Nerv impulsi
Nerv impulsi - nerv tolalari boʻylab tarqaladigan qoʻzgʻalish toʻlqinlari. Nerv hujayralari (neyronlar) qoʻzgʻalganda paydo boʻladi. Signallarni sezuvchi periferik nerv uchlari (re-septorlari)dan markaziy nerv sistemasiga va undan ijrochi aʼzolar (mus-kullar va bezlar)ga oʻtkazib beradi. Nerv impulsi asosida elektr kimyoviy reaksiyalar yotadi. Impuls oʻtkazish tezligi 0,5 dan 120 m/sek. gacha. Nerv impulsi neyrondan neyronga sinapslar orqali oʻtadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |