Alisher Yusupov
Alisher Xalimboyevich Yusupov (1998-yil 27-noyabr, Urganch tumani, Xorazm viloyati[1]) – oʻzbekistonlik dzyudochi.[2][3]
Alisher Xalimboyevich Yusupov | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
27-noyabr 1998-yil Urganch tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston |
Vazni | +100 kg |
Mukofotlar |
![]() ![]() |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyudo |
Murabbiy(lar)i | Jamshid Xudoyberganov |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Bronza | Parij 2024 | 100 kg |
Jahon chempionati | ||
Bronza | Abu-Dabi 2024 | +100 kg |
Bronza | Doʻha 2023 | +100 kg |
Yozgi Osiyo oʻyinlari | ||
Kumush | Xanchjou 2023 | aralash jamoa |
Bronza | Xanchjou 2023 | +100 kg |
„Katta dubulgʻa“ turniri | ||
Oltin | Toshkent 2023 | +100 kg |
Kumush | Antaliya 2022 | +100 kg |
Kumush | Tbilisi 2022 | +100 kg |
Kumush | Boku 2022 | +100 kg |
Bronza | Osaka 2019 | +100 kg |
Bronza | Parij 2023 | +100 kg |
Bronza | Parij 2024 | +100 kg |
„Gran-Pri“ turniri | ||
Bronza | Zagreb 2019 | +100 kg |
Osaka-2019 dzyudo boʻyicha Katta dubulgʻa turniri musobaqasining +100 kg toifasida bronza medali sovrindori[4], 2022-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi, dzyudo boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionati oltin medal sovrindori.
Faoliyati
tahrirAlisher Yusupov 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Jamshid Xudoyberganov[1].
Alisher Yusupov 2017-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionatida uchinchi, oʻsha yili oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 100 kilogramm vazn toifasida beshinchi oʻrinni egallagan. 2018-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.
2022-yilda Antaliyada boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda gruziyalik Guram Tuschishviliga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[5]. Ikki oydan soʻng Tbilisidagi turnir finalida gruziyalik Gela Zaalishviliga magʻlub boʻlgan.
2022-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Yusupov chorak finalda gollandiyalik Roy Meyerga yutqazib qoʻygan. Roy Meyer final bahslarigacha yetib borgach, Yusupov yana bir imkoniyatga ega boʻladi. Biroq, Guram Tuschishviliga yutqazib, yettinchi oʻrinni egallagan.
2022-yil noyabr oyida Bokudagi „Katta dubulgʻa“ turnirining finaligacha yetib borgan. Finalda tojikistonlik Temur Rahimovdan magʻlubiyatga uchragan.
2022-yilda Quddusda boʻlib oʻtgan IJF Masters turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan[5].
2023-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda gʻolib chiqqan[6].
2023-yilda Dohada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[7]. Uchinchi oʻrin uchun kurashda yaponiyalik raqibi Kokoro Kageurani magʻlub etgan[8].
2022-yil Xitoyda boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda yaponiyalik sportchi Xyuga Otani magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida aralash jamoalar oʻrtasidagi turnirda ham bronza medaliga sazovor boʻlgan.
2024-yilning bahorida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida Alisher Yusupov jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Uchinchi oʻrin uchun kechgan jangda kubalik raqibi Endi Grandani magʻlubiyatga uchratgan[9].
Parij 2024
tahrirAlisher Yusupov 2024-yilning 2-avgust kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda slovakiyalik Marius Fizelni magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda tojikistonlik Temur Rahimov bilan toʻqnashib, magʻlubiyatga uchradi[10]. Chorak final bahslarida gruziyalik sportchi Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani sababli Alisher Yusupov bronza medali uchun jangni to'g'ridan-to'g'ri davom ettiradigan boʻldi. Bronza medal uchun jangda Yaponiya vakili Saito Tatsuriga qarshi kurashib, mag'lubiyatga uchratdi va bronza medaliga ega chiqdi[11].
Unvon va mukofotlari
tahrir- 2023-yilda „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan[12]
- 2024-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan[13].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Alisher Yusupov“. Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.
- ↑ „Alisher Yusupov IJF Profile“ (inglizcha). IJF.org. Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Alisher Yusupov Judoinside Profile“ (inglizcha). judoinside.com. Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Results 2019 Judo Grand Slam Osaka +100 kg“ (inglizcha). IJF.org. Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „Alisher Yusupov“. Judoinside.com. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ „JudoInside - Alisher Yusupov Judoka“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
- ↑ „Alisher Yusupov wins a bronze medal at World Judo Championship“. kun.uz. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ „Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатида медаль олган илк ўзбекистонлик аёл дзюдочи бўлди“. gazeta.uz. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ „Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi“. gazeta.uz. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистонлик спортчиларнинг Олимпиададаги иштирокидан“. olamsport.com. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ „Alisher Yusupov – bronza medali sohibi“. kun.uz. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ „Prezident sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi“. Uzreport.news. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.
Havolalar
tahrir- Alisher Yusupov JudoInside.com saytida