Ali Nasafiy maqbarasi (14-a) — Shohizinda ansambli tarkibida. Nasaf (qarshi)lik binokor usta Ali Nasafiy qurgan (14-asr 70-80-yillar). Maqbara 11 -12-asrlarda qurilgan bi-nolar oʻrnida bunyod etilgan. Zangori — koʻk peshtoqli maqbara, „Nomsiz — 1“, „Alim Nasafiy maqbarasi“ nomlari bilan ham mashhur. Murabba xonasi ikki kavat gumbaz bilan yopilgan, 16 qirrali gardishga oʻrnatilgan tashqi gumbaz uzoqdan koʻzga tashlanadi. Boʻrtma naqsh ishlab, sirkori parchin bilan bezatilgan goʻrxona murabba tarhli (3,45x3,45 m), bal. 1,75 m, balxi gumbaz bilan yopilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil