Aleksandr Xarlov
Aleksandr Borisovich Xarlov (tugʻ. 1958-yil 18-mart, Toshkent, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) — sovetlik va oʻzbeklik yengil atletika sportchi, 400 metrga toʻsiqlar bilan yugurish. Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 1980-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi.
Aleksandr Xarlov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Aleksandr Borisovich Xarlov |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
18-mart 1958-yil Toshkent, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi |
Sport | |
Qaysi sport | yengil atletika |
Murabbiy(lar)i | Vladimir Brustinov |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yengil atletika bo'yicha Jahon chempionati | ||
Bronza | Helsinki 1983 | 400 m/t |
Universiada | ||
Oltin | Edmonton 1983 | 400 m/t |
Faoliyati
tahrirU 1971-yilda murabbiy Vladimir Isaevich Brustinov bilan yengil atletika, bilan shugʻullana boshlagan u 110 metr boʻyicha ixtisoslashgan. U SSSR terma jamoasidagi debyutini 1975- yilda Xarkovda (Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi) oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan SSSR — GDR oʻyinida oʻtkazgan va 14,5 soniya hisobida gʻalaba qozongan. U birinchi marta 1976-yilda Oʻzbekiston kengashi „Burevestnik“ KSJ birinchiligi musobaqalarida 14,0 natija koʻrsatib, sport ustasi meʼyorini bajargan.
1977-yil 20-avgustda Donetskda (USSR) oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati finalida 14.40 soniya (yarim finalda 14.18) natijani koʻrsatib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 1978-yilda Gavanada (Kuba) boʻlib oʻtgan Jahon yoshlar va talabalar festivalida qatnashib, 14,15 soniya bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. 1979-yilda SSSR terma jamoasida Belarusda xizmat koʻrsatgan murabbiy Anatoliy Yulin bilan shugʻullana boshladi va ixtisosligini 400 metrga toʻsiqlar bilan yugurish oʻzgartirdi[1].
1980-yilda u Moskvada (RSFSR) boʻlib oʻtgan Yozgi olimpiada oʻyinlarida qatnashadi va 50,79 soniya bilan yarim finalga chiqadi, u yerda 50,64 soniya bilan beshinchi oʻrinni egallaydi va finalga yugurishiga chiqmaydi[2].
1982-yilda OʻzDJTIni murabbiy-oʻqituvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Oʻsha yilning sentyabr oyida u Afinada (Gretsiya) boʻlib oʻtgan yengil atletika Yevropa chempionatida ishtirok etadi va 49,56 soniya bilan oltinchi oʻrinni egallaydi.
1983-yil 20-iyun kuni Moskvada boʻlib oʻtgan SSSR xalqlarining VIII Yozgi Spartakiadasida Oʻzbekistonning hali yangilanmagan yangi rekordi — 48,78 soniya bilan xalqaro toifadagi sport ustasi meʼyorini bajarib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili, 9-iyul kunida Edmontonda (Kanada) u 49,41 soniya bilan Yozgi Universiadasida chempion boʻldi va 9-avgust kunida Helsinkida (Finlandiya) boʻlib oʻtgan birinchi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[3]. 49,03 soniya vaqt bilan va Jahon chempionati sovrindori boʻlgan birinchi oʻzbekistonlik sportchiga aylandi. U 400 metr masofadagi barcha toʻsiqlarni oʻn uch qadamda bosib oʻtgan Edvin Mozesdan keyingi ikkinchi sportchidir[1].