UEFA Chempionlar Ligasi

Yevropa futbol assotsatsiyasi turniri

UEFA chempionlar ligasi (inglizcha: UEFA Champions League) — UEFA tasarrufi ostida har yili oʻtadigan Yevropadagi eng nufuzli klublararo turnir[1].

UEFA Champions League
Oʻtkazuvchi tashkilot UEFA
Tashkil etilgan 1955 (69 yil avval) (1955)
(Liga yangilangan yil - 1992)
Eng koʻp marta chempion Ispaniya Real Madrid
(14 titles)
Veb-sayt uefa.com/uefachampionsleague
Joriy mavsum: 2022–23 UEFA Champions League

Musobaqaning birinchi oʻtgan 1955/56 mavsumdan 1990/91 mavsumgacha nomi Yevropa chempioni kubogi boʻlgan. 1991/92 mavsumda esa musobaqa „Amstel chempionlar ligasi“ nomini oldi va guruh musobaqasidagi play-off tizimidan voz kechgan holda oʻz formatini oʻzgartirdi[2]. Bu birinchi Chempionlar ligasi oʻyini edi, hozirgi vaqtdagi musobaqa ramzi va gimni oʻsha vaqtda ishlab chiqilgan. 1992/93 mavsumdan boshlab, musobaqa hozirgi nomi bilan nomlana boshlandi.

Kubok/Liga gʻolibi 22 klubga nasib etgan. Ulardan 13 tasi turnirda bittadan koʻp gʻolib boʻlishgan. Musabaqa gʻolibligi boʻyicha rekord 14 karra gʻolib boʻlgan Ispaniyaning Real Madrid jamoasiga tegishli. Amaldagi gʻolib Ispaniyaning Real Madrid jamoasidir.

Tarixi

tahrir

Yevropa chempionlari kubogi 1955 yilda „L’Équipe“ gazetasi sport jurnalisti va tahriri Gabriel Ano tomonidan berilgan taklif natijasida tashkil etilgan[3]. Qitʼa turnirini oʻtkazish goyasi ingliz nashriyotlari Vulverxempton 1954-yilning kuzida Moskvaning „Spartak“ jamoasini va „Gonved“ni ustidan qozongan gʻalabasidan keyin jamoani dunyoning eng kuchli klubi deb jar solishgandan soʻng kelgan. Ano oʻz gazetasida bergan javobiga koʻra, eng kuchli klubni aniqlash uchun mehmonda va uyida oyin otkaza oladigan musobaqa tashkillashtirish kerakligini bildirgan. Keyingi kuniyoq Ano boʻlajak turnirning loyihasini ommaga eʼlon qildi. 1955-yilning yanvarida birinchi Yevropa chempionlari kubogi oʻtkazildi[4].

Kubokning birinchi 1955/56 mavsumida turnir ikkita oʻyinlik boʻlib (uyda va mehmonda), chiqarib yuborish bahsi boʻyicha ketgan. To 1992-yilgacha musobaqada mamlakat chempionlari va soʻnggi Yevropa chempionlari kubogi sohiblari bahs olib borishgan. 1991/92 mavsumdan boshalb musobaqa formatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, guruh bosqichi qoʻshildi. Keyingi yili esa UEFA Chempionlar ligasi deb yangi nom oldi. Shu asnoda yana bir qancha oʻzgaritishlar kiritildi, guruh tarkibidagi saralash bosqichi talablari ham oʻzgardi. 1997/98 mavsumdan boshlab bir qancha davlatlardagi ikkinchi oʻrinni egallagan (UEFA koeffisiyentlar jadvaliga koʻra) jamoalar ham qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi shunday tuzildiki, past koeffisiyentga ega davlatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanmasidan oldin bir yoki bir necha saralash bosqichlarida qatnasha oladigan boʻlishdi. Yuqori koeffisiyentga ega davlatlardan qatnashuvchilar esa kurashni kechroq boshlaydigan boʻlishdi. Hozirgi vaqtda eng yuqori koeffisiyentga ega davlatlar Chempionlar ligasida toʻrtta jamoasi bilan qatnasha oladilar.

1960-yildan to 2004-yilgacha Yevropa chempionlari kubogi egalari hozirda bekor qilingan Qitʼalararo kubok musobaqasida Janubiy Amerikadagi Libertadores kubogi egalari bilan gʻoliblik bilan bahs olib borishgan. Hozirda Chempionlar ligasi gʻolibi FIFA tasarrufida oʻtuvchi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnasha oladi.

Saralash

tahrir
 
Xaritada koʻrsatilgan:
  Klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan davlatlar
  Klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmagan davlatlar
  UEFA a'zolari bo'lmagan davlatlar

Turnirdagi oʻrinlar soni UEFA koeffisiyentlar jadvaliga koʻra aniqlanadi: jadvalda 1-oʻrindan 3-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 4 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 4-oʻrindan 6-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 3 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 7-oʻrindan 15-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 2 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 16-oʻrin va undan past oʻrinni egallagan assosatsiyalar, 1 ta jamoasi bilan ishtirok etadi;

Jadvaldagi oʻrin jamoalar qaysi bosqichdan kurashni boshlashini ham belgilab beradi. Masalan, birinchi uchta assosatsiyalar birdaniga uchta jamoasi bilan guruh bosqichidan boshlaydi va toʻrtinchisi esa play-off. Jadvalda eng pastda turganlar esa faqatgina bitta jamoasi bilan ishtirok etadi. 2004/05 mavsumda „Liverpul“ Chempionlar ligasini yutgan, lekin Angliyada 5-nchi oʻrinni egallagan, 4-nchi oʻrinni esa „Everton“ klubi egallagandi. Angliya futbol federatsiyasi yoʻllanmani Evertonga berishga qaror qilgandi, lekin UEFA esa ikkala jamoa ham musobaqada ishtirok etishi mumkinligini bildirgan: „Liverpul“ 1-saralash bosqichdan, „Everton“ esa 3-saralash bosqichidan boshlagan. Shundan soʻng, UEFA gʻolib jamoa milliy chempionatida qaysi oʻrinni band etganiga qaramasdan keyingi mavsumdagi guruh bahsiga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilishi haqida qaror qabul qildi[5]. Bundan tashqari u qarorga koʻra, birorta ham mamlakat bundan buyogʻiga toʻrttadan ortiq jamoasini bahsga qoʻshmasligini ham qarorida taʼkidladi. Chunki baʼzi davlatlar Chempionlar ligasida toʻrtta jamoasi bilan qatnashadi va vaziyat taqozosi bilan oʻsha davlatning jamoasi gʻolib boʻladigan boʻlsayu, lekin ichki chempionatida Chempionlar ligasida qatnashish huquqini beruvchi oʻrindan past oʻrinni egallagan boʻlsa, keyingi mavsumdagi musobaqada oʻsha chempionatda qatnashish huquqini beruvchi oʻrinni soʻngisini egallagan jamoa Yevropa ligasida qatnashadi.

2005/06 mavsumda „Liverpul“ va „Artmedia“ jamoalari musobaqa tarixidagi barcha saralash bosqichidan oʻtib guruh bosqichiga chiqa olgan birinchi jamoalar boʻlishdi. 2008/09 mavsumda esa „BATE“ va „Anortosis“ jamoalari ham bu natijani takrorlay olishdi.

Turnirda qatnashish uchun jamoalar baʼzi talablarga javob berishlari kerak: Har qaysi jamoa oʻzining milliy assosatsiyasi litsenziyasiga ega boʻlishi, stadionga ega boʻlishi, UEFA tarafidan kurashga ruxsat berilganligi, talabga javob beruvchi infratuzilma va moliyaviy talablar.

Bosqichlar

tahrir

Musobaqa bir necha bosqichlardan tashkil topgan va toʻrtta saralash bosqichdan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan oʻyin (uyda va mehmonda) oʻynashlari kerak. Umumiy hisobga koʻra gʻolib boʻlgan jamoa keyingi saralash bosqichga oʻtadi. Barcha saralash bosqichidan oʻtgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilgan jamoalar bilan birgalikda guruh bosqichiga oʻtadi. Qur’a natijasiga koʻra, jamoalar 4 tadan 8 ta guruhga boʻlinadi. Guruh bosqichi natijasiga koʻra, 1-nchi oʻrin va 2-nchi oʻrinni egallagan jamoalar play-offga chiqishadi. 3-nchi oʻrinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga qoʻshiladi. Shundan soʻng, 1/8 finalga yana qur’a tashlanadi. Uning tartibiga koʻra:

  • Bir mamlakat ishtirokchilari va bir guruhdan chiqqan jamoalar bir-biriga qarshi oʻynashi mumkin emas.
  • Guruhda 1-nchi oʻrinni egallagan jamoalar boshqa guruhda 2-nchi oʻrinni egallagan jamoa bilan oʻynaydi.
  • 1-nchi oʻrinni egallagan jamoalar birinchi oʻyinni mehmonda oʻynashadi.

Jamoalar 2 tadan oʻyin oʻynashadi, oʻyinlar natijasiga koʻra, bir jamoa 1/4 finalga yoʻl oladi. Bu bosqich uchun qur’ada hech qanday tartib belgilanmagan. Chorak finaldan soʻng yarim finalga oʻtiladi, keyin esa neytral maydonda bitta oʻyin bilan natijasi aniqlashuvchi final oʻyini oʻtkaziladi. Maydon UEFA tarafidan tuzilgan vaqtinchalik komissiya tarafidan topshirilgan arizalar boʻyicha tanlanadi. Maydon UEFAning 5 yulduzli reytingi talabiga javob berishi kerak boʻlgani tanlanishi kerak.

2009/10 mavsumdan boshlab Chempionlar ligasi formatiga bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra:

  • Uefa reytingida eng past oʻrinni egallagan mamlakatlardan jamlangan 6 ta klublar uchun dastlabki saralash bosqichi kiritildi.
  • chempionlar va chempion boʻlmaganlar saralashiga boʻlindi: ikkinchi bosqichdan boshlab, oʻz mamlakatida chempion boʻlmagan dastlabki bosqich qatnashuvchilari faqatgina chempion boʻlmagan klublar bilan kuch sinashishadi.
  • Guruh bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtuvchilar kvotasida oʻzgartirishlar kiritildi: UEFA reytingida eng katta reytingga ega boʻlgan, Angliya, Ispaniya, Germaniya chempionatlarida 3-nchi oʻrinni egallagan jamoalar uchun yana 3 ta joy qoʻshildi.
  • UEFA reytingida 10-12 oʻrinni egallagan (Turkiya, Gretsiya, Daniya) mamlakat chempionlari uchun 3 ta joy qoʻshildi.
  • 1/8 finaldagi 8 ta oʻyin ikki haftaga boʻlindi. 4 ta birinchi oʻyinlar fevralning 3-nchi haftasida, qolgan 4 tasi fevralning oxirgi haftasida oʻtkaziladi. Javob uchrashuvlari birinchi oʻyindan uch hafta oʻtganidan soʻng oʻynaladi. Final shanba kuniga toʻgʻri kelishi kerak.

Mukofot pullari

tahrir

UEFA Chempionlar ligasiga chiqa olgan har bir jamoaga 2.1 mln. yevro bilan mukofotlaydi. Guruh bosqichida ishtirok etayotganlarga esa €3,9 mln. Guruh bosqichidagi har bir gʻalabaga €800 ming beriladi. Bundan tashqari UEFA har bir chorak finalchi uchun €3,3 mln., yarim final uchun €4,2 mln., finalga chiqqanlarga €5,6 mln. va gʻolib jamoaga €9 mln. mukofot pullari beriladi[6].

Homiylar

tahrir
 
The Champions League logo is shown on the centre of the pitch before every game in the competition

Turnirning tashkil topgan vaqtida homiylar soni 8 tadan oshmasligi kerakligi haqida qaror qilingan edi. Kelishuvga koʻra, bu kompaniyalar maydon perimetri boʻyicha 4 reklama lavhasi, aniq belgilangan miqdordagi biletlarda va oʻyinoldi va oʻyindan keyingi intervyularda kompaniyalarning ramzlari mavjud boʻlishi kerak. Shuningdek, bu kompaniyalar oʻyin oʻrtasidagi tanaffuslarda reklama uchun vaqt ham olishadi.

Hozirgi vaqtda rasmiy homiylar quyidagi kompaniyalar sanaladi:

Shuningdek, turnir bilan quyidagilar hamkorlik qiladi :

  • Adidas (UEFA bilan qilingan shartnomaga koʻra, uning tasarrufidagi barcha musobaqalarida toʻp yetkazib berishadi.)
  • Konami (Chempionlar ligasining rasmiy videooʻyinlari yaratuvchisi)
  • Jacques Lemans
Fayl:LC 1.JPG
Yevropa chempionligi kubogi. 2006-yil.

Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan jamoa kubokni 10 oy muddat oʻzida olib qolishi mumkin. Jamoaning gʻalabasidan esdalik sifatida kubokning nusxasi (haqiqiy kubokning 80 %idan katta boʻlmagan hajmda) beriladi. Umumiy 5 marta yoki ketma-ket 3 marta chempion boʻlgan jamoada kubokni oʻzida butunlay olib qolish huquqi mavjud. Birinchi kubokni fransuz gazetasi L’Équipe tomonidan turnirga taqdim etilgan. Keyinchalik Real Madrid umumiy hisobda 5 marta chempionlikni qoʻlga kiritganidan soʻng, kubokni oʻzida butunlay saqlash uchun oldi.
Navbatdagi kubok oldingi kubokdan dizaynida farq qilardi. Uni bernlik Yurg Shtadelmann yasadi. Kubokning narxi 10 ming shveysariya frankini tashk qildi. Kubok kumushdan tayyorlangan, ichiga oltin purkalgan, amforasimon shaklda yasalgan boʻlib, boʻyi 62 sm. va vazni 7,5 kg.ni tashkil qilgan[9]. Keyinchalik kuboklar yasalayotgan vaqtda xuddi shu variantdan namuna olib ishlangan.
Kubokning dastasi antiqa dizaynga ega boʻlganligi sabab koʻp davlatlarda[9][10] uni „katta quloqlar“ deb nomlashadi. Bu nomning ispancha varianti esa („la Orejona“) Lotin Amerikasida ancha mashxur hisoblanadi[10].

Kubokni butunlay saqlash uchun beshta jamoa olgan:

Statistika

tahrir

Gʻoliblar (klublar boʻyicha)

tahrir
Jamoalar Gʻalaba Final Gʻalaba (yil) Final (yil) 1992-yildan keyin gʻalaba 1992-yildan keyin final
  Real Madrid 15 4 (1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002, 2014, 2022 2024

)

(1962, 1964, 1981) 4 (1998, 2000, 2002, 2014, 2016, 2017, 2018, 2022) 0
  AC Milan 7 4 (1963, 1969, 1989, 1990, 1994, 2003, 2007) (1958, 1993, 1995, 2005) 3 (1994, 2003, 2007) 3 (1993, 1995, 2005)
  Bavariya Myunxen 6 6 (1974, 1975, 1976, 2001, 2013, 2020) (1982, 1987, 1999, 2010, 2012), 2020), 2 (2001, 2013) 3 (1999, 2010, 2012)
  Liverpul 6 3 (1977, 1978, 1981, 1984, 2005, 2019) (1985, 2007,

)

1 (2005) 1 (2007)
  Barselona 5 3 (1992, 2006, 2009, 2011(2015).) (1961, 1986, 1994) 3 (2006, 2009, 2011) 1 (1994)
  Ayaks Amsterdam 4 2 (1971, 1972, 1973, 1995) (1969, 1996) 1 (1995) 1 (1996)
  Inter Milan 3 2 (1964, 1965, 2010) (1967, 1972) 1 (2010) 0
  Manchester Yunayted 3 2 (1968, 1999, 2008) (2009, 2011) 2 (1999, 2008) 2 (2009, 2011)
  Benfika 2 5 (1961, 1962) (1963, 1965, 1968, 1988, 1990)
  Yuventus 2 5 (1985, 1996) (1973, 1983, 1997, 1998, 2003) 1 (1996) 3 (1997, 1998, 2003)
  Nottingem Forest 2 0 (1979, 1980) -
  Portu 2 0 (1987, 2004) - 1 (2004) 0
  Chelsea 1 1 (2012) (2008) 1 (2012) 1 (2008)
  Gamburg 1 1 (1983) (1980)
  Steaua Buxarest 1 1 (1986) (1989)
  Olimpik Marsel 1 1 (1993) (1991) 1 (1993) 0
  Seltik 1 1 (1967) (1970)
  Borussia Dortmund 1 1 (1997) (2013) 1 (1997) (2013)
  Feyenord 1 0 (1970) -
  Aston Villa 1 0 (1982) -
  PSV Eindhoven 1 0 (1988) -
  Srvena Zvezda 1 0 (1991) -
  Stade Reims 0 2  — (1956, 1959)
  Valencia CF 0 2  — (2000, 2001) 0 2 (2000, 2001)
  Atletiko Madrid 0 2  — (1974, 2014) 0 1 (2014)
  Fiorentina 0 1  — (1957)
  Ayntraxt Frankfurt 0 1  — (1960)
  Partizan Belgrad 0 1  — (1966)
  Panatinaikos 0 1  — (1971)
  Lids Yunayted 0 1  — (1975)
  Sant-Etien 0 1  — (1976)
  Borussia Myunxengladbax 0 1  — (1977)
UEFA Chempionlar Ligasi Bryugge 0 1  — (1978)
  Malmo FF 0 1  — (1979)
  AS Roma 0 1  — (1984)
  Sampdoria 0 1  — (1992)
  Bayer Leverkusen 0 1  — (2002) 0 1 (2002)
  Monako 0 1  — (2004) 0 1 (2004)
  Arsenal 0 1  — (2006) 0 1 (2006)

Mamlakatlar boʻyicha

tahrir
Mamlakat Gʻalaba Final Yutgan jamoalar Finalga chiqqan jamoalar
  Ispaniya 14 10 Real Madrid (11), Barselona (4) Real Madrid (3), Barselona (3), Valencia (2), Atletiko Madrid (2)
  Italiya 12 14 Milan (7), Inter Milan (3), Yuventus (2) Yuventus (5), Milan (4), Inter Milan (2), Fiorentina (1), Roma (1), Sampdoria (1)
  Angliya 12 7 Liverpul (5), Manchester Yunayted (3), Nottingem Forest]] (2), Aston Villa (1), Chelsea (1) Liverpool (2), Manchester Yunayted (2), Lids Yunayted (1), Arsenal (1), Chelsea (1)
  Germaniya 7 10 Bavariya Myunxen (5), Borussia Dortmund (1), Gamburg (1) Bavariya Myunxen (5), Bayer Leverkusen (1), Borussia Myunxengladbax (1), Ayntraxt Frankfurt (1), Gamburg (1), Borussia Dortmund (1)
  Gollandiya 6 2 Ayaks (4), PSV (1), Feyenord (1) Ayaks (2)
  Portugaliya 4 5 Benfika (2), Portu (2) Benfika (5)
  Fransiya 1 5 Marsel (1) Stade Reims (2), Sent-Etien (1), Marsel (1), Monako (1),
  Ruminiya 1 1 Styaua Buxarest (1) Styaua Buxarest (1)
  Shotlandiya 1 1 Seltik (1) Seltik (1)
  Yugoslaviya (sobiq) 1 1 Red Star Belgrad (1) Partizan (1)
  Belgiya 0 1 Bryugge (1)
  Gretsiya 0 1 Panatinaikos (1)
  Shvetsiya 0 1 Malmo FF (1)

Barcha davrlardagi toʻpurarlar

tahrir

saralash bahslari ham hisoblangan.

Oʻrin Oʻyinchi Mamlakat Gollar Oʻyinlar Koeffitsiyent Yillar Jamoalar
1 Raul   71 144 0.46 '95-'12 Real Madrid (66), Shalke 04 (5)
2 Cristiano Ronaldo   68 107 0.64 '03- Manchester United (16), Real Madrid (52)
3 Lionel Messi   67 86 0.78 '04- Barselona (67)
4 Rud van Nistelroy   60 88 0.70 '98-'09 PSV Eindhoven (9), Manchester Yunayted (38), Real Madrid (13)
5 Andrey Shevchenko   58 116 0.5 '94-'11 Dinamo Kyiv (29), Milan (33), Chelsea (4)
6 Tierri Anri   51 114 0.45 '97-'10 Monako (7), Arsenal (35), Barselona (9)
7 Filippo Inzagi   50 85 0.59 '97-'10 Yuventus (17), Milan (33)
8 Alfredo Di Stefano  [11] 49 58 0.84 '55-'64 Real Madrid (49)
9 Eusebio   47 64 0.72 '61-'74 Benfika (47)
10 Alessandro Del Piero   43 92 0.47 '95-'09 Yuventus (43)

Eng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar

tahrir
Oʻrin Mamlakat Oʻyinchi Oʻyinlar Gollar Gollar koʻrsatkichi Yevropadagi debyuti Jamoalari
1   Ryan Giggs 151 29 0.19 1993 Manchester Yunayted
2   Xavi 152 12 0.08 1998 Barselona
3   Raul 144 71 0.49 1995 Real Madrid, Shalke 04
4   Iker Kasilyas 153 0 0.00 1999 Real Madrid
5   Paolo Maldini 141 3 0.02 1985 Milan
6   Klarens Zeyedorf 130 12 0.10 1992 Ayaks, Real Madrid, Inter Milan, Milan
7   Pol Skolz 130 25 0.19 1994 Manchester Yunayted
8   Roberto Karlos 128 17 0.13 1996 Inter Milan, Real Madrid, Fenerbahche
9   Karles Puyol 120 2 0.02 1999 Barselona
10   Andrey Shevchenko 116 58 0.5 1994 Dinamo Kyiv, Milan, Chelsea

Qoraytirilgan oʻyinchilar hali ham oʻynaydi.

Manbalar

tahrir
  1. UEFA (2018-yil 2-dekabr). „UEFA Executive Committee approves new club competition“. Press-reliz.
  2. „Все турниры Лиги чемпионов нового формата“. soccer-stat.ru. 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-iyul.
  3. Matthew Spiro. „Hats off to Hanot“ (English) (oʻlik havola — tarix ). UEFA.com (2006-yil 12-may).
  4. „Лига чемпионов (Кубок европейских чемпионов)“. Footballcity.ru. 2009-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-iyul. (Wayback Machine saytida 2009-03-21 sanasida arxivlangan)
  5. „Liverpool get in Champions League“. BBC Sport (10-iyun 2005). 2012-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2011.
  6. „Clubs get share of Champions League revenue“. uefa.com. UEFA. Qaraldi: 13-dekabr 2010.
  7. Fransiya, Rossiya va Norvegiyalarda alkogol reklamalari taʼqiqlangan va Heineken reklama lavhalari boshqalarga alishtiriladi. Fransiyada ularda „Great Together“, Rossiyada esa „No To Racism“ deb yozilgan.
  8. PlayStation ham Sony brendi sifatida turnir homiysi hisoblanadi.
  9. 9,0 9,1 [vlasti.net/news/9142 „Лига чемпионов. Всё о турнире и финале“]. vlasti.net. 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  10. 10,0 10,1 Nicolás Baier. „La gloria al alcance de la mano“ (es). ESPN (2007-yil 21-may). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-avgust.
  11. Di Stefano Ispaniya fuqaroligini 1956-yilda olgan.

Havolalar

tahrir