Ibn al-Asir Izzuddin Abulhasan Ali (1160, Jazirat ibn Umar, Suriya1234, Mosul) — arab tarixchisi. Iroqning Mosul va Bagʻdod sh. lari madrasalarida tahsil koʻrgan, soʻng ilm talabida Shom (Suriya) ga safar qilgan. U yerdan qaytgach, butun umrini uzlatda tarixga doir asarlar yozish bilan oʻtkazgan. Eng yirik va muhim asari — "Alkomil fittaʼrix" (Tarix boʻyicha mukammal asar") boʻlib, u 12 jilddan iborat. Unda Islom olamida insoniyat tarixining ilk davrlaridan 1230 i. gacha boʻlgan voqealar, xususan, Huroson va Movarounnahrning 12-asr va 13-asr iing 1-choragidagi tarixi yilma-yil bayon qilingan. Asarning moʻgʻullar is-tilosiga bagʻishlangan soʻnggi jildlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarning tanqidiy matni Leyden (1851-76) va Misr (1873) da nashr etilgan. Ogahiy uni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. I.al-A. "Tarix atabikat al-Mavsil" ("Mosul otabeklari tarixi"), "Usd ulgʻoba fiy maʼrifat ahvol is-sahoba" ("Sahobalar ahvolini bilish xususidagi oʻrmon sherlari yangligʻ qudratli kitob") nomli asarlar ham yaratgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil