Aleksey Shchusev

Anvarbek Dilshodovich Shukurjonov 1999.11.08

Aleksey Viktorovich Shchusev (1873-yil 8-oktyabr, Kishinyov – 1949-yil 24-may, Moskva] – rus meʼmori, akademik (1943). Imperator Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1908), SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1943), toʻrt karra Stalin mukofoti laureati (1940, 1946, 1948, 1952). Shchusev rus va sovet meʼmorchiligining uchta davrida – inqilobdan oldingi neorus uslubida, 1920-yillardagi konstruktivizmda va 1930—1940-yillardagi Stalinistik meʼmorchilikda teng darajada muvaffaqiyatga erishgan yagona meʼmor hisoblanadi.

Aleksey Viktorovich Shchusev
Tavalludi 8-oktyabr 1873-yil
Kishinyov
Vafoti 24-may 1949-yil(1949-05-24)
(75 yoshda)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi arxitektor
Ish joylari Toshkent
Taʼlimi Imperator Badiiy Akademiyasi qoshidagi Oliy rassomlik maktabi
Mashhur ishlari Navoiy teatri

Hayoti

tahrir
 
Aleksey Shchusev oilasi, 1875-yillar atrofi[1]
 
Navoiy teatri binosi

Aleksey Shchusev Kishinyovda nafaqadagi zemstvo amaldori Viktor Petrovich (1824—1889) va Mariya Korneyevna Shchusev oilasida tugʻilgan[2]. Ota va onasi Aleksey oʻn besh yoshida vafot etadi. Qarindoshlari va zemstvo yordami tufayli Aleksey va uning ukasi Pavel oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatib, Sankt-Peterburgda oʻqishni davom ettirishga muvaffaq boʻlishdi. Toʻrt aka-uka Shchusevlar va ularning otasining birinchi nikohidan boʻlgan singlisi oliy maʼlumotga ega boʻlishdi. Pyotr (1871—1934) Afrikada shifokor va tadqiqotchi boʻldi, Pavel (1880—1957) qurilish muhandisi, Alekseyning Moskva koʻpriklarini loyihalash boʻyicha yordamchisi va vafotidan keyin uning arxivining saqlovchisi boʻldi. Peterburg Badiiyot akadimyasi da taʼlim olgan (1891—1897). Kishinyov zemstvosidan yiliga 300 rubl miqdorida stipendiya oldi. Oʻqishning dastlabki uch yilida Shchusev G.I.Kotov , I.E.Repin va A.I.Kuindji sinflarida arxitektura va rassomlik kurslarida qatnashdi. Kotov koʻp yillar davomida Shchusevning ustozi boʻldi. 1895-yilda Shchusev Veselovskiy arxeologik ekspeditsiyasi bilan Oʻrta Osiyoga bordi. 1896-yilda Rostov, Kostroma va Yaroslavl qadimiy yodgorliklarini, Avstriya-Vengriya va Ruminiyaning Yevropa arxitekturasini oʻrgangan. Shchusev faoliyatida rus meʼmorligi anʼanalariga va neoklassitsizmga murojaat etib, oʻziga xos meʼmorlik uslubi yaratishga intilgan (masalan, Moskvadagi Qozon vokzali majmui, 1914-yilda boshlanib – 1941-yilda tugallangan).

1900-yillar boshida Shchusev, cherkov meʼmorchiligiga qoʻl urdi. Anʼanaviy tarixshunoslikdan Art Nouveau va rus uslubining motivlarini birlashtirgan oʻzining proto-modernistik badiiy uslubini yaratdi. 19181925-yillarda „Yangi Moskva“ loyihasi meʼmori, 19261929-yillarda Tretyakov galereyasi direktori boʻlgan. 1925-yilda Shchusev birinchi rejaning uchta arxitektura tanlovida ishtirok etdi. Bular Xarkovdagi Gosprom loyihalari va Moskvadagi Markaziy Telegraf va Davlat banki binolari loyihalari edi. Uchta loyiha ham ochiqdan-ochiq konstruktivist edi va uchtasi ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shchusevning birinchi qurgan modernistik binolari Matsestadagi sanatoriy va Bryusov koʻchasidagi Moskva badiiy teatri rassomlari uchun turar-joy binosi hisoblanadi. Eng yirik loyihasi Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligi binosi 1928—1929-yillarda A.Z.Grinberg va Shchusev tomonidan ishlab chiqilgan va 1933-yilda yakunlangan. 1940—1947-yillarda Toshkentda uning loyasi asosida Navoiy teatri qurib bitkazildi[3].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir