib, uch oy davomida qamal qilsa-da, muvafaqqiyat qozona olmadi. Shunga qaramay, bu harakat xalifalik harbiy qudratini tiklashda muhim bosqich boʻldi[manba kerak].
Zangiy Suriyada harbiy harakatlarni davom ettirib, 1134-yilda Damashqni qamal qildi. Qisman dushmanning jasorati, qisman Zangiy jamoat namozlarida bir oz yon bergan xalifaning qistovi bilan bu urinishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Sharqdagi notinchliklar tufayli Zangiy al-Mustarshid vafotidan keyin salibchilarga qarshi ko‘p ish qila olmadi[manba kerak].
Damashq qamalidan ko‘p o‘tmay, al-Mustarshid 1133-yil yanvar oyida Bag‘dodda xalifaning o‘zi unvon bergan Saljuqiy sulton Mas’udga qarshi harbiy yurish boshladi. Raqib qoʻshinlar Hamadon yaqinida uchrashdi. Qoʻshinlari tashlab ketgan xalifa asir olinib, oʻz saroyini tark etmaslikka vaʼda bergani uchun afv qilindi. Xalifa xalifalik chodirida qoldirilgach, sulton yo‘qligida, Qur’on o‘qiyotgan vaqtda o‘ldirilgan holda topildi. Taxmin qilinishicha, bu ishni xalifaga nisbatan nafrati bo‘lgan hashshoshiylar vakili amalga oshirgan. Oʻsha davrning eng mashhur ikki tarixchisi Ibn al-Asir va Ibn al-Javziy bunday taxmin qilmagan boʻlsa-da, zamonaviy tarixchilar bu qotillikni Mas’ud uyushtirgan deb gumon qilishadi[manba kerak].
Al-Mustarshid koʻk koʻzli, sepkil yuzli mallasoch kishi boʻlgan[5]. Vafotidan keyin ar-Rashid merosxoʻri boʻlgan.
Oilasi
tahrirAl-Mustarshidning yagona xotini Amira Xotun boʻlib[6], u Saljuqiy sulton Ahmad Sanjarning qizi boʻlgan[7]. Ular 1124-yilda turmush qurishgan[8]. Kanizagining ismi esa Xushf boʻlgan. Ushbu kanizak iroqlik boʻlib, boʻlajak xalifa ar-Rashid billohning onasi edi[9]. Xalifaning yana bir oʻgʻli boʻlib, u 1131-yilda chechak kasalidan yigirma bir yoshida vafot etgan[10].
Vorislik masalasi
tahrirAl-Mustarshidning vorisi oʻgʻli ar-Rashid billoh boʻlib, u faqatgina bir yil, 1135-yildan 1136-yil 17-avgustda taxtdan agʻdarilguncha hukmronlik qilgan. Vorisi Bagʻdod aholisining xalifaga qarshi isyoni natijasida agʻdarilgan. Oʻgʻliga esa oʻgay ukasi al-Muqtafiy voris boʻlib, 1136-yil 17-sentyabrda taxtga oʻtirgan.
Al-Muqtafiy al-Mustazhirning suriyalik Ashin ismli kanizakdan tugʻilgan oʻgʻli boʻlgan[9].
Manbalar
tahrirSnoskalar
tahrir- ↑ Kuzenkov, P. V. „Глава 1. Иностранные матери халифов“, . Арабский и исламский мир в Средние века : от Иберийского полуострова до Средней Азии (ru). Moskov: Institute of Oriental Studies, 2021 — 18-bet.
- ↑ Bosworth 1968, s. 127.
- ↑ Bosworth 1968, s. 122.
- ↑ Bosworth 1984, ss. 642–643.
- ↑ Amin Maalouf. The Crusades Through Arab Eyes. Saqi, 15 July 2012 — 81-bet. ISBN 978-0-86356-848-0.
- ↑ Güney, Alime Okumuş (2020-12-29). Orta Asya Türk-İslâm devletlerinde evlilikler ve evlilik gelenekleri (masterThesis). Sosyal Bilimler Enstitüsü. 49-bet. Qaraldi: 2024-01-13.
- ↑ Lambton, A.K.S.. Continuity and Change in Medieval Persia, Bibliotheca Persica. Bibliotheca Persica, 1988 — 268-bet. ISBN 978-0-88706-133-2.
- ↑ „SENCER“ (tr). TDV İslam Ansiklopedisi. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
- ↑ 9,0 9,1 الدكتور, عبد القادر بوباية ،الأستاذ. الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2 ج2. Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية, 2009 — 489-bet.
- ↑ Richards, D.S.. The Chronicle of Ibn Al-Athir for the Crusading Period from Al-Kamil Fi'L-Ta'Rikh.: The Years 491-541/1097-1146 the Coming of the Franks and the Muslim Response, Crusade texts in translation. Ashgate, 2010 — 289-bet. ISBN 978-0-7546-6950-0.
Adabiyotlar
tahrir- Bosworth, C. E. „The Political and Dynastic History of the Iranian World (A.D. 1000–1217)“, . The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Saljuq and Mongol periods. Cambridge: Cambridge University Press, 1968 — 1–202-bet. ISBN 0-521-06936-X.
- Bosworth, C. Edmund (1984). "AḤMAD B. NEẒĀM-AL-MOLK". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 6. London et al.: C. Edmund Bosworth. 642–643 b. http://www.iranicaonline.org/articles/ahmad-b-nezam.
- This text is partly adapted from William Muir's public domain, The Caliphate: Its Rise, Decline, and Fall.
- Hanne, Eric. Putting the Caliph in his Place.
- اغتيال الخليفة المسترشد بالله (Wayback Machine saytida 2016-11-08 sanasida arxivlangan)