Aleksandr Iskander
Knyaz Aleksandr Nikolayevich Iskander (1887-yil noyabr, Toshkent – 1957-yil 26-yanvar, Gras, Fransiya) Buyuk Gertsog Nikolay Konstantinovich va Nadejda Aleksandrovna Drayerning (1861–1929; Orenburg politsiyasi boshligʻi Aleksandr Gustavovich Drayer va Sofya Ivanovna Oganovskayaning qizi) kenja oʻgʻli.
Aleksandr Iskander | |
---|---|
Tavalludi |
3-noyabr 1887-yil |
Vafoti |
26-yanvar 1957-yil Gras, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Turmush oʻrtogʻi |
1. Olga Rogovskaya 2. Natalya Xanikova |
Bolalari |
Nikolay Androsov Kirill Androsov Natalya Androsova |
Otasi | Buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich |
Onasi | Nadejda Aleksandrovna Dreyer |
Tarjimai holi
tahrirAleksandr Nikolayevich 1887-yil 3-noyabr Toshkent shahrida tavallud topgan. Imperator Aleksandr litseyini tamomlagan (1911). Knyaz Aleksandr Iskander – Buyuk Gertsog Nikolay Konstantinovichning kenja oʻgʻli. Aleksandr 1915-yilda ofitser lavozimiga koʻtarilgan. Avval leytenant unvoni bilan, keyinchalik Kirasirskiy polkida ofitser boʻlib xizmat qilgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi boʻlgan.
Iskander 1918-yil aprel oyida Qrimdan (Bolsheviklar tomonidan qoʻlga olinganligi sababli Yevpatoriya shahrida Qizil Xoch kasalxonasida oʻng oyogʻining ikkala suyagi sinishi bilan ogʻir kontuziyadan tuzalib ketgan) Toshkentga qaytib keldi. Knyaz toʻrt zobit hamrohligida Qrimni qoʻltiqtayoqda, piyoda baʼzan aravada kesib oʻtdi. Nikolayev Dneprga kelib kemaga oʻtirdi va stansiyasidan poezdda Kiyevga yetib keldi. Bir necha oy oʻtgach, knyaz Iskander Moskvaga, soʻngra Petrogradga keldi va u yerdan pul va shaxsiy narsalarni olib ketishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng Turkistonga (Orenburg orqali) yoʻl oldi.
Aleksandr qaytishidan biroz oldin 14-yanvar 1918-yilda uning otasi Buyuk Gertsog Nikolay Konstantinovich Romanov vafot etdi.
Qaytib kelgach, marhum otasining uyiga joylashdi. Onasi unga sudga ishga yordam berdi va oʻn toʻrtinchi I. N. Yasklovskiy uchastkasiga sudya yordamchisi etib tayinlandi. U yerda 1919-yil yanvargacha ishlagan.
1919-yil 19-yanvarda Toshkentda qoʻzgʻolon koʻtarildi[1]. Knyaz Aleksandr Iskandar 1919-yil yanvar oyida bolsheviklarga qarshi qurolli qoʻzgʻolonda rota komandiri sifatida qatnashgan. Qoʻzgʻolon bartaraf etilgandan soʻng, 101 kishidan iborat Toshkent ofitser partizan otryadini tuzishni tashkil qildi.
Aleksandr Nikolayevich Iskandar 1957-yil 26-yanvarda Gras shahrida (Alpes-Maririmes) vafot etdi[2].
Oilasi
tahrirKnyaz 1912-yilda Olga Iosifovna Rogovskaya bilan (1893–1962) turmush qurgan. Ular avval Rossiyada, keyinchalik SSSRda istiqomat qilishgan. Olganing farzandlari ikkinchi eri N. N. Androsovning familiyasi va ismini oldilar:
Oʻgʻli – Kirill Nikolayevich Androsov (knyaz K. A. Iskander) (1914–1992);
Qizi – Natalya Nikolayevna Androsova (Knyaz N. A. Iskander) (1917–1999) SSSRda, keyin Rossiya Federatsiyasida yashagan. Romanovlarning avlodidagi soʻnggi ayol vakili.
Aleksandr Nikolayevich 1930-yilda Parijda ikkinchi marta Natalya Konstantinovna Xanikovaga (1893–1982) uylangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Эти и последующие события достаточно подробно описаны в мемуарах Александра Николаевича «Небесный поход», впервые опубликованных в «Военно-Историческом вестнике» , № 9, 1957 г. (Русский зарубежный военно-исторический журнал, посвящённый главным образом истории русской армии, а также 1-й мировой и Гражданской войн). В предисловии редакции «Военно-Исторического вестника» указывалось, что автор ведет рассказ от имени вымышленного лица — штабс-ротмистра М. М. Зернова, чтобы спасти свою семью от преследований советской власти.
- ↑ Пчелов Е. В. Романовы. История династии. — M.: ОЛМА-ПРЕСС, 2004. — С. 291.