Almaz Ülvi
Almaz Ülvi (Almaz Qasım qizi Binnətova, 1960-yil 8-avgust, Basarkeçər tumani) – ozarbayjonlik adabiyotshunos, yozuvchi, publitsist, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Nizomiy nomidagi adabiyot instituti bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor[1]. Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining „Turkiy xalqlar adabiyoti“ boʻlimida bosh ilmiy xodim.
Almaz Ülvi | |
---|---|
Almaz Qasım qızı Binnətova | |
Tavalludi |
8-avgust 1960-yil Ozarbayjon |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Sohasi | navoiyshunos |
Ish joylari | Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti |
Taʼlimi | Boku davlat universiteti |
Biografiyasi
tahrirAlmaz Ülvi 1960-yil 8-avgustda Ozarbayjonda oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1977-yilda oʻrta maktabni tamomlagan. 1978—1984–yillarda Baku Davlat Universitetida tahsil olgan. 1986—1988-yillarda Ozarbayjon Tillar Universitetini ikki yillik fors tili boʻlimini tamomlagan. 1984—1997-yillarda „Ədəbiyyat və incəsənət“ gazetasida va 1997-yildan „Xalq qəzeti“ning „Ədəbiyyat və incəsənət“ shoʻbasida ishlab kelyapti. Almaz Ülvi 1995-yilda „Demokratiya va milliy mustaqillik yoʻlidagi harakatning poeziyada aksi“ mavzusida nomzodlik, 2010-yilda esa „XX asr Ozarbayjon adabiyotshunosligida oʻzbek klassiklarining oʻrni“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Almaz Ülvi 1990-yilda Ozarbayjon Ozodligi yoʻlida shahid boʻlgan Ozarbayjon Milliy Qahramoni Ulvi Bunyodzodaning xotirasiga „Ulvi Bunyodzoda Xotira Muzeyi“ni tashkil etgan. Shuningdek, u „Atilla“ nomli ilmiy, adabiy-badiiy jurnalning taʼsischisi va bosh muharriridir. Ozarbayjon va xorijda 500 dan ortiq maqolasi chop etilgan. Olmos Ulviy Oʻzbekiston, Turkiya, Qirgʻiziston, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Turkmaniston, Avstriya va boshqa mamlakatlarda 60-dan ortiq ilmiy simpozium va konferentsiyalarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan.
Adabiy mulohazalari
tahrirAlmaz Ülvi ozarbayjon va oʻzbek adabiy aloqalari kontekstida oʻzbek adabiyotiga doir 150 dan ortiq maqolalar nashr ettirgan. Olimaning 2009-yilda Toshkentda „Ozarbayjon-oʻzbek (chigʻatoy) adabiy aloqalari (davrlar, siymolar, janrlar, tamoyillar)“ va „Alisher Navoiy Ozarbayjon adabiyotshunosligida“ kitoblarining taqdimoti oʻtkazilgan. U taniqli va isteʼdodli shoira Xosiyat Rustamova sheʼriyatini tahlil qilar ekan, oʻzbek adabiyotida oʻzining betakror ijodi bilan yangi bir ovoz, yangi bir isteʼdod kirib kelganligini eʼtirof etadi: „XXI asr oʻzbek poeziyasiga yangi, isteʼdodli, qalbi sheʼriyatga oshufta, dard, yangi ovoz bilan bir qiz qadam qoʻydi“ (ozarbayjon tilidan tarjima bizniki – O.SH.). Almaz Ülvi Xosiyat Rustamova sheʼriyatini Yunus Emro, Ulvi Bunyodzoda sheʼriyati biloan muqoyasa qilib oʻrganar ekan, uning oʻziga xos dardi, falsafasi borligini taʼkidlaydi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ OBID SHOFIEV. OʻZBEK ADABIYOTINING OZAR TADQIQOTCHISI – kh-davron.uzOʻzbek tilinde
- ↑ Alisher TURSUNOV. Olmos ULVIY, filologiya fanlari doktori, (Ozarbayjon): NAVOIY MYeROSI – KYeLAJAGIMIZ MAYo?I (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)02/13/2014Oʻzbek tilinde
Havolalar
tahrir- Suhbatdosh: Alisher TURSUNOV. KITOBXONLIK – ZAMON BILAN TYeNG YuRIShDIR (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)