Alan Lloyd Hodgkin (1914.5.2, Binberi, Oksfordshir, Angliya) — ingliz fiziologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1948) va prezidenti (1970—75). Kembrij universitetini tugatgan (1936). Shu universitet professor (1952-yildan), Lester universiteti rektori (1971-yildan). Asosiy ilmiy ishlari nerv hujayralari fiziologiyasi, nerv qoʻzgʻalishi va tormozlanishi mexanizmlarini oʻrganishga oid. Biopotensiallarning hosil boʻlishi hujayra membranalari orqali ionlarning oʻtkazilishi bilan bogʻliq ekanligini nazariy va eksperimental isbotlab bergan. Nerv tolalarida potensiallar taʼsiri mexanizmlarini tadqiq qilish maqsadida membranalarda potensiallarni oʻlchaydigan original usulni ishlab chiqqan. Nerv impulslari hosil boʻlishida ion gradiyentlarining ahamiyati toʻgʻrisidagi asosiy nazariya muallifi. Nobel mukofoti laureati (1963; hamkorlikda)[1].

Alan Lloyd Hodgkin

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil