Ali ibn Muhammad Saraxsiy (11- a. oxiri — 12- a. 1- yarmi) — me’mor. Xuroson amiri Abu Sa’id buyrugʻi bilan Jarqoʻrgʻondagi minorani qurgan (110809). Nomi minorada saqlanib qolgan. Azim minoraning tanasi (pil-tovar) chorsi gʻisht bilan terilgan. Minora kursisi va yuqoridagi halqasida kufiy yozuvlari bor. Minora tuzilishi me’mor-ning yuksak didi, san’ati va mahoratini namoyish etadi. U Xurosondagi Raboti Sharif karvonsaroyini ham yozuv bilan bez-agan (111415).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil