Aleksandr Liberman
Aleksandr Yevgeniyevich Liberman (1954-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik tadbirkor, „Saratov birlashgan shisha zavodlari“ kompaniyalar guruhi prezidenti (2004–2010), muhtojlarga xayr-ehson qilgan[1].
Aleksandr Yevgenyevich Liberman | |
---|---|
Tavalludi |
11-yanvar 1954-yil |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | tadbirkor |
Biografiyasi
tahrirLiberman 1954-yil 11-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan.
Aleksandr 1975-yilda „Saratovstroysteklo“ korxonasiga usta boʻlib ishga kirgan va 1997-yilda shu korxonaga bosh direktori lavozimiga saylangan.
Liberman 2000-yildan 2004-yilgacha „Saratovstroysteklo“ OAJ bosh direktori[2] va „Saratovstroysteklo“ OAJ direktorlar kengashi raisi boʻlib faoliyat yuritgan.
Aleksandr Liberman 2004–2010-yillar oraligʻida United Glass Factories kompaniyalar guruhi prezidenti lavozimida ishlagan[3] va kristal ishlab chiqarishni saqlab qolish shaxsan Libermanga topshirilgan. Rossiya prezidenti Boris Yeltsin Saratovga tashrif buyurganida „Saratovsteklo“da yasalgan billur toj kiydirilgan[4].
Aleksandr Yevgeniyevich 2010-yildan hozirgi kungacha Ulyanovsk viloyati „Kvarts“ OAJ direktorlar kengashi raisi boʻlib faoliyat olib kelmoqda.
„Saratov viloyati ishlab chiqaruvchilar va ish beruvchilar ittifoqi“ NNT kengashi aʼzosi boʻlgan.
Liberman 2007-yilda Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun „Shisha sanoati korxonalarida biznes jarayonlarini qayta qurish va takomillashtirish: metodologiya va qoʻllash tajribasi“ nomli dissertatsiya himoya qilgan[5]. U 18 ta ilmiy maqolalar muallifi.
1998-yilda „Blagotvoritel Saratovskoy oblasti“ faxriy unvoniga va „Shon-sharaf“ ordeniga[6] sazovor boʻlgan.
Aleksandr 2002-yilda „Umumrossiya aholi roʻyxatini oʻtkazishdagi xizmatlari uchun“ medali[7], 2003-yilda Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan quruvchisi[8] faxriy unvoni va YuNESKOning „Besh qitʼa“ faxriy medali bilan taqdirlangan.
Iqtisodiyot fanlari doktori Liberman Solomon Mixoyels xalqaro madaniyat markazi vasiylik kengashi aʼzosi boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Неравнодушные“. 2018-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
- ↑ AO „Saratovsteklo“ (tri zavoda: po proizvodstvu listovogo stekla, tovarov narodnogo potrebleniya, po promishlennoy pererabotke stekla i 14 filialov zavoda v Rossii).
- ↑ Gruppa kompaniy „Obʼedinennie stekolnie zavodi“. Razmer ustavnogo kapitala – 302,3 mln rubley. Moщnost proizvodstva – 1150 tonn v sutki. Krupneyshie aksioneri kompanii: zaregistrirovannaya na Kipre „Alfa Kepital Xoldingz ltd“ (37,5%) i predsedatel soveta direktorov Aleksandr Liberman (28,15%).
- ↑ Саратовская элита: стеклянный, алкогольный, деревянный.
- ↑ Автореферат диссертации на степень д.э.н.
- ↑ Ukaz Prezidenta RF № 621 ot 31.05.1998 goda.
- ↑ Ukaz Prezidenta RF № 1151 ot 14.10.2002 goda.
- ↑ Ukaz Prezidenta RF № 749 ot 08.07.2003 goda.