Albert-Viktor Iozefovich Veynik (1919-yil 3-oktyabr, Toshkent – 1996-yil 24-noyabr, Minsk) – sovet termofiziki. Belarus SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1956), texnika fanlari doktori (1953), professor (1955). U issiqlik va massa almashinuvi nazariyasi va quyma termofizikasi asoschilaridan biri sifatida tanilgan. Shuningdek, ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinmagan real jarayonlarning termodinamik nazariyasi (TRP) muallifi.

Albert Veynik
Tavalludi 3-oktyabr 1919-yil
Toshkent
Vafoti 24-noyabr 1996-yil
Minsk
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Belorussiya bayrogʻi Belarus

Tarjimai holi

tahrir

Albert-Viktor Veynik 1919-yil 3-oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Qizigʻi shundaki, uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida Viktor-Albert yozilgan, ammo umrining koʻp qismida Albert ismi koʻproq ishlatilgan. Turli davrlardagi bosma asarlarda bosh harflar „A. I.“, „A.-V. I.“, yoki „V. I.“ ishlatgan. 1992-yilda pravoslavlikni qabul qilgandan keyin Viktor nomi bilan faoliyatini davom ettirgan[1].

Oilasi

tahrir

Iozefovich 1944-yildan 1950-yilgacha Tatyana Nikolayevna Orlova bilan turmush qurgan. 1945-yil 27-iyulda ularning oʻgʻli Viktor dunyoga keldi.

1958-yilda Vera Vladimirovna Sitinaga uylandi. 1959-yil 27-iyulda ularning oʻgʻli Vitaliy va 1961-yil 1-oktyabrda Aleksandr tugʻildi. Vera ikkinchi farzandini dunyoga keltirish paytida dunyodan koʻz yumgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Veynik 1947-yilda „Qattiq jismlarni isitish va sovutish“ nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1950–1954-yillarda MATI „Aviamotorlar va issiqlik texnikasi“ kafedrasida va 1954–1957-yillarda „Qattiq jismlarni isitish va sovutish“ kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib bordi. Moskva oziq-ovqat sanoati texnologik instituti (MTIPP) fizika fakultetida professor boʻlib ishlagan.

1953-yilda N. E. Bauman nomidagi Moskva Oliy Texnika Universiteti Ilmiy Kengashida „Quyma nazariyasining issiqlik asoslari“ dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari doktori unvonini olgdi[2].

1956-yilda Belorusiya SSR Fanlar akademiyasining fizika-matematika va texnika fanlari boʻlimiga muxbir aʼzosi etib saylandi va shundan soʻng Minskka koʻchib oʻtdi[3].

Albert Veynik 1992-yilda choʻqindi, shundan soʻng moddiy va maʼnaviy olamlarning oʻzaro taʼsirini, oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga oʻtdi[4].

Umrining soʻnggi yillarida „Astronalniy plan“ va ularning bioorganizmlarni boshqarishi, yaʼni Yerning biosferasi[4] haqida kitob ustida ishladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Биография А .И. Вейника // Сайт Veinik.ru“. 2017-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  2. Veynik V. A., Serebro V. S. Vklad A. I. Veynika v razvitie texnologii litya, v sb. Materiali 4-y Vseukrainskoy nauchnoy konferensii „Aktualnie voprosi istorii texniki“, Kiev: Poligraficheskoe predpriyatie „EKMO“, 2005, str.40-43.
  3. „Член-корреспондент ВЕЙНИК Альберт-Виктор Иозефович // Официальный сайт Национальной академии наук Беларуси“. 2014-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  4. 4,0 4,1 Veynik A.-V. Pochemu ya veryu v Boga. Issledovanie proyavleniy duxovnogo mira. – Minsk: Izd-vo Belorusskaya Pravoslavnaya serkov, 2009. – 360 s. – ISBN 978-985-511-208-3