Aleksandr Yakovlevich Yurovskiy (1921–2003) – kinodramaturg, Moskva davlat universitetining jurnalistika fakulteti professori, SSSRdagi telejurnalistika boʻyicha birinchi darslik muallifi.

Aleksandr Yurovskiy
Tavalludi 21-sentyabr 1921-yil
Vafoti 5-noyabr 2003-yil
Moskva, Rossiya Federatsiyasi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi pedagog, fan doktori

Biografiyasi

tahrir

Aleksandr Yakovlevich 1921-yil 21-sentabrda Toshkentda (Oʻzbekiston) yahudiy oilasida tavallud topgan.

Yurovskiy 1926-yilda Leningradga, bir necha yil oʻtgach esa Moskvaga ishga oʻtkazilgan. U 313-sonli maktabda oʻqiyotganda teatrga mehr qoʻygan va Markaziy Pionerlar uyi qoshidagi Bolalar ijodiyoti teatrining studiyasida tahsil olgan[1].

Aleksandr 1939-yilda oʻrta maktabni tugatgach, Bauman nomidagi Moskva oliy texnika maktabiga oʻqishga kirdi. Birinchi yilidanoq armiyaga chaqirilib, Kavkazorti chegara qoʻshinlari safida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan Kavkazorti fronti qoʻshinlarida jang qilgan. Kichik serjant unvoni bilan Qrim fronti 12-maxsus otishma brigadasi instruktorining oʻrinbosari sifatida jang qilgan va yengil yaralangan. Aleksandr 1942-yil bahorida Kerch yarim oroliga qoʻnish paytida ogʻir yaralangan va shu sababli nogiron boʻlib qolgan[2]. Hurmat belgisi va Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan.

Jurnalist

tahrir

1947-yildan „Ogonyok“, „Rabotnitsa“ va boshqa jurnallarda Yurovskiyning ocherk va maqolalari chop etilgan. 1948-yilda universitetni tugatgach, „Ogonyok“ jurnaliga adabiy xodim boʻlib ishga qabul qilindi. U yerda shoira va publitsist Galina Shergova[3] bilan uchrashdi. Shoira oʻzining adabiy qobiliyati va qomusiy bilimi bilan Aleksandrni hayratda qoldirib, uning asarlarini tahrir qildi. Aleksandr 1951-yilda „Ogonyok“ jurnalidan haydalgan.

Stalinning oʻlimidan soʻng rejissyor V. N. Sharoyeva1954-yilda Yurovskiyni Markaziy televidenie studiyasiga ishlashga taklif qildi.

Ssenariy muallifi

tahrir

Aleksandr Yakovlevich 1950-yillar oʻrtalarida E. Mednikova bilan birga, ssenariy yozish va rus tiliga tarjima qilish bilan shugʻullangan. Ular butun mamlakat boʻylab amerikalik va ingliz pyesalarini sahnalashtirishgan. Ulardan eng mashhuri F. Nottning „Telefonniy zvonok“ sahnasi boʻlib, keyinchalik „Oshibka Toni Vendisa“ filmining ssenariysi uchun asos boʻlib xizmat qilgan.

1961-yilda Aleksandrning ssenariysi asosida mashhur „Aliye parusa“ filmi suratga olindi. Aleksandr Yakovlevich „Mosfilm“ qoshidagi „Telefilm“ uyushmasi badiiy kengashiga aʼzo boʻlgan[4].

Sanʼatda

tahrir

Yuriy Vizborning „A jizni u nas vishla takaya…“ [5] qoʻshigʻi Aleksandr Yurovskiy va Galina Shergovaga bagʻishlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Профессора, преподаватели и научные сотрудники факультета журналистики Московского университета. Биографический словарь, Факультет журналистики МГУ., Москва: Издательство МГУ, 2012. — 200-bet. 
  2. „Заслуженные профессора Московского университета | Letopis Moskovskogo universiteta“. letopis.msu.ru. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  3. Галина Шергова. «А больше – ничего...». Александр Юровский, сетевой альманах "Заметки по еврейской истории", Москва, 2005. 
  4. Эфир Отечества. Создатели и звезды отечественного телевидения о себе и своей работе. Сборник интервью. Книга первая / Составитель В. Т. Третьяков. М.: Алгоритм, 2010 — 311—320-bet. ISBN 978-5-9265-0741-3. 
  5. Galine Shergovoy