Alain Bashung
Alain Bashung (1947-yil 1-dekabr — 2009-yil 14-mart) — fransuz qoʻshiqchisi, bir necha qoʻshiqlar muallifi va aktyor. Vatanida koʻpincha, Serge Gainsbourgdan keyin, eng mashhur fransuz rok musiqachisi sifatida eʼtirof etiladi[2].
Alain Bashung | |
---|---|
Bashung 2007-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Alain Claude Baschung 1-dekabr 1947-yil |
Vafoti |
14-mart 2009-yil (61 yoshda) Parij, Fransiya |
Janrlar | rok[1] |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1966—2009 |
Fuqaroligi | Fransiya |
Turmush oʻrtogʻi | Chloé Mons, Chantal Mironneau va Chantal Monterastelli |
Veb-sayt | alainbashung.fr |
1980-yillarning boshlarida „Gaby oh Gaby“ va „Vertige de l’amour“ kabi xit qoʻshiqlari bilan mashhur boʻlgan. 1990-yillardan boshlab, „Osez Joséphine“, „Ma petite entreprise“ va „La nuit je mens“ kabi bir nechta xit qoʻshiqlar muallifiga aylangan. Faoliyati davomida 12 ta gʻalaba bilan Victoires de la Musique tarixidagi eng koʻp mukofotlangan qoʻshiqchi boʻlib qolgan.
Hayoti
tahrirAlain Baschungning otasi jazoirlik boʻlgan, ammo Alain uni hech qachon koʻrmagan. Onasi Breton zavodda ishlagan. Bir yoshligida onasi qayta turmushga chiqqan va Baschung oʻgay ota bilan yashash uchun Strasboourg yaqinidagi Wingersheimga yuborilgan[3]. Bolaligini qishloqda, fransuz tilini bilmaydigan buvisi bilan birga oʻtkazgan[4]. Alain yoshligidan musiqa qiziqqan.
1959-yilda Parijga qaytib kelgan va buyuk sanʼatkorlarni, soʻngra, Gene Vincent, Buddy Holly va Elvis Presley kabi rok yulduzlarini oʻzi uchun kashf etgan. Oʻqish paytida (1965-yilda iqtisodiy soha boʻyicha BTS mukofotiga sazovor boʻlganidan keyin oʻqishni tark etishdan oldin), folklor musiqa kuylaydigan Les Dunces nomli guruh tuzgan[4].
Keyinchalik, Royanda uchratgan musiqachilari bilan guruh tuzgan va restoranlar, mehmonxonalar va AQSh harbiy bazalariga safar qilishni boshlagan. Oʻz faoliyatini „Pourquoi rêvez-vous des États-Unis“ nomli birinchi qoʻshigʻi bilan boshlagan. Ushbu qoʻshiqni 1966-yilda yozgan va bastalagan.
1968-yilda oʻzining birinchi „Les Romantiques“ qoʻshigʻini chiqargan. Ammo bu qoʻshiq jamoatchilik tomonidan eʼtiborsiz qoldirilib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan[5].
1972-yildan 1974-yilgacha uchta albom va uchta yakkaxon qoʻshiq yozgan. 1973-yilda Claude-Michel Schönbergning „La Revolution francaise“ musiqiy filmida Robespier rolini oʻynagan[4].
Alen Bashung 11 yil ichida kamida toʻrtta albom va oʻnta yakka qoʻshiq chiqargan. Ammo ularning hech biri muvaffaqiyatga erisha olmagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Bush, John „Alain Bashung biography“. AllMusic. Qaraldi: 2024-yil 7-noyabr.
- ↑ „Alain Bashung died Saturday early afternoon at Saint-Joseph Hospital in Paris, after a 2-year fight against a lung cancer. - purple DIARY“ (fr). Purple (2009-yil 15-mart). Qaraldi: 2024-yil 7-noyabr.
- ↑ Alain Bashung, rocker en équilibre dans Le Monde du 25 mars 2008.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Alain Bashung, sur les cimes de la chanson française dans Le Monde du 16 mars 2009
- ↑ „Alain Bashung Les romantiques“. ina.fr. Qaraldi: 2024-yil 7-noyabr.