Allium dictuon — umumiy nomi bilan tanilgan yovvoyi piyoz turi, uning shuningdek Koʻk togʻ piyozi singari nomi ham mavjud. Oʻsimlik Vashingtonning Columbiya okrugi uchun endemik tur hisoblanadi.

Koʻk togʻ piyozi
Muhofazalash holati


Imperiled  (NatureServe)
Ilmiy tasniflash edit
Olam: Oʻsimliklar
Sistematika: Tracxeofitlar
Sistematika: Angiospermlar
Sistematika: Monocotyledon
Oila: Amaryllidaceae
Ostoila: Allioideae
Jins: Allium
Turlar:
A. dictuon
Binar nomi
Allium dictuon

Tarqalishi

tahrir

Oʻsimlikning vatani Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vashington shtati janubi-sharqiy qismi va Oregon shtatining shimoli-sharqiy qismi oʻrtasidagi chegara hisoblanadi. Vashingtondagi Columbiya, Garfield va Walla okruglarida, shuningdek, Oregon shtatidagi Umatilla va Wallowa okruglarida keng tarqalgan[1][2].

Allium diktuoni quruq, ochiq, toshloq hududlarda, bazaltga boy qoʻngʻir tuproqlarda oʻsadi[3]. U odatda oʻsimliklardan koʻk bugʻdoy oʻti (Pseudoroegneria spicata ssp. spicata) bilan birgalikda koʻp uchraydi[4].

Tasnifi

tahrir

Allium diktuon koʻp yillik oʻsimlik turi hisoblanib, jigarrang yogʻochlashmagan poyasi tarvaqaylagan holatda hamda ildizpoyalar bilan oʻzaro birikkan tarzda oʻsadi. Allium dictuon uzunligi 28 santimetrgacha boʻlgan, ikki yoki uchta barg hosil qiladi. Gulband balandligi 20 dan 40 santimetrgacha yetadi va 25 tagacha soyabon to'pgul hosil qiladi. Qoʻngʻiroq shaklidagi gullar yorqin pushti yoki binafsha rangga ega va har bir gul yaprogʻining uzunligi 1,1 dan 1,6 santimetrgacha yetishi mumkin. Gullash davri iyun va iyul oylarida sodir boʻladi[1][5][6]. Oʻsimlik oʻz-oʻzidan yoki mahalliy arilar tomonidan changlantiriladi.

Muhofaza qilinish holati

tahrir

Umumiy oʻsimlik soni 200 dan 500 tagacha qolgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan[4]. Allium dictuon Vashingtonda yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar (VANXP) roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Allium dictuon. Flora of North America v 26 p 261.
  2. BONAP (Biota of North America Program) floristic synthesis, Allium dictuon
  3. Allium dictuon. Washington Burke Museum.
  4. 4,0 4,1 Allium dictuon.[sayt ishlamaydi] The Nature Conservancy.
  5. St. John, Harold. 1937. Proceedings of the Biological Society of Washington 50(2): 3-4, f. 1.
  6. Hitchcock, C. H., A.J. Cronquist, F. M. Ownbey & J. W. Thompson. 1969. Vascular Cryptogams, Gymnosperms, and Monocotyledons. 1: 1-914. In C. L. Hitchcock, Vascular Plants of the Pacific Northwest. University of Washington Press, Seattle.