Alfredo Stefano Di Stéfano Laulhé [2] (1926-yil 4-iyul — 2014-yil 7-iyul) Argentinada tugʻilgan. Professional futbolchi va murabbiy boʻlib, hujumchi sifatida yorqin oʻyin koʻrsatgan, barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri hisoblanadi. „Saeta rubia“ („Sariq oʻq“) laqabi bilan[3][4][5] u "Real Madrid" da koʻplab yutuqlar yutgan, u klubning 1950-yillardag Yevropa kubogi va La Ligadagi hukmronligida muhim rol oʻynagan. Fransisko Gento va Xose Mariya Zarraga bilan birga u beshta finalning har birida gol urgan beshta gʻalabaning barchasida ishtirok etgan. Di Stefano Madridga koʻchib oʻtgandan keyin asosan Ispaniya terma jamoasida futbol oʻynagan, ammo Argentina va Kolumbiya terma jamoalarida ham oʻynagan.

Alfredo Di Stéfano
1959-yilda Di Stefano "Real Madrid" tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alfredo Stéfano Di Stéfano Laulhé[1]
Tavallud sanasi 4-iyul 1926-yil
Tavallud joyi Buenos Aires, Argentina
Vafot sanasi 7-iyul 2014-yil(2014-07-07)
(88 yoshda)
Vafot joyi Madrid, Ispaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Hujumkor yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1940-1943 Unión Progresista
1944-1945 River Plate
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1945-1949 River Plate 66 (49)
1945-1946Huracán (loan) 25 (10)
1949-1953 Millonarios 101 (90)
1953-1964 Real Madrid 282 (216)
1964-1966 Espanyol 47 (11)
Milliy terma jamoa
1947 Argentina 6 (6)
1949 Kolumbiya 4 (0)
1957-1962 Ispaniya 31 (23)
Boshqargan klublari
1967-1968 Elche
1969-1970 Boca Juniors
1970-1974 Valencia
1974 Sporting CP
1975-1976 Rayo Vallecano
1976-1977 Castellón
1979-1980 Valencia
1981-1982 River Plate
1982-1984 Real Madrid
1985 Boca Juniors
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Di Stefano oʻzining professional faoliyatini 1943-yilda Argentinaning " River Pleyt " klubida 17-yoshida boshlagan. 1946-yilgi mavsumda u „Atletiko Huracan“ klubiga ijaraga berildi, ammo 1947-yilda „River“ga qaytdi. 1949-yilda Argentinadagi futbolchilarning ish tashlashi tufayli Di Stefano Kolumbiya chempionatining Bogotaning " Millonarios " jamoasiga yoʻl oladi.[6] U Argentina va Kolumbiyadagi faoliyatining dastlabki 12 yilida oltita chempionlikni qo‘lga kiritdi.[7][8] Real Madrid bilan shartnoma imzolaganidan soʻng u barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan birining ajralmas qismi boʻldi. Di Stefano „Real“ safida maydonga tushib 282 oʻyinda 216 ta gol urdi (oʻsha paytdagi klub rekordi, Raul va Krishtianu Ronaldudan oʻzib ketgan edi), klubda u Ferens Pushkash bilan muvaffaqiyatli juftlik sifatida ajoyib oʻyinlar koʻrsatdi. Di Stefanoning 58 oʻyinda 49 ta gol urib evrokuboklar tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Oradan ancha yillar oʻtib 2005-yil „Real Madrid“ futbolchisi Raul ushbu rekordni ortda qoldirdi. Di Stefano 1956-1960 yillar oraligʻida „Real Madrid“ safida ketma-ket beshta evrokubok finallarida gol urgan boʻlib, shu jumladan oxirgisida xet-trik . Di Stefanoning klubdagi faoliyatining eng yorqin voqea 1960-yilda Hampden Parkda boʻlib oʻtgan Yevropa kubogi finalida Frankfurtning „Ayntraxt“ ustidan 7:3 hisobidagi gʻalabasi boʻlgan, ushbu oʻyini koʻpchilik muhlislar bevosita kuzatib borib Evrokubog finallaridagi eng yorqin deb esda saqlab qolishgan.[6] U 1964-yilda " Espanyol "ga koʻchib oʻtdi va u yerda 40 yoshga chiqqunga qadar oʻynadi.[8]

Real Madriddagi faoliyati

tahrir

Di Stefano 11 yil davomida „Real Madrid“ safida toʻp surdi va shu yillar oraligʻida 8 marta Ispaniya chempioni, 1 marta Ispaniya kubogi, 2 marta Lotin kubogi, 5 marta ketma-ket Chempionlar kubogi (barcha finallarda urgan), 1 marta Qitʼalararo kubok, bir nechta shaxsiy unvonlar, shu jumladan 5 marta liga toʻpurari boʻldi. U 510 ta oʻyinda 418 ta gol urdi, shundan 396 ta rasmiy oʻyinda, 308 ta gol (Chempionlar kubogidagi 59 ta oʻyinda 49 ta gol) klub tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi, bir necha oʻn yillar oʻtib, Raul bu rekorddan oʻtib ketdi va soʻng Krishtianu Ronaldu tomonidan bu rekord qayt etildi.

Oʻyin uslubi

tahrir

Juda kuchli oʻyinchi sifatida qaralgan. Di Stefano kuchli, tezkor, mohir va sermahsul gol muallifi boʻlib, ajoyib chidamlilik, taktik jihatdan koʻp qirrali, kreativ va koʻrish qobiliyatiga ega, maydonning deyarli istalgan joyida oʻynay olagan.[9][10][11]

Shaxsiy hayoti

tahrir

Di Stefano 1950-yilda Sara Freitesga uylandi; ularning olti farzandi bor edi: Alfredo, Ignasio, Sofiya, Silvana, Xelena va Nanetta. Sara 2005-yilda vafot etdi [12] 2013 yilda Di Stefanoning farzandlari undan 50 yosh kichik boʻlgan Kosta-Rikalik kotibi Jina Gonsales bilan rejalashtirilgan nikoh toʻyining oldini olish uchun uni va uning mol-mulkini vasiylikka olishdi.[13]

 
Monako knyazligining dengiz boʻyida joylashgan „Chempionlar yurishi“da Di Stefanoning " Oltin oyoq " mukofoti.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Boka Xuniors

  • Primera divizioni : 1969 yil
  • Argentina kubogi : 1969 yil

River Pleyt

  • Torneo Nacional: 1981 yil

Valensiya

  • La Liga : 1970-71
  • Yevropa kubogi gʻoliblari kubogi : 1979-80
  • Segunda divizioni : 1986-87

Real Madrid

Rekordlari

tahrir
  • Yevropa kubogi finallarida eng koʻp gol urgan futbolchi: beshta [14]
  • Ketma-ket yevrokuboklarning eng ko‘p finalida gol urgan: beshta
  • Evrokuboklar finallarida urilgan eng koʻp gol: 7ta (Ferents Pushkash bilan birga)
  • Super Oltin toʻpga sazovor boʻlgan yagona futbolchi [15]

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „di Stéfano Profile“ (es). Yahoo! Deportes España. 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-mart.
  2. „Di Stéfano Profile“ (es). Realmadrid.com. 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „The birth of the Saeta Rubia“ (es). Clarin (2005-yil 16-iyul). 2008-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-dekabr.
  4. „Saeta Rubia (Movie)“. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-dekabr.
  5. „Alfredo di Stéfano was one of football's greatest trailblazers“. The Guardian (2014-yil 7-iyul). 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.
  6. 6,0 6,1 „Alfredo Di Stéfano, Soccer Great, Dies at 88“. NY Times (2014-yil 7-iyul). 2020-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.
  7. „Alfredo Di Stefano: Real Madrid legend dies at the age of 88“. BBC (2014-yil 7-iyul). 2014-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.
  8. 8,0 8,1 „Alfredo Di Stefano, celebrated soccer player, dies at 88“. The Washington Post (2014-yil 7-iyul). 2021-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.
  9. „Alfred Di Stefano“. International Football Hall of Fame. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-sentyabr.
  10. Paolo Corlo. „Addio a Di Stefano, leggenda del Real e del calcio mondiale“ (it). Panorama (2014-yil 7-iyul). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-sentyabr.
  11. „Maradona? Di testa segnava solo di mano...“ (it). La Repubblica (2009-yil 17-sentyabr). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-sentyabr.
  12. Couzens, Gerard. „Soccer great, 86, to wed secretary, aged 36“. The Irish Independent (2013-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  13. Galaz, Mábel. „Di Stéfano's children win custody over their soccer legend father“. El País (2013-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  14. „Archived copy“. 2011-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  15. „Tal día como hoy, Di Stéfano ganó el Súper Balón de Oro - Real Madrid CF“. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.