Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana)
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (ruscha: Средняя школа имени Алишера Навои; qirgʻizcha: Алишер Навои атындаги орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab.[2] Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida oʻtiladi.
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Isfana, Qirgʻiziston | |
Koordinatalar | 39°50′17″N 69°32′45″E / 39.8380°N 69.5459°E |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Boshlangʻich va oʻrta maktab |
Asos solingan sanasi | 1977 |
Ochilgan sanasi | 1-dekabr, 1977-yil |
Direktor | Orozgul Sattarova |
Sinflar | 1-11 |
Oʻquvchilar soni | 1400[1] |
Til | oʻzbek, qirgʻiz va rus |
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab darvozasi |
Maktab 1977-yil Oktyabr inqilobining 60 yilligi arafisida ochilgan. Shuning uchun boshida Oktyabr 60 yilligi (ruscha: 60 лет Октября; qirgʻizcha: Октябрь 60 жылдыгы) deb atalgan. 1991-yil maktabga taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi berilgan. Maktabda tarixiy muzey boʻlib, unda 300 dan oshiq eksponat, jumladan, Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub saqlanadi.
Tarixi
tahrirMaktab 1977-yilning 1-dekabrida Oktabr inqilobining 60 yilligi arafasida Oktabr 60 yilligi nomi bilan ochilgan. Yangi maktab direktori etib Shamshiddin Qunduzov tayinlangan. Boshida maktabda faqatgina oʻzbek sinflar boʻlgan. 1990-yil ilk qirgʻiz sinfi ochilgan.
1980-yil maktab hovlisida Nasrullo (Mashrab) Mahmarajabov tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonlilgan gʻalabaga bagʻishlangan esdalik qurilgan.
1987-yildan 1990-yilgacha Marziya Sharipova direktor lavozimda ishlagan. 1990-yil Saodat Muhammedjanova direktor etib tayinlangan. 1991-yil taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan maktabga uning nomi berilgan.
1993-yil Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab direktori etib Shokirjon Toʻychiyev tayinlangan. 1990-yillarda „Issiqkoʻl“ va „Nariste“ bolalar bogʻchalarida hamda mahalliy yoʻl qurilish boshqarmasida maktabning boʻlimlari boʻlgan. 1999-yil maktab boʻlimlaridan biri alohida maktab — „Issiqkoʻl“ oʻrta maktabi oʻlaroq ajralib chiqqan.
2000-yildan boshlab Habibullo Sattorov direktor vazifasini bajargan. 2010-yilda Toʻyichev qayta direktor etib tayinlangan va 2013-yilgacha shu lavozimda ishlagan. 2013-yildan beri Orozgul Sattarova direktor boʻlib kelmoqda.
2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan mahalliy qirgʻiz rasmiylari maktab nomini almashtirishga bir necha marta urindi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi. 2012-yil rasmiylar tazyiqi ostida Alisher Navoiyning maktab asosiy zalida uzoq yillar turgan portreti olib tashlandi.
Oʻquv yili | 11-sinfni yakunlagan bitiruvchi soni |
---|---|
1977—1978 | 132 |
1978—1979 | 66 |
1979—1980 | 49 |
1980—1981 | 74 |
1981—1982 | 71 |
1982—1983 | 79 |
1983—1984 | 68 |
1984—1985 | 69 |
1985—1986 | 84 |
1986—1987 | 61 |
1987—1988 | 78 |
1988—1989 | 78 |
1989—1990 | 79 |
1990—1991 | 34 |
1991—1992 | 42 |
1992—1993 | 36 |
1993—1994 | 37 |
1994—1995 | 54 |
1995—1996 | 43 |
1996—1997 | 41 |
1997—1998 | 45 |
1998—1999 | 82 |
1999—2000 | 86 |
2000—2001 | 93 |
2001—2002 | 80 |
2002—2003 | 80 |
2003—2004 | 121 |
2004—2005 | 82 |
2005—2006 | 77 |
2006—2007 | 63 |
2007—2008 | 78 |
2008—2009 | 57 |
2009—2010 | 52 |
2010—2011 | 39 |
2011—2012 | 58 |
2012—2013 | 64 |
2013—2014 | 44 |
2014—2015 | 75 |
2015—2016 | 55 |
2016—2017 | 56 |
Dars programmasi
tahrirOʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) oʻlaroq uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.
Mamlakatdagi boshqa maktablardagi kabi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tillaridan tashqari).
5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi.
Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham ikki smenada (ertalabki va tushki) darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.
Oʻquv yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.
Dars oʻtish tili
tahrirAlisher Navoiy nomli oʻrta maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida olib boriladi.[3][4] Qirgʻizistondagi boshqa koʻp millatli maktablardagidek, maktabda oʻzbek tilida oʻqitishning kelajagi nomaʼlum boʻlib qolmoqda.[5]
2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qila boshladi.[6][7][8][9][10] Shu harakatlar doirasida 2010-yillar boshida oʻzbek tili va adabiyoti fanlariga ajratilgan dars soati ozaytirilib, oʻrniga qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga koʻp soat berildi.[11]
Hozirda oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib, oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda.
Maktab oʻquvchilarining umumrespublika testida ishtiroki
tahrirQirgʻiziston Respublikasi prezidentining farmoni bilan mamlakatda 2002-yildan beri maktab bitiruvchilari orasida oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun umumrespublika testi oʻtkaziladi[12]. Testni topshirgan oʻquvchilar Qirgʻizistondagi koʻplab oliy oʻquv yurtlariga kirish va bepul taʼlim olish uchun erishgan ballari bilan boshqa abituriyentlar bilan tanlovda qatnashadi. Testni „Bilimni baholash va oʻqitish uslublari markazi“ hamda Taʼlim vazirligi uyushtiradi. AQShning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) esa loyihani moliyalashtiradi. Umumrespublika testida qatnashish majburiy emas, uni faqat xohlagan oʻquvchilar topshiradi.
Umumrespublika testi ikki qismdan iborat: asosiy test va fan testlari. Asosiy testni barcha topshiruvchilar yozishi shart. Fan testlarini esa xohlagan oʻquvchilar oliy oʻquv yurtida tanlamoqchi boʻlgan sohalariga tayangan holda topshirishadi.
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab bitiruvchilari umumrespublika testida 2002-yildan beri qatnashib keladi. Umumrespublika testining asosiy testida maʼlum bir balldan (odatda 200 balldan) yuqori natija olgan bitiruvchilarga „oltin sertifikat“ beriladi va bu oʻquvchilarda oʻquv yurtiga kirish va bepul oʻqish imkoni kattaroq boʻladi. Shu kungacha Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabning birorta bitiruvchisi 200 yoki undan yuqori ball olgani yoʻq. Maktab tarixidagi eng yuqori natija boʻlmish 193 ballni 2017-yil bitiruvchisi Abdusamat qizi Meerim olgan.
Qirgʻizistonda umumrespublika testini 2013-yilgacha qirgʻiz, rus va oʻzbek tillarida topshirish mumkin edi[12]. 2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan ayrim qirgʻiz siyosatchilar muntazam ravishda testni oʻzbek tilida oʻtkazishni toʻxtatishga chaqira boshladi[13]. 2013-yil oʻzbekcha umumrespublika testi yoʻq qilingani haqida xabar qilindi[14]. Ammo keyinroq bu qaror bekor qilindi va oʻzbek bitiruvchilarida oʻsha yili ham testni oʻz ona tillarida topshirish imkoni boʻldi.
2014-yil umumrespublika testi boshlanishiga juda oz muddat qolgan boʻlishiga qaramasdan, oʻzbek tili test tillari safidan olib tashlangani qatʼiyan eʼlon qilindi[15][16][17][18]. Ammo testning asosiy qismi boʻlib oʻtganidan keyin, bu sinovlarda qatnashish uchun qayddan oʻtmagan va testda qatnashmagan oʻquvchilarga 2014-yilning iyun oyida boʻlib oʻtadigan kechki sinovlarda testni oʻzbek tilida topshirish imkoni berilishi haqida xabar berildi[19]. Kechki test sinovida ishtirok etish uchun bitiruvchilar faqat Bishkek va Oʻsh shaharlarida qayddan oʻtishlari mumkinligi aytildi. Hozirda testni faqat rus va qirgʻiz tillarida topshirish mumkin.
Maktab muzeyi
tahrirAlisher Navoiy nomli oʻrta maktabning oʻz tarixiy muzeyi bor. Muzey 1998-yil 28-mayda ochilgan. Unda 300 dan oshiq eksponat saqlanadi.[20]
Muzeyda Laylak tumani tarixi, etnografiyasi hamda maktab tarixiga taalluqli eksponatlar saqlanadi. Ular orasida Qoʻqon xonligi davrida kiyilgan ust-boshlar, tarixiy tangalar hamda Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub va boshqalar bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda kompyuter yetishmaydi“ (ruscha) (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
- ↑ „Isfana: Shahar profili“ (ruscha). Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi. 2008-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2008-05-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab“ (ruscha). Isfana shahrining rasmiy vebsayti. Qaraldi: 2012-yil 10-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Foto - Isfanadagi eng koʻp millatli maktab“ (ruscha) (2016-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
- ↑ Usmon, Sarvar. „Qirgʻizistondagi oʻzbek maktablari taqdiri savol ostida“ (2011-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
- ↑ Sherzod. „Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi?“ (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
- ↑ Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Oʻsh oʻzbek maktablarni man qilish haqida oʻylamoqda“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
- ↑ Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Qirgʻizcha maktablar haqidagi keskin gaplar“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
- ↑ Qosim, Elmurod. „Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish“ (inglizcha) (2012-yil 26-sentyabr). 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
- ↑ Wisniewski, Dan. „Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻq boʻlib bormoqda“ (inglizcha) (2012-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
- ↑ Ivashenko, Yekaterina. „Kimga kerak bu oʻzbekcha taʼlim?“ (ruscha) (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
- ↑ 12,0 12,1 „Umumrespublika testi (rus.)“. Bilimni baholash va oʻqitish uslublari markazi. 2015-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr, 2013. (Wayback Machine saytida 2015-04-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ Elmurod „Qirgʻiz deputati oʻzbekcha imtihonga qarshi“. Ozodlik radiosi (2012-yil 19-aprel). Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.
- ↑ Indina, Mariya „„Qirgʻizistonda oʻzbekcha umumrespublika testi bekor qilindi“ (rus.)“. News-Asia (1-fevral, 2013). Qaraldi: 1-aprel, 2014.
- ↑ „Qirgʻiziston: Oʻzbekcha umumrespublika testi pirovardida bekor qilindi“ (ruscha). Fergana News (2013-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
- ↑ Miroshnik, Marina „Umumrespublika testidan oʻzbek tili olib tashlandi“ (ruscha). Vecherniy Bishkek (2014-yil 11-mart). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
- ↑ „Inna Valkova: 2014-yildan boshlab umumrespublika testi oʻzbek tilida berilmaydi“ (ruscha). Qabar (2014-yil 6-mart). 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
- ↑ Elmurod „Qirgʻizistonda oʻzbekcha testlar yana bekor qilindi“. Ozodlik radiosi (2014-yil 22-aprel). Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
- ↑ „Qirgʻizistonda bitiruvchilarga oʻzbek tilida test topshirish imkoni berildi, ammo...“. Ozodlik radiosi (2014-yil 29-may). Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab muzeyida Stalin xati saqlanmoqda (foto)“ (ruscha) (2016-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana) haqida turkum mavjud |
Isfana shahridagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab direktorlari |
Shamshiddin Qunduzov (1977–1987) | Marziya Sharipova (1987–1990) | Saodat Muhammedjanova (1990–1993) | Shokirjon Toʻychiyev (1993–2000) | Habibullo Sattorov (2000–2010) | Shokirjon Toʻychiyev (2010–2013) | Orozgul Sattarova (2013—) |