Albidella — Alismataceae oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Hozirgi vaqtda (2014 yil may) faqat bitta tur maʼlum, Albidella nymphaeifolia, ilgari Echinodorus nymphaeifolius deb nomlangan. Uning vatani Kuba va Yukatan yarim oroli (Beliz, Gvatemala, Kampeche, Kintana Roo va Yukatan shtati).[1]

Etimologiya

tahrir

Albidella — bu taksonomik anagramma boʻlib, Baldellia oilasi nomidan olingan. Oxirgi nomi italyan zodagon Bartolomea Bartoloni-Baldelli sharafiga, tur tavsifi ismidir.[2]

Tavsif

tahrir

Barglari oʻzgaruvchan; bir oʻsimlikda bir vaqtning oʻzida har xil turdagi 2-3 ta poya rivojlanishi mumkin. Suvga botgan barglari kalta petiolat, uzun, shakli lansetsimon yoki chiziqsimon, och yashil, membranasi shaffof, 15 — 25 sm uzunlikda,0,8 — 1,8 sm kenglikda, uchi oʻsimtasion tagida sezilarli qanotli petiolegacha choʻzilgan. Ularning chetlari toʻlqinsimon va jingalak, baʼzan tor parallel, boshqa safar yaproqlari yuqoriga qarab kengayadi va yuqori 1/3 qismida eng keng boʻlib, tiniq boʻladi. Suzuvchi yoki suv ustidagi barglari 25-35 sm uzunlikda, uzun bargli, yaproqlari oval yoki tuxumsimon, ular bir-biriga tegib turdigan yoki qoplagan, koʻzga tashlanadigan boʻlaklarga ega. Shu jumladan, yaproqlar va boʻlaklar n 6 — 12 sm uzunlikda, 5-8 sm kenglikda, markaziy tomirlari uzunligi odatda kengligi bilan bir xil boʻladi. Yaproqda bir-biridan qisqa masofada, uzunligi 0,2 — 0,3 mm gacha boʻlgan aniq, qisqa va uzun pellusid chiziqlar mavjud. Echinodorus berteroi ga juda oʻxshaydi. [3][4][5]

Bu tur Echinodorusdan oddiy piramida shaklida shakllangan odatdagi panikulyar inflorescence bilan sezilarli darajada farq qiladi. Gulli poyasi 40-50 sm, toʻpgulining uzunligi 12-20 sm gacha ,gullari 2-6 boʻlak boʻlib joylashadi, pastki boʻgʻimning novdalari uzunligi 2,5-4 sm ga yetadi.Eni 0,5 — 0,8 sm, keyingi boʻlaklarda aylanalar atigi 2–5 mm uzunlikda boʻladi. Gultojibargi oq.Mevasi murakkab,20 bolakdan iborat,Ularning har biri 1.4-1.6 mm uzunlik va eni 1 mm gacha yetadi [6]

Manbalar

tahrir
  1. „World Checklist of Selected Plant Families: Royal Botanic Gardens, Kew“ (en-GB). apps.kew.org. 2019-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
  2. Burkhardt, Lotte. Verzeichnis eponymischer Pflanzennamen - Erweiterte Edition. Index of Eponymic Plant Names - Extended Edition. Index de Noms éponymiques des Plantes - Édition augmentée (de). Botanic Garden and Botanical Museum Berlin, Freie Universität Berlin, 2018-06-06 — A13-bet. DOI:10.3372/epolist2018. ISBN 978-3-946292-26-5. 
  3. A., Grisebach (1866-01-01). „Catalogus plantarum cubensium exhibens collectionem Wrightianam aliasque minores ex insula Cuba missas“ (inglizcha). {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  4. „Botanische Jahrbücher für Systematik, Pflanzengeschichte und Pflanzengeographie“ (inglizcha). v.2 (1882)-jild. 1881-01-01. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  5. Garden., New York Botanical (1909-01-01). „North American flora“. North American Flora. Series 2 (inglizcha). v. 17, pt. 1 (1909)-jild. ISSN 0078-1312.
  6. Pichon, Marcel. 1946. Notulae Systematicae. Herbier du Museum National d’Histoire Naturelle de Paris, Phanérogramie, 12: 174-175