Abu al-Hasan Ali ibn Abdulloh ibn Jaʼfar al-Madiniy (778/161 — 849/234) — (arabcha: أبو الحسن علي بن عبد الله بن جعفر المديني) IX asrda yashagan sunniy islom olimi, hadis ilmining yirik namoyandasi[4]. Ahmad ibn Hanbal, Ibn Abu Shayba va Yahyo ibn Maʼin bilan bir qatorda, Ibn al-Madiniy koʻplab hadis mutaxassislari tomonidan ushbu sohadagi eng yirik toʻrt muallifdan biri deb eʼtirof etilgan[5].

Ali ibn al-Madiniy

“Ali ibn al-Madiniy” ismining Arab xattotligida yozilgan shakli
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 161-hijriy
Vafoti 234-hijriy
Dini Islom
Era Islomning oltin davri
Hudud Iroq
Imom ashariy[1]

Biografiyasi

tahrir

Ibn al-Madiniy milodiy 778 (161-hijriy) yilda Iroqning Basra shahrida kelib chiqishi madinalik boʻlgan oilada tugʻilgan[6]. Uning ustozlari orasida otasi Abdulloh ibn Jaʼfar, Hammad ibn Yazid, Hushaym, Sufyon ibn Uyayna va o‘z davrining boshqa olimlari bor edi. Ustozi Ibn Uyayna shogirdi Ibn al-Madiniydan koʻproq ilm oʻrganganini aytgan[4].

Ibn al-Madiniy hadis, jarh va taʼdil, roviylarning nuqsonlari, sanadlar, rivoyatlar zanjiri sohalarida ixtisoslashgan. U bu sohalardagi mahorati uchun ham zamondoshlari, ham shogirdlari, ham ustozlari tomonidan olqishlagan. O‘zidan oldingi olimlardan Abdurahmon ibn Mahdiy Ibn al-Madiniyni nabaviy hadislar bo‘yicha eng bilimdon kishi deb taʼriflagan[4].

Uning shogirdlari orasida o‘ziga xos taniqli muhaddislar uchraydi. Ular qatorida: Muhammad ibn Yahyo az-Zuhaliy, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Dovud Sulaymon ibn al-Ashʼas as-Sijistoniy va boshqalar. Zahabiy Ibn al-Madiniyni imom va hadis sohasida keyingi olimlarga namuna boʻlgan olim sifatida eʼtirof etgan.

 
Ibn al-Madiniy vafot etgan Iroqdagi Samarro shahridagi katta masjid minorasi .

Ibn al-Madiniy 849-yil iyun oyida (234-yil zul-qaʼda) Iroqning Samarro shahrida vafot etgan[4][6].

Asarlari

tahrir

Navaviyning qayd etishicha, Ibn al-Madiniy 200 ga yaqin asar yozgan. Ulardan baʼzilari ilgari uchramagan yangi yoʻnalishlarda yozilgan[6].

  • „al-Ilal“ — hadis ilmidagi yashirin nuqsonlar (ilal) [6]haqidagi ushbu asarning kichik bir qismi nashr etilgan[7].
  • „Kitob az-zuafo“ -zaif hadis roviylari haqida[7].
  • „al-Mudallisun“ — rivoyatda noaniq atamalardan foydalanadigan hadis roviylari haqida[7].
  • "al-Asmo val-kuna — hadis roviylarining ismlari toʻgʻrisida[7].
  • „al-Musnad“ — muallif tomonidan tartibga solingan hadislar toʻplami[7].
  • „Kitob maʼrifat as-sahoba“ — sahobalarni tanish haqida.

Manbalar

tahrir
  1. Melchert, Christopher „Chapter 1: The Traditionalists of Iraq“, . The Formation of the Sunni Schools of Law, 9th–10th Centuries C.E. Koninklijke Brill, Leiden, The Netherlands: Brill Publishers, 1997 — 7-bet. ISBN 90-04-10952-8. 
  2. Melchert, Christopher „Chapter 1: The Traditionalists of Iraq“, . The Formation of the Sunni Schools of Law, 9th–10th Centuries C.E. Koninklijke Brill, Leiden, The Netherlands: Brill Publishers, 1997 — 20-bet. ISBN 90-04-10952-8. 
  3. Al-Bastawī, ʻAbd al-ʻAlīm ʻAbd al-ʻAẓīm. Al-Imām al-Jūzajānī wa-manhajuhu fi al-jarḥ wa-al-taʻdīl. Maktabat Dār al-Ṭaḥāwī, 1990 — 9-bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Melchert, Christopher (1997). "Chapter 1: The Traditionalists of Iraq". The Formation of the Sunni Schools of Law, 9th–10th Centuries C.E. Koninklijke Brill, Leiden, The Netherlands: Brill Publishers. p. 7. ISBN 90-04-10952-8.. 
  5. Melchert, Christopher (1997). "Chapter 1: The Traditionalists of Iraq". The Formation of the Sunni Schools of Law, 9th–10th Centuries C.E. Koninklijke Brill, Leiden, The Netherlands: Brill Publishers. p. 20. ISBN 90-04-10952-8.. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Al-Bastawī, ʻAbd al-ʻAlīm ʻAbd al-ʻAẓīm (1990). Al-Imām al-Jūzajānī wa-manhajuhu fi al-jarḥ wa-al-taʻdīl. Maktabat Dār al-Ṭaḥāwī. p. 9.. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 al-Dhahabi, Muhammad ibn Ahmad (1957). al-Mu`allimi (ed.). Tadhkirah al-Huffaz (in Arabic). Vol. 2. Hyderabad: Dairah al-Ma`arif al-`Uthmaniyyah. pp. 428–9..