Alanga
"Alanga" — oylik adabiy va badiiy jurnal, 1928-30-yillarda Samarqandda nashr etilgan. Jami 32 soni chiqqan. 1-sonining adadi 5000. „Alanga“ lotin alifbosida bosilgan birinchi jurnaldir. Bir oz muddat Botu muharrirlik qilgan. Asosan, tahrir hayʼati chiqargan. Unda Mannon Romiz, Botu, Nabi Qodirov, Orif Olimjonov va boshqa boʻlgan. „Alanga“ da til-imlo masalalari yoritilgan. 1929-yildan "Qizil qalam" adabiy uyushmasining afkori (organi) vazifasini ham bajarib, adabiy-badiiy materiallar, adabiyotshunoslik va tanqidchilikka oid maqolalar ham muntazam berib borilgan. „Alanga“da Botu, Shokir Sulaymon, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Rahim Ali, Jigʻoy, Gʻayratiy, Botur, Qosimjon, Hoshim, Suboy, Toshpoʻlat Saʼdiy va boshqalarning sheʼrlari, Fitrat, Gʻozi Olim, Ye. E. Bertels, Hodi Zarif va boshqalarning ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari bosilgan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |