Piyoz (lotincha: Állium cépa) — ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, Piyoz (Allium) turkumi, Piyozdoshlar (Allioideae) kenja oilasi va Amarillisdoshlar (Amaryllidaceae) oilasiga mansub tur hisoblanadi. U keng tarqalgan sabzavot ekini sifatida ma’lum.

Piyoz

Ta’rifi

tahrir

Ko‘p yillik o‘simlik (madaniysi - ikki yillik). Piyoz diametri 15 sm gacha boʻladi. Tashqi qobiqlari quruq, sariq, ba’zan binafsha yoki oq; ichki - etli, oq, yashil yoki binafsha rang, qisqa poyada joylashgan bo‘lib, kurtak deb ataladi. Barglari naysimon, ko‘k-yashil rangda boʻladi. Bo‘yi 1,5 m gacha bo‘lgan, ichi bo‘sh, bo‘rtib chiqqan, ko‘p gulli soyabonli to‘pgul bilan tugaydi. Uzun gulbandlarda joylashgan gullar yashil-oq rangli bo‘lib, diametri 1 sm gacha yetadi. Gulqo‘rg‘oni oltita bargchadan tashkil topgan, oltita changchisi mavjud; urug‘chisi ustki qismida uch uyali tugunchaga ega. Ba’zan to‘pgulda gullardan tashqari mayda piyozlar ham hosil bo‘ladi.

Mevasi - oltitagacha urug‘ni o‘z ichiga olgan koʻsak. Urug‘i qora, uch qirrali, burushgan, mayda boʻladi.

Iyun-iyulda gullaydi. Mevasi avgustda pishadi.