Alan Kazbekovich Badoyev (ukraincha: Алан Казбекович Бадоєв, osetin: Бæдоаты Хъазыбеджы фырт Алан 10-yanvar 1981-yil, Beslan, Shimoliy Osetiya ASSR) — ukrainalik kinorejissyor, videoklip rejissyor va prodyuser. Mashhur rus va ukrainalik qoʻshiqchilarning videokliplarini suratga olish bilan tanilgan. Oʻzining birinchi toʻliq metrajli „Oranjevaya lyubov“ filmi (festival dasturida „OrAngeLove“) chiqqanidan keyin xalqaro mashhurlikka erishib, Kinoshok 2006 festivalida eng yaxshi rejissyor mukofotiga sazovor boʻlgan[1]. 2011-yilda sobiq rafiqasi Janna bilan birga boshlovchi sifatida ishtirok etgan „Oryol i reshka“ dasturining ilk mavsumida ishtirok etgani sababli mashhurlikka erishgan.

Alan Badoyev
Tavalludi 10-yanvar 1981-yil (1981-01-10) (43 yosh)
Beslan, Shimoliy Osetiya ASSR, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi Kinorejissyor, klipmeyker, boshlovchi, musiqiy prodyuser
Veb-sayti badoev.com

Biografiyasi

tahrir

Dastlabki yillari

tahrir

Badoyev kelib chiqishi osetin boʻlib, 1981-yil 10-yanvarda Shimoliy Osetiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Beslan shahrida tugʻilgan. Donetsk viloyati Gorlovka shahrida oʻsgan. 1998-yilda Kiyev Milliy madaniyat va sanʼat universitetining Kiyev kino va televideniye institutiga oʻqishga kirgan.

Faoliyati

tahrir

Institutda oʻqib yurganida Alan Badoyev hujjatli filmlarni suratga olishni boshlaydi, keyinchalik fimlari „Jizn dubl dva“ sikliga birlashtirildi, shuningdek qisqa metrajli filmlar „Sled 2000“, „Kolos i sternya“ va „Pyat minut ili Legendi ubitogo vremeni“ni suratga olgan. Institutni tugatgach, rejissyor klip janrida ishlay boshlaydi. Natijada uni ukrainalik prodyuser Yuriy Nikitin payqaydi. Ularning hamkorligi natijasi esa Irina Bilikning „Sneg“ qoʻshigʻiga olingan videoklip boʻlgan. Ayni paytda Alan Badoyev 250 dan ortiq videoklip suratga olgan. 2006-yilda oʻzining birinchi toʻliq metrajli „Oranjlav“ filmi chiqqandan keyin xalqaro doirada shuhrat qozonadi. Kann kinofestivalida yevropalik tanqidchilar filmnii yangi Ukraina kinosining birinchi haqiqiy filmi deb atashgan. 2009-yilda Badoyev Maks Barskixga, 2011-yilda Misha Romanovaga (Natalya Mogilenets) prodyuserlik qilgan. 2013-yildan Misha VIA Gra guruhining solisti (prodyuser Konstantin Meladze). 2015-yilda „Xochu k Meladze“ shousi ishtirokchisi Vyacheslav Basyulga proyuserlik qila boshlagan. 2010 yil boshida Alan Badoev Filipp Kirkorov, Vintaj guruhi, LAMA, Gaitana uchun qoʻshiqlarni vizualizatsiya qilishdan tashqari, Maks Barskix va Svetlana Lobodaning „YSerdse byotsya“ qoʻshma treki va ikkita yirik loyiha ustida ish boshlaydi. 2018-yilda Alan kelib chiqishi eronlik boʻlgan shved qoʻshiqchisi Arash va Helena uchun „Dooset Daram“ qoʻshigʻiga klip suratga oladi[2]. Suratga olish ishlari Ukrainadagi oʻrmonda boʻlib oʻtgan va taxminan 48 soat davom etgan[3].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Sobiq rafiqasi Janna Badoyeva (1976-yil 18-martda tugʻilgan) teleboshlovchi, aktrisa. 9 yil birga yashashgan va 2012 yil avgust oyi oʻrtalarida ajrashishgan[4][5]. Oʻgʻli Boris Kurachenko (asrab olingan), qizi Lolita Badoyeva.

Ishlari

tahrir

Televideniye

tahrir
  • Oryol i reshka“ (1, 10—11, yulduzli mavsumlari) koʻrsatuvi boshlovchisi (1-mavsumda sobiq rafiqasi Janna Badoyeva bilan birga).
  • Xochu V VIA Gru“ loyihasining bosh direktori [6].
  • „Artist“ loyihasining bosh rejissyori.
  • Xochu k Meladze“ loyihasining bosh rejissyori, prodyuseri.
  • „Porobleno v Ukraine“ koʻrsatuvi prodyuseri.

Filmografiya

tahrir

Videografiyasi

tahrir