Aleksandr Averyanov
Aleksandr Nikolayevich Averyanov (ruscha: Александр Николаевич Аверьянов; 1948-yil 1-oktyabr — 2021-yil 15-iyun) — sovet va rus professional futbolchisi va murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Nikolayevich Averyanov | ||
Tavallud sanasi | 1-oktyabr 1948-yil | ||
Tavallud joyi | Vladivostok | ||
Vafot sanasi |
15-iyun 2021-yil (72 yoshda) | ||
Boʻyi | 1.63 m[1] | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1966-1969 | Chernomorets Odessa | 9 | (0) |
1969-1971 | Sudostroitel Nikolayev | 114 | (7) |
1972 | Zvezda Tiraspol | (8) | |
1973-1974 | Sudostroitel Nikolayev | 41 | (14) |
1975 | Zarya Voroshilovgrad | 25 | (4) |
1976 | Lokomotiv Moscow | 5 | (0) |
1976 | Sudostroitel Nikolayev | 8 | (2) |
1976-1981 | Lokomotiv Moscow | 161 | (22) |
Boshqargan klublari | |||
1984 | Tekstilchi-Andijon | ||
1985 | Shahrixon | ||
1986-1987 | Paxtakor-Andijon | ||
1988 | AGMK | ||
1989-1993 | Okean Naxodka | ||
1994 | Spartak Anapa | ||
1994-1998 | Krilya Sovetov-Samara | ||
1999 | Shinnik Yaroslavl | ||
1999-2000 | Uralan Elista | ||
2000-2001 | Alania Vladikavkaz | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirKlublar
tahrirAleksandr Averyanov futbolchi sifatida oʻz faoliyatini 1966-yilda SSSR oliy ligasida „Chernomorets-Odessa“ jamoasi safida boshlagan. 1966—1967-yillarda UEFA yoshlar oʻrtasidagi koʻplab turnirlar gʻolibi boʻlgan.
„Sudostroitel“ klubi
tahrirAveryanov „Sudostroitel“ klubi safida 1969—1971, 1973—1974, 1976-yillarda uch marta maydonga tushadi. SSSR chempionatlarida futbolchi 163 ta oʻyin oʻtkazib, jami 23 ta gol urgan. 1969-yilgi SSSR kubogi chorak finalida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Lvovning „Karpati“ jamoasi bilan kechgan yarim final bahslarida uning jamoasi magʻlubiyatga uchraydi. „Sudostroitel“ klubi tarkibida 1974-yilda boʻlib oʻtgan Ukraina SSR chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi, xuddi shu musobaqaning 1971-yilgi bahslarida kumush medalni va 1973-yilgi oʻyinlarida esa bronza medallarini qoʻlga kiritadi. 1974- yilda Averyanov „Ikkinchi liga oʻyinlarining eng yaxshi 22 futbolchisi“ roʻyxatiga „oʻng qanot yarim himoyachisi“ sifatida kiritiladi.
„Lokomotiv“ klubi
tahrirAleksandr Averyanov futbolchilik faoliyati davomida, shuningdek, Moskvaning „Lokomotiv“ klubi tarkibida bir nechta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirAveryanov oʻzining murabbiylik faoliyatini O‘zbekiston SSRda boshlagan va 5 yil davomida Oʻzbekistonning turli klublarida murabbiy sifatida faoliyat koʻrsatgan.
„Okean“ klubi
tahrir1989—1993-yillarda Averyanov „Okean“ klubiga murabbiylik qilgan. Jamoa bilan birgalikda 1989-yilda RSFSR kubogini qoʻlga kiritgan, 1991-yilda esa klubni SSSR chempionatining birinchi ligasiga olib chiqqan. 1992—1993-yillarda klub Rossiya chempionatining oliy liga bahslarida munosib ishtirok etgan.
„Atirau“
tahrirAleksandr Averyanov 2006-yilda (iyul oyiga qadar) Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
„Gazovik“ klubi
tahrir2006-yil 27-iyulda Averyanov ''Gazovik" klubiga murabbiylik qilib kelayotgan Boris Sinitsyn oʻrniga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Uning qoʻl ostida jamoa uch marta (2006, 2007, 2008) Ikkinchi liga (Ural-Volga zonasi) kumush medali sohibiga aylanadi. 2008-yilda Rossiya kubogining 1/16 finaliga chiqishga erishadi, bu esa jamoaning futbol tarixidagi eng katta yutugʻi boʻlgan.
„Andijon“ klubi
tahrir2012-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etuvchi Andijonning „Andijon“ klubiga murabbiylik qiladi. U, shuningdek, bundan oldin ham ushbu jamoa safida 1984 va 1986—1987-yillarda murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2012-yilning 22-avgust kuni „Sho‘rtan“ klubidan yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng Averyanov jamoani tark etadi, biroq klubning yangi murabbiyi „Andijon“ni oliy liga bahslarida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qola olmaydi.
„Dinamo“
tahrir2009-yil 23-dekabrdan — Sankt-Peterburgning „Dinamo“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Biroq klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli Averyanov ushbu jamoada uzoq ishlamaydi va 2010-yil 15-aprelida oʻz xohishi bilan klubni tark etadi.
Yutuqlari
tahrir- SSSR chempionati oliy ligasida 178 ta oʻyinda 25 ta gol muallifi;
- 1966, 1967-yillarda yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni;
- 1975-yilgi SSSR kubogi finalchisi.
Oilasi
tahrirAveryanovning katta oʻgʻli Aleksandr Averyanov ham futbol sohasida faoliyat olib boradi. U, asosan, otasi murabbiylik qiladigan jamoalar tarkibida oʻyinlarda maydonga tushadi. Jumladan, futbolchi:
- 1986—1987-yillar — „Paxtakor“ (Andijon);
- 1988-yil iyuligacha — „Metallurg“ (Olmaliq);
- 1990—1994-yillar — „Okean“ (Naxodka);
- 1994—1998-yillar — „Sovetlar qanotlari“ (Samara) klublari safida toʻp surgan.
Kichik oʻgʻli Nikolay[2] ham futbol bilan shugʻullanadi va maydonda yarim himoyachi sifatida oʻyin olib boradi. Futbolchi otasi murabbiylik qiluvchi Orenburgning „Gazovik“, „Dinamo“ Sankt-Peterburgning „Oryol“ va „Znamya Truda“ klublarida faoliyat koʻrsatgan.
Vafoti
tahrir2010-yilda Averyanovga jigar kistasi tashxisi qoʻyiladi[3][4]. 2021-yilning 15-iyun kuni 72 yoshida vafot etadi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Аверьянов Александр Николаевич, 01.10.1948, футболист“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
- ↑ „Александр Аверьянов взял в команду младшего сына“. 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-oktyabr.
- ↑ „«Если себя убивать, всё быстро закончится». Александр Аверьянов борется за жизнь“. 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-iyul.
- ↑ „Александру Аверьянову нужна ваша помощь“. 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-iyul.
- ↑ „Умер заслуженный тренер РСФСР по футболу Александр Аверьянов“ (ru). TASS (2021-yil 15-iyun). Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |