Aldegidokislotalar va ketokislotalar

Aldegidokislotalar va ketokislotalar, oksokarbon kislotalar — molekulasida karbonil (aldegid yoki keton guruhlari) va karboksil guruhlari boʻlgan organik birikmalar. Ular funksional guruhlarning molekulada oʻzaro joylashishiga qarab, a-, r4-, u- va boshqa oksokarbon kislotalarga boʻlinadi. A-Aldegidokislotaning birinchi namunasi glioksal kislota (SNOSOON) pishmagan mevalar tarkibida uchraydi. Aldegidokislotalar-ketokislotaga pirouzum kislota (SN3SOSO-ON) namuna boʻla oladi; u organizmda moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi. Aldegidokislotalar va ketokislotalar juda beqaror, ularning ichida eng ahamiyatlisi atsetosirka efirdir. Uketokislotadan penitsill kislota katta ahamiyatga ega boʻlib, Antibiotik hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil