Aleksandr Karsev
Aleksandr Karsev Vasilevich (1901-yil, Stalingrad — ?) — Fargʻonada harbiy kurslar partbyurosi kotibi, Namangan shahridagi partiya komitetining plenum byurosi aʼzosi, Andijon okrugi partiya komiteti plenumi aʼzosi. Millati rus, maʼlumoti oʻrta. 1918-yilda partiyaga aʼzo boʻlgan, 1912—1917-yillarda Stalingraddagi tijorat bilim yurtini, 1923—1925-yillarda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo kommunistik unverisitetini tamomlagan.
Aleksandr Karsev | |
---|---|
Aleksandr Karsev Vasilevich | |
Tavalludi |
1901-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Oʻrta Osiyo kommunistik unverisiteti |
Faoliyat yillari | 1918—1938 |
Mukofotlari |
Faoliyati
tahrir1901-yilda Stalingrad shahridagi ishchi oilasida tugʻilgan Otasi Stalingraddagi fransuzlarning „Dyumo“ zavodida slesar, mashinist boʻlib ishlagan. Keyinchalik neft sindikati zavodida faoliyat yuritgan.
1918-yili Karisindagi 2-sovet polkida harbiy xizmatni oʻtagan. 1919-yilda janubiy frontdagi 16-otliq diviziyada otliq komissar, 1920-yilida esa maxsus boʻlim komendanti boʻlib xizmat qilgan. Budyoniyning otliq korpusidagi 6-otliq diviziyasida, Rossiyaga chet el intervensiyasi davrida Krasnov, Denikinga qarshi janglarda qatnashgan. XX asrning 20-yillarida Buxoroda bosmachilik harakati kuchayib ketadi. Turkiyadan Anvar poshoning Turkistonga kelishi va sovetlarga qarshi kurashi avj olgan paytda qizil armiya Buxoroga otliq qismlarni safarbar qiladi. Shunda Aleksandr Karsev ham Buxoroga otliq qoʻshinlar tarkibida keladi. 1921—1926-yillarda Turkiston fronti 15-otliq polk, 8-boʻlimda eskadron komandiri boʻlib faoliyat yuritadi. 1926—1927 yillarda Fargʻonaga kelib, shahar partiya komiteti targʻibot-tashviqot boʻlimi mudiri oʻrinbosari boʻladi. Namanganda shahar partiya komiteti tashkiliy boʻlim mudiri oʻrinbosari sifatida ishlaydi. 1931—1932-yillarda Samarqandda „Pravda“ gazetasi muharriri yordamchisi vazifalarida ishlagan. 1932-yilda „Pravda vostoka“ gazetasi muharrir oʻrinbosari, 1934-yil VKP (b) Markaziy komiteti Oʻrta Osiyo byurosi, 1934-yil 16-iyulidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat-targʻibot boʻlimi mudiri oʻrinbosari boʻlgan. 1935-yil 16-iyulidan shu yerda matbuot, targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri lavozimlarida mehnat qilgan[1].
Fargʻonada harbiy kurslar partbyurosi kotibi boʻlgan. Namangan shahar partiya komitetining plenum byurosi aʼzoligiga tayinlangan. Andijon okrug partiya komiteti plenum aʼzosi, Stalinobodda Tojikiston Kompartiyasi Markaziy komiteti plenum va byuro aʼzosi etib saylangan. Oʻzbek tilida yaxshi bilgan, erkin oʻqib yoza olgan.
Buxoro respublikasining „Qizil bayroq“ ordeni, SSSR Harbiy revolutsion sovetining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil oktyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan yigʻilishida Karsev Aleksandr Vasilevich 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan[2]. Keyinnchalik reabilitatsiya qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Rustambek Shamsiddinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. Toshkent, „Sharq“ 2012 — 259-bet. ISBN 9789943004818.
- ↑ Bahrom Irzayev. Katta qirg'inning kelib chiqishi arafasidagi sharoit. Toshkent „Fan“ nashriyoti 2014 — 160-bet. ISBN 978-9943-19-284-3.