Aleksey Jitnik

Ukrainalik professional xokkeychi

Aleksey Jitnik (ukraincha: Олексій Миколайович Житник, ruscha: Алексей Николаевич Житник; 1972-yil 10-oktyabrda tugʻilgan[1][2]) — ukrainalik sobiq professional xokkeychi. Himoyachi. Jitnik Milliy xokkey ligasida (NHL) boshqa SSSR himoyachilarga qaraganda koʻproq oʻyin oʻtkazgan (1,085). Xalqaro miqyosda Sovet Ittifoqi, MDH va Rossiya sharafini himoya qilgan; Ukraina safida ikkita NHL All-Star oʻyinlarida qatnashgan. Uning 13-raqamli futbolkasi Sokil Kiyev klubida qadrlanadi.

Aleksey Jitnik
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1972-yil (1972-10-10) (52 yosh)
Kiyev, USSR, SSSR
Faoliyat yillari 1989 — 2010
Sport
Qaysi sport Xokkey
Pozitsiyasi Himoyachi

Faoliyati

tahrir

Jitnik ikki yil davomida SSSR chempionatida Sokil Kiyev safida oʻynaganidan soʻng, 1991-yilgi NHL kirish loyihasi Los Angeles King klubi safida istirok etgan. Umumiy hisobda 81-oʻrinni egallagan. Bir yildan soʻng 1992-1993-yilgi mavsumda NHLda ishtirok etgan.

Jitnik NHLdagi debyutini 1992-yil 6-oktyabrda Calgary Flamesga qarshi oʻtkazgan. Debyut golini ham mazkur jamoa darvozasiga kiritgan. Yangi mavsumda Kings tarkibida umumiy 48 ochko toʻplashga muvaffaq boʻlgan va jamoaga yangi kelib qoʻshilgan himoyachilar orasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Aleksey Jitnik Stenli kubogi finaligacha yetib borgan Los Angeles Kings klubida muhim xokkeychilaridan biri boʻlgan. Kings Stenli kubogi finalida Montreal Canadiens klubiga imkoniyatni boy bergan.

1995-yil 14-fvralda Los Angeles Kings jamoasi Jitnik, Wayne Gretzky va Robb Stauberlarni Buffalo Sabers klubi xokkeychilari: Grant Fuhr, Denis Sigurov va Philippe Boucher bilan almashtirishga qaror qilgan. Aleksey Sabers jamoasining muhim oʻyinchilaridan biriga aylangan va klubga NHLning 1996—97-yilgi mavsumida Shimoli-sharqiy divizionda gʻalaba qozonishda katta yordam bergan[3]. Sabers safida 1998—99-yilgi NHL mavsumida finalga qadar yetib borgan. 2005-yilda Rossiya Superligasiga qaytgan.

2004—2005-yilgi mavsumdagi lokautdan soʻng „New York Islanders“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. 18 oʻyinni oʻtkazib yuborganiga raqamasdan jamoadagi himoyachilar orasida gollar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan va eng sermahsul xokkeychilardan biriga aylangan.

Manbalar

tahrir