Alan Kusov
Alan Taymurazovich Kusov (ruscha: Алан Таймуразович Кусов; 1981-yil 11-avgustda tugʻilgan) – rossiyalik sobiq futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alan Taymurazovich Kusov | ||
Tavallud sanasi | 11-avgust 1981-yil | ||
Tavallud joyi | Vladikavkaz, Rossiya SFSR | ||
Boʻyi | 1.93 m (6 ft 4 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997–1998 | FC Alania-d Vladikavkaz | 22 | (3) |
1999 | FC Iriston Vladikavkaz | 19 | (1) |
2000–2002 | FC Alania-d Vladikavkaz | 54 | (4) |
2003 | CSKA Moskva | 11 | (0) |
2003–2004 | → FC Alania Vladikavkaz (ijara) | 23 | (0) |
2005 | → FC Spartak Chelyabinsk (ijara) | 21 | (1) |
2008 | FC Zvezda Irkutsk | 2 | (0) |
2008–2009 | Standard Baku | 24 | (0) |
2009 | FC Anji Mahachqalʼa | 3 | (0) |
2010 | FC Torpedo Moskva | 13 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2001–2003 | Rossiya U-21 | 13 | (2) |
2003 | Rossiya | 1 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2019 | FC Spartak Vladikavkaz (director) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirAlan Rossiya Premyer-ligasidagi debyutini „FC Alaniya Vladikavkaz“ klubi safida 2000-yilning 18-iyunida FC Uralan Elistaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U Rossiya Premyer-ligasida 5 mavsum davomida oʻynadi va Chempionlar Ligasi saralashida CSKA Moskva klubi tarkibida maydonga tushgan.
U 2006 va 2007-yilgi mavsumlarni nomaʼlum jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan. 2008-yilning yozida u Ozarbayjonning „Standard Baku“ klubiga transfer qilingan.
2009-yilning yozida u „Anji“ jamoasiga oʻtgan va 20-avgust kuni jamoaning roʻyxatiga kiritilgan[1]. 2010-yil mart oyida Moskvaning „Torpedo“ klubi rasmiy veb-sayti Kusov bilan bir yillik shartnoma imzolanganini maʼlum qilgan[2]. 2011-yilda u Shimoliy Osetiyaga qaytib kelib, „Alaniya-D“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 24-iyun kuni shartnoma tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan bekor qilingan[3].
2019-yil 2-sentyabrda u 5 yillik tanaffusdan soʻng Vladikavkazning „Spartak“ klubi futbolchisi sifatida roʻyxatga olingan.
2020-yil fevral oyida u sport karerasini yakunlaganini eʼlon qildi. Vladikavkazning „Alaniya“sida ishlay boshladi[4].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirKusov Rossiya terma jamoasi safida 2003-yilning 13-fevralida Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Bu uning yagona terma jamoadagi oʻyini edi.
Shaxsiy hayoti
tahrirUning ukasi Artur Kusov ham professional darajada oʻynagan.
Yutuqlar
tahrir- Rossiya Premer-ligasi gʻolibi: 2003.
Manbalar
tahrir- ↑ „Официальная заявка ФК «Анжи» на сезон 2009 года“ (deadlink). 2009-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-avgust.
- ↑ Niderlandskiy sbor provedut devyatnadsat futbolistov „Torpedo“. (Wayback Machine saytida 2017-01-08 sanasida arxivlangan) // torpedo.ru
- ↑ „«Аланию-Д» покинул полузащитник Алан Кусов“. 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-iyun.
- ↑ Chempionat.ru: Gde seychas Alan Kusov
Havolalar
tahrir- Alan Kusov (Wayback Machine saytida 2020-04-30 sanasida arxivlangan) (ruscha)
- Alan Kusov National-Football-Teams.com saytida