Alioramus

sudralib yuruvchilar turkumi vakili

Alioramus (/ˌæliˈrməs/ ; „oʻzgacha vakil“ degan maʼnoni anglatadi) — Osiyoning kech boʻr davriga mansub teropodli tiranozavr dinozavrlar turkumi vakili. Hozirgi vaqtda uning ikki turi aniqlangan Alioramus remotus; qisman bosh suyagi va uch dona oyoq suyagidan iborat. Moʻgʻulistonda joylashgan Nemegt maydonidan topilgan hamda qayta tiklangan.Taxminan 70 million yil oldin yashab oʻtgan. Ushbu namunalar 1976-yilda sovet paleontologi Sergey Kurzanov tomonidan tiklangan va tasvirlangan. Nisbatan toʻliqroq skeletdan iborat boʻlgan ikkinchi tur — Alioramus altay; 2009-yilda Stiven L. Brusatte va uning hamkasblari tomonidan nomlangan va tasvirlangan. Uning boshqa tiranozavrlar avlodlari bilan aloqador ekanligi haligacha aniqlanmagan. Baʼzi dalillar Alioramusning zamonaviy Tarbozavr bataar turi bilan yaqin bogʻliqlikka ega ekabligi haqidagi farazni qoʻllab-quvvatlaydi.

Alioramusning to'liq tiklangan namunaviy tasviri

Alioramus barcha maʼlum teropodlar singari ikki oyoqli boʻlgan va uning oʻtkir tishlari yirtqich hayvon boʻlganligiga dalil sifatida keltiriladi. Maʼlum boʻlgan namunalar shuni koʻrsatadiki, Alioramus Tarbozavr bataar va T-reks (Tironazavr reks) kabi tiranozavrlarga qaraganda kichikroq boʻlgan. Ammo uning aniq hajmini aniqlash qiyin hisoblanadi. Chunki har ikkala Alioramus turi faqat balogʻatga yetmagan yoki katta yoshli dinozavr qoldiqlari ekanligi taʼkidlanadi. Ushbu zavrning yaqin yillar ichida topilganligi uning tiranozavrlar turining alohida bir tarmogʻiga tegishli ekanligini koʻrsatadi. Alioramus turi tumshugʻining tepasi boʻylab beshta suyak choʻqqilari qatori, tiranozavrlarning boshqa turlariga qaraganda koʻproq tishlari va boshqa tiranozavrlarga qaraganda pastroq bosh suyagi bilan ajralib turadi.

Tarixi

tahrir

Alioramusning holotipi (PIN 3141/1) uchta metatarsal bilan birgalikda aniqlangan bosh suyagidan iboratdir. 1970-yillarning boshida Gobi choʻlidagi sovet-moʻgʻul qoʻshma ekspeditsiyasi ushbu topilma qoldqilarni Moʻgʻulistonning Bayanxongor viloyatidagi Nemegt maydonidagi Nogon-Tsav deb nomlanuvchi hududdan topishadi. Alioramus nomi 1976-yilda rus paleontologi Sergey Kurzanov tomonidan berilgan va tavsiflangan. Uning tepa qismi va bosh suyagi pastki qismi boshqa tiranozavrlardan shunchalik farq qilar ediki, Kurzanov uning topilmasini oilaning boshqa aʼzolaridan ancha uzoqda deb hisoblagan. Shunga koʻra, u lotincha alius („boshqa“) va ramus („vakil“) soʻzlaridan kelib chiqqan. Umumiy Alioramus nomi lotincha „olib tashlangan“ degan maʼnoni anglatadi. Ikkinchi tur — Alioramus oltoy; 2009-yilda Tsagan Xushu hududida, shuningdek, Nemegt maydonidan ham topilgan. Biroq, bir qancha faunal farqlar Alioramis remotus va Alioramus oltoyning tegishli joylashuvi yoshi boʻyicha farqlanishini mumkinligini koʻrsatadi. IGM 100/1844 holotipi (Alioramus Oltoy namunasi) qisman tiklangan skelet boʻlib, toʻliq tuzilmadagi bosh suyagi, qisman umurtqalari, tos kamari va orqa oyoqlarini oʻz ichiga oladi. Ushbu turning nomi, Oltoy togʻlari bilan bogʻliq.

Tuzilishi

tahrir
 
Alioramus remotusning hajmi (odam bilan solishtirganda)
 
Vayoming dinozavr markazidagi Alioramus oltoyning bosh suyagi, Termopolis

Alioramus remotus uzunligi, 1976-yilda Sergey Kurzanov tomonidan tasvirlanganida, 5-6 metr (16-20 ft) balandlikda deya baholandi.[1] 1988-yilda Pavlus Alioramusni, Kurzanov taʼkidlagan uzunlikka yaqin, 6-metr (20 ft) deya tasvirlaydi. Uning ogʻirligi esa, hisob-kitoblarga koʻra, 700kg (1500ib) deya qayd etiladi.[2] 2016-yilda Molina-Pérez va Larramendi Alioramus remotusni 5.5 metr (18 fut) balandlikda deya baholashadi hamda uning ogʻirligini 500kg (1.100 ib) deya belgilashadi. Shu bilan birga ular Alioramus oltoyn ni ham tavsiflashadi. Uning boʻyini 5 metr (16 fut) balandlikda va 385 kg(849 ib) deya ifodalashadi.[3] Biroq, Kurzanov toshga aylangan holatdagi bosh suyagining deformatsiya tufayli choʻzilganini inobatga olmagan. Bu esa bu zavrning umumiy tana uzunligini notabiiy ravishda yiriklashtirishi mumkin. Agar bu namuna balogʻatga yetmagan boʻlsa, u holda katta Alioramuslar yananda yirikroq uzunlikka ega boʻlishgan. Lekin, tasdiqlangan katta yoshdagi Alioramus namunalari bizga maʼlum emas.[4]

Alioramus remotusning bosh suyagi taxminan 45-sm (1.48 fut) uzunlikda boʻlgan.[5] Umuman olganda, ushbu oʻlcham koʻproq bazal tiranozavrlarga va yirikroq oʻsmir tiranozavrlarga xosdir. Alioramus remotusda tumshuq uchidagi old jag ' suyagi topilmagan, ammo ular maʼlum boʻlgan barcha tiranozauroidlarda mavjuddir. Burun suyaklari birikkan va oʻrta chiziqdan yuqoriga chiqib turadigan beshta tartibsiz suyak choʻqqilaridan iborat va aynan shu qismdagi burun suyaklari bir-biriga jipslashib ketgan. Ushbu choʻqqilarning oʻlchami 1sm*0.38 in)dagi oʻlchamda boʻlgan.

 
A. remotusning (tiklangan tuzilma)

Bosh suyagining orqa tomonida birlashtirilgan parietal suyaklardan tashkil topgan „doʻng tepalik“ deya ataladigan protrusion qism mavjud boʻlib, ushbu xususiyat barcha tiranozavrlarga xosdir. Alioramusda ham Tarbozavr va Tironazavrlarga oʻxshab, „doʻng tepalik“ juda qalin boʻlgan. Bosh suyagining boshqa qismlari singari, Alioramusning pastki jagʻi ham uzunchoqsimon oʻlchamda boʻlgan. Ushbu xususiyat ham balogʻatga yetmaganlik xususiyatlaridan biridir.

Alioramus remotus skeletining qolgan qismi uchta metatarsaldan (yuqori oyoq suyaklaridan) tashqari butunlay nomaʼlum hisoblanadi. Ammo yetarli darajadagi topilma namunalaridan maʼlum boʻlgan A. Oltoyning kashfiyoti bu turning anatomiyasini yoritib beradi.[6]

Manbalar

tahrir
  1. Kurzanov, Sergei M. „A new carnosaur from the Late Cretaceous of Nogon-Tsav, Mongolia“. The Joint Soviet-Mongolian Paleontological Expedition Transactions (ruscha). 3-jild. 93–104-bet.
  2. Paul, Gregory S.. Predatory Dinosaurs of the World. New York: New York Academy of Sciences, 1988 — 327-bet. 
  3. Molina-Pérez & Larramendi. Récords y curiosidades de los dinosaurios Terópodos y otros dinosauromorfos. Spain: Larousse, 2016 — 266-bet. 
  4. Holtz, Thomas R. „Tyrannosauroidea“, . The Dinosauria, Second Weishampel, David B.: , Berkeley: University of California Press, 2004 — 111–136-bet. ISBN 978-0-520-24209-8. 
  5. Currie, Philip J. „Theropods from the Cretaceous of Mongolia“, . The Age of Dinosaurs in Russia and Mongolia. Cambridge: Cambridge University Press, 2000 — 434–455-bet. ISBN 978-0-521-54582-2. 
  6. Brusatte, Stephen L.; Carr, Thomas D.; Erickson, Gregory M.; Bever, Gabe S.; Norell, Mark A. (2009). „A long-snouted, multihorned tyrannosaurid from the Late Cretaceous of Mongolia“. Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America. 106-jild, № 41. 17261–6-bet. doi:10.1073/pnas.0906911106. PMC 2765207. PMID 19805035.Brusatte, Stephen L.; Carr, Thomas D.; Erickson, Gregory M.; Bever, Gabe S.; Norell, Mark A. (2009).

Havolalar

tahrir