Xosiyat Rustamova

Oʻzbek shoirasi, tarjimon.

Xosiyat Rustam (toʻliq ismi: Xosiyat Rustamova; 1971-yil 19-mart, Chust tumani, Oʻzbekiston SSR) – shoira, tarjimon[1], bir necha ssenariylar muallifi. „Shuhrat“[2] medali hamda „Oltin qalam“ milliy mukofoti, Rossiya Yozuvchilar uyushmasining nufuzli „Oltin Ritsar“ kabi mukofotlar bilan taqdirlangan[3][4][5]. Hozirda „Kitob dunyosi“ gazetasi bosh muharriri[6]. 2022-yildan Kolumbiyaning The World Poet Movement (Jahon sheʼriyati harakati)ning Oʻzbekistondagi kordinatori[7]. 2015-yil 18-noyabr kuni Londonda Hertfordshire Press Awards adabiy mukofotini topshirish marosimida Xosiyat Rustamovaning „Rangli koʻz yoshlar“ sheʼriy toʻplami „TCritics’ Choice Award“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan[8][9][10][11][12][13]. Xosiyat Rustamova ayni paytda Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon yozuvchilari uyushmasining aʼzosidir[14][15][16]. Uning sheʼrlari bugunga qadar dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Jumladan, ingliz, rus, turk, ozarbayjon[17], arab, alban[18], vetnam, venger[19] va boshqalar. Ayni paytda shoira Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining mustaqil tadqiqotchisi[20].

Xosiyat Rustamova
Tavalludi 19-mart 1971-yil (1971-03-19) (53 yosh)
Namangan viloyati, Chust tumani, Olmos qishlogʻi
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mashhur ishlari „Osmondagi uy“ (1997)
„Najot“ (2003)
„Rido“ (2004)
„Devor“ (2006)
„Avgust“ (2008)
„Ishgʻol“ (2011)
„40:0“ (2011)
Turmush oʻrtogʻi Qoʻchqor Norqobil
Mukofotlari
„Oltin qalam“ milliy mukofoti
Rossiya Yozuvchilar uyushmasining nufuzli „Oltin Ritsar“ mukofoti
Imzosi
Xosiyat Rustam va Gjekë Marinaj Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida. 2022-yil.

Tarjimai holi

tahrir

1971-yil Namangan viloyati, Chust tumani, Olmos qishlogʻida tugʻilgan[21][22][23][24]. 1993-yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

2003-yil Oʻzbekiston Milliy universitetining Oʻzbek filologiyasi fakulteti qoshidagi Oliy Adabiyot kursida tahsil olgan. 2021-yil Amerikaning Ayova universiteti Xalqaro yozuvchilar dasturi rezidentidir[25].

Mukofotlari

tahrir

Xosiyat Rustam 2004-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tarafidan „Shuhrat“ medali va 2016-yil „Oʻzbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan[26]. Bir necha xalqaro sheʼriyat festivallarida ishtirok etgan va 2012-yil Turkiyaning Bursa shahrida oʻtkazilgan xalqaro konkursning sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha gʻolibi boʻlgan. 2015-yil Ozarboyjonning Mikoil Mushfiq mukofoti, 2020-yil Nurangiz GUN Xalqaro shoir mukofoti va 2021-yili Rasul Rizo nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan[27].

2017-yili AMEA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Institutining „Ozarboyjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilmiy va adabiy aloqalar faoliyati uchun“ Faxriy Farmoni berilgan[28][29]. 2018-yilda esa Tailandda boʻlib oʻtgan xalqaro adabiyot festivalida nazm yoʻnalishi boʻyicha eng oliy mukofotni qoʻlga kiritgan[30]. 2003-yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va 2019-yildan Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[31][32].

2021-yili Naji Naaman nomidagi xalqaro mukofot sovrindori[33].

2021-yili Rossiya Yozuvchilar uyushmasining nufuzli „Oltin Ritsar“ mukofoti bilan taqdirlangan[34].

2022-yil Livanda joylashgan Naji Naaman nomidagi Madaniyat jamgʻarmasi (FGC) Xalqaro tashkiloti Xosiyat Rustamning Madaniyatning favqulodda elchisi, deb eʼlon qildi. Londondagi Yunus Emre Institutida Hertfordshire Press nashriyoti tomonidan oʻtkazilgan adabiy mukofotlarni topshirish marosimida shoiraning „Rangin koʻz yoshlar“ toʻplami Alegerea Criticului (Tanqidchi tanlovi) nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan[35].

Faoliyati

tahrir

Xosiyat Rustam sheʼriyatdan tashqari yozuvchi, dramaturg sifatida ham bir qancha hikoyalar, pyesalar, kinossenariylar yozgan. 2015-yilda „Osmonga sigʻmagan qush“ nomli pyesasi Oʻzbekistondagi yirik teatrlardan biri boʻlgan Muqimiy nomidagi akademik musiqali drama teatrida Oʻzbekiston Xalq artisti Mirza Azizov rejissyorligida sahnalashtirilgan. Bosh rol 2016-yil „Yilning eng yaxshi“ teatr aktrisasi deb topilgan Dilorom Abduvaliyeva tomonidan ijro etilgan[36][37]. Xosiyat Rustam ijodi namunalari „Oʻzbek sheʼriyati antologiyasi“da oʻrin egallagan boʻlib, antalogiya „Ladomir nashriyoti“ tomonidan rus tilida nashr etilgan[38].

Xosiyat Rustam modern sheʼriyat vakilasi sifatida tan olingan[39]. Uning ijodida asosan vatan, sevgi, ayol qismati, urush va XXI asr mojorolari bosh mavzu sifatida koʻtarilgan[40][41]. 2024-yil Xosiyat Rustam dunyo yozuvchilari va shoirlariga „Yer butun insoniyatning uyidir!“ nomli chaqiriq bilan chiqqan. Asli alban amerikalik shoir Vangjush Ziko shoira sheʼriyatining asosiy mavzulari sifatida sevgi-muhabbat, xudo, hayot va oʻlimni sanab oʻtgan[42]. Chaqiriq oʻzbek[43], ingliz[44], ozarbayjon[45], turk[46], hind[47], serb[48] tillariga tarjima qilingan. Unda yer sayyorasiga tahlika solayotgan muammolarga bagʻishlangan asarlar yaratish va ularni „Kitob dunyosi“ gazetasida chop etilishi nazarda tutilgan. Ijodida qadriyatlar muhimligiga urgʻu beradigan Xosiyat Rustam dunyoning materialistlar uchun oʻyinchoq boʻlib, XXI asrda globalistlarning taʼsiri kuchayotganini aytgan[49][50][51]. Xosiyat Rustamning 2024-yil „Kitob dunyosi“ gazetasida butun dunyo shoir va yozuvchilariga murojaat bilan chiqqan „Yer shari butun insoniyatning vatani“ nomli maqolasi chiqarilganiga hali 3-4 kun oʻtmasdanoq 18 ta: italyan, ingliz, turk, ozarboyjon, qirgʻiz, qozoq, alban, ispan, portugal, hind, neypal, serb va boshqa tillariga tarjima qilindi hamda butun dunyoga mashhur boʻldi[52][53][54][55][56]. 2022-yil noyabr oyida Xosiyat Rustamning Londonda nashr etilgan "Rangin koʻzoynaklar " kitobi „Tanqidchilar nigohida“ bosh mukofoitiga loyiq deb topilgan edi. Shundan soʻng bu kitob adabiyotshunoslar, shoir-tarjimonlar, keng jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotdi va kitob doʻkonlarda qolmay sotilib ketdi. Oqibatda amazon.comda kitob narxi keskin oshdi[57].

Tarjimalari

tahrir

Tarjimon sifatida Marina Svetayeva, Yevgeniy Yevtushenko, Anna Axmatova, Boris Pasternak, Ramiz Rövşən, Nigor Refibeyli, Rizo Halil, Fozil Kisakurak, Xusnu Dogʻlarja va boshqa koʻplab jahon shoirlarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 2015-yildan buyon eng nufuzli „Kitob dunyosi“ gazetasining Bosh muharriri. Xosiyat Rustamning sheʼrlari dunyoning 30 dan ortiq tillariga tarjima qilingan va kitoblari bir necha Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan[58][59][60].

Ssenariylari

tahrir

2016-yili „Gilam“ nomli hikoyasi asosida „Ajal jodusi“ nomli kinossenariy yozgan va rejissyor Hilol Nasimov tomonidan ekranlashtirilgan[61][62][63].

Eʼtirof va tanqidlar

tahrir

Oʻzbekiston xalq shoiri, drama turg Usmon Azim Xosiyat Rustam ijodiga quyidagicha taʼrif bergan:

...Soʻzlari nihoyatda rost, dardli va ajabtovur tarzda samimiy. Men anchadan buyon bunday rost tuygʻuli sheʼrlarni oʻqimagan edim. Yurakdagi ogʻriqni qogʻozga koʻchirish hammaga ham nasib etavermaydi. Xosiyat bu ogʻir, ilhomli ishni udda qilgan. U mavzu izlab koʻchaga qaramagan... Sheʼr bir tomchi quyoshga aylangan yurakdan iborat eknligini anglagan. Tuygʻularida ichki bir shiddat — shoirlik joʻshib turibdi...

Alban-amerikalik taniqli shoir, tarjimon Gjekë Marinaj Xosiyat Rustam ijodini quyidagi fikrlari bilan ifoda etgan:

...Toʻliq ishonch bilan aytamanki, nafosat va faylasufona holatlar, kuchli tashbehlar, durdona fikrlar va cheksiz ilhom Xosiyat Rustamovaning sheʼriy dunyosiga xos boʻlib, bu hodisa juda koʻplab yozuvchi va shoirlarga nasib qilmagan, ammo bugungi kun uchun aynan shunday sheʼriyat kerakligi aniq... ...Shoir muzasining maxsus missiyasi bor, yaʼni butun xayot mohiyatini davom ettiradigan muhabbatni tutib turishni, tabiatning ilohiy ruhi ila mavjud aloqani bogʻlashning eng yaxshi yoʻli aynan suyganing haqidagi oʻylarga berilish. Shu tariqa, shoiraning badiiy talqinlari hayot va oʻlimga oid keng koʻlamli falsafiy savollar ustida mushohada yuritishga chorlaydi[64].

Ozarbayjonlik shoir, tarjimon Ramiz Asker shoiraning ijodiga quyidagicha toʻxtaladi:

...Xosiyatning sheʼriyati mehribon qalbning mayin, titroq tuygʻulari, sof muhabbati, ishqi, yuksak tuygʻularga yoʻgʻrilgan ayriligʻi va orziqib kutilgan visolni tarannum etadi. Uning keng tasavvurida oʻlim va hayot manzarasi falsafiy jihatdan elakdan oʻtadi, sadoqat va vafo, inson va zamon ulugʻlanadi, xiyonat qoralanadi. Ona tabiatning goʻzalligi, oʻziga xosliklari koʻz oldingizda namoyon boʻladi. Shamol va yomgʻir, harf va soʻz, daraxt va gul, bahor va qish kabi tushuncha va motivlar oʻzining lirik-poetik aksini topadi. Pushkin, Lermontov, Yesenin, Anna Axmatova, Marina Svetayeva, Boris Pasternak, Atso, Katso, Kavataba va boshqa yozuvchilar ayni paytda uning badiiy qahramonlaridir[65].

Madaniy aloqalar

tahrir
 
Xosiyat Rustamova ozarbayjonlik siyosatchi Ganira Pashayeva bilan

Uning tashabbusi bilan 2020-yil oktyabr oyida dunyoning bir guruh taniqli shoir, yozuvchi va adabiyotshunoslari Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida boʻlib oʻtgan Qorabogʻ mojarosi tufayli Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga birdamlik maktubi yoʻllashadi[66]. Ushbu mojarolar paytida shoira qorabogʻliklar dardini oʻzida ifoda etgan „Adı Lalə idi o qızın“ („Ismi Lola edi u qizning“) nomli poemasini yozgan va u 2020-yilning oktyabr oyidayoq kitob holida nashrdan chiqqan[67][68][69]. Poemada Qorabogʻ urushi yillarida ota-bobolar yurtidan koʻchirilgan Lolaning achchiq hayoti, oilasi, boshidan kechirgan iztirob va qaygʻulari, bolalik xotirasi haqida hikoya qilinadi[70]. Bundan tashqari, Xosiyat Rustamning Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida boʻlib oʻtgan 44 kunlik urushga atab yozgan „44 kun“ kitobi Ozarbayjonda nashr qilingan[71].

Xosiyat Rustamova „Kitob dunyosi“ gazetasida dunyoning taniqli adabiyotshunos, yozuvchi va shoirlari bilan uyushtirilgan suhbatlar, ularning ijodini oʻzbek tiliga tarjima qilinib, oʻzbek gazetxonlariga yetib borishida oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Shu bilan birga ularning ayrimlarini – alban-amerikalik shoir, protonizm nazariyasi asoschisi Gjekë Marinaj[72] hamda ozarbayjonlik siyosatchi, jurnalist Ganira Pashayeva[73] va boshqalarni Oʻzbekistonga taklif qilgan[74]. Xosiyat Rustam haqida mashhur shoirlar, yozuvchilar va adabiyotshunoslar yozgan maqolalar va esselar asosida tayyorlangan „XOSIYAT“ nomli kitob oʻzbek tilida Oʻzbekistonda va „KHOSIAT“ ingliz tilidagi nashri esa Londonning „EGG London“ nashriyotida nashrga tayyorlangan[75]. 2022-yil Xosiyat Rustam hayoti va ijodi haqida Ozarboyjon TV va Oʻzbekiston TV hamkorlikda ikki qismli film suratga olish rejalashtirilgan[76].

2024-yil 25-yanvar kuni Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi tashabbusi bilan Xosiyat Rustamovaning ozarbayjon tiliga tarjima qilingan asarlari taqdimoti boʻlib oʻtgan[77][78][79][80][81]. Ozarbayjon adabiy muhitiga yaqinligi bilan bilingan shoira har yili oʻtkaziladigan „Xoʻjali qirgʻini“ni xotirlash tadbirlarida ishtirok etib keladi[82][83][84].

Oʻzbekistonda chop etilgan kitoblari

tahrir
Asar nomi Nashriyoti Nashr etilgan yili
"Osmondagi uy" Gʻ. Gʻulom nashriyoti 1997
"Najot"[85]. Maʼnaviyat nashriyoti 2003
"Rido" Yangi asr avlodi 2004
"Yupanch" Namangan nashriyoti 2005
"Devor" Gʻ. Gʻulom nashriyoti 2006
"Avgust" Yangi asr avlodi 2008
"40:0" Akedemnashr 2011
"Ishgʻol" Akedemnashr 2011
"Unitilgan yillar" Orzu nashriyoti 2014
"Bebosh bulutlar" Oʻzbekiston 2019
"Tunning boshi qorongʻu" Yangi asr avlodi 2021
"Sargardon soyalar" Adabiyot 2021
"Jigarrang daftar" Gʻ. Gʻulom nashriyoti 2021
"44 kun"[86][87] Arjumand media 2021

Xorijda chop etilgan kitoblari

tahrir
Asar nomi Chop etilgan tili Nashriyoti Nashr etilgan yili
"Ertasi yoʻq kunlar"[88]. turk tilida Yeni kitaplar nashriyoti 2006
"Qoʻrqinch" ozarbayjon tilida Vektor nashriyoti 2008
"Muhabbat anatomiyasi" qozoq tilida Ush Kiyan nashriyoti 2019
"Rangin koʻz yoshlar"[89] ingliz tilida EGG London nashriyoti 2020
"Shabboʻ" tojik tilida Balogʻat nashriyoti 2020
"Ikki quyosh" turk tilida Günce Yayinlari nashriyoti 2020
"Shamolning vajohati" vyetnam tilida[90][91][92]. NHA XUAT BAN HOI nashriyoti 2020
"Layli daraxtlar"[93] ozarbayjon tilida Avropa 2020
"Ismi Lala edi u qizning" ozarbayjon tilida[94][95]. Avropa nashriyoti 2020
"Majnun tol" ozarbayjon va oʻzbek tillarida Türksoy nashriyoti 2020
"Tushovlangan shamol" belarus tilida[96][97]. Vishnyooʻka nashriyoti 2021
"Tutqunlikdagi ozodlik" tatar tilida Dolya nashriyoti 2021
"Hovuchimdagi yulduz" ukrain tilida Burago nashriyoti 2021
"Koʻngil izidan" serb tilida[98][99]. Liberland Art nashriyoti 2021
"Bir hovuch shamol" turkman tilida Günce Yayinlari nashriyoti 2021
"Sakkiz" rus tilida Chetire nashriyoti 2021
"Men qazip ochındamın" qozoq tilida Annur Sana nashriyoti 2022
"Oʻn uchinchi oy" ispan tilida Ayame-Editotial nashriyoti 2022
"Ochiq derazalar" qoraqalpoq tilida "Bilim" nashriyoti 2022
"Meni yuraklardan qidir" ingliz tilida[100][101]. Mundus Atrium Press nashriyoti[102] 2023
"Rangsiz koʻzyoshlar"[103]. arab tilida Hassanbook nashriyoti 2023
"Sheʼrlar va Kundaliklar" rumin tilida[104]. Bistrita-Nasaud nashriyoti 2023

Manbalar

tahrir
  1. „Ozarbayjonlik deputat O‘zbekistonga kelyapti“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  2. „Хосият Рустамова (1971)“ (ru-ru). ziyouz.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  3. „Рустамова Хосият“ (ru). Arboblar.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  4. „Узбекская поэтесса Хосият Рустамова выпускает сборник на английском языке | „Angliya““. Angliya. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  5. Advaitamspeaks „ANTARIPA DEV PARASHAR READS KHOSIYAT RUSTAMOVA (UZBEKISTAN) in ASSAMESE TRANSLATION BY DEBASISH PARASHAR“ (en). Advaitam Speaks Literary (2020-yil 27-aprel). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  6. Press, Albania „Nga:Rudolf Marku“ (sq-AL). Albania Press (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  7. „Хосият Рустамова: Биз жуда қашшоқмиз!“ (en-US). Azam Abidov (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  8. „Узбекская поэтесса Хосият Рустамова стала лауреатом британской премии“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  9. „Ўзбек шоираси Хосият Рустамова Британиянинг «Hertfordshire Press Awards» мукофоти билан тақдирланди“ (uzkr). xs.uz. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  10. „Dunyo“. dunyo.info. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  11. „Ўзбек шоираси Хосият Рустамованинг китоби Лондонда чоп қилинди“ (uz-UZ). El tuz (2020-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  12. Ўзбек шоирасининг китоби Лондонда нашр этилди (inglizcha), qaraldi: 2023-08-15
  13. Ioan, Tene „Acordarea premiilor literare de către Editura Hertfordshire Press la Londra“ (ro-RO). Clusium News (2022-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  14. uza.uz „Ўзбек шоираси Озарбайжон Ёзувчилар бирлиги аъзоси бўлди“ (uz). Uza.uz (2019-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  15. uza.uz „Ўзбек шоираси Озарбайжоннинг юксак мукофоти билан тақдирланди“ (uz). Uza.uz (2021-yil 31-may). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  16. „Xasiyyət Rüstəm Azərbaycan Yazıçılar Birliyinin fəxri üzvü seçilib“ (az). Olaylar.az (2019-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  17. „Həyətdə bir köpək “boğur özünü” O, məndən hardasa xoşbəxtdir bir az“. mustaqil.az. Qaraldi: 20-dekabr 2023-yil.
  18. „MË GJENI NË ZEMRA – Poetja uzbekistanase Xosiyat Rustamova“. fjala.info. Qaraldi: 29-dekabr 2023-yil.
  19. „Khosiyat Rustamova: Napfolt Fordította: Gyermán Tóth Márta“. holdkatlan.hu. Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  20. „O’ZBEK SHOIRASI, O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JURNALISTIKA FAKULTETINING MUSTAQIL TADQIQOTCHISI XOSIYAT RUSTAMOVA BRITANIYANING HERTFORDSHIRE PRESS AWARDS MUKOFOTIGA SAZOVOR BO’LDI“. nuu.uz. 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2023-yil.
  21. „Xosiyat Rustamova. Yomg’ir yog’ayotgan edi…She’rlar va badialar. | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  22. „Хосият Рустамова — Интерпоэзия“. interpoezia.org. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  23. „Хосият Рустамова-одна из ярчайших поэтесс Узбекистана-презентует свой новый поэтический сборник в сердце Англии - Kultura.uz“. www.kultura.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  24. Archive, Our Poetry „******OUR POETRY ARCHIVE******: KHOSIYAT RUSTAM“.
              • OUR POETRY ARCHIVE****** (2021-yil 1-aprel). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  25. „Khosiyat Rustamova, Uzbekistán“ (es). www.festivaldepoesiademedellin.org. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  26. „Xosiyat Rustamova – Open Eurasian Literary Festival & Book Forum“ (ru-RU). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  27. „Khosiyat Rustam -Uzbekistan“ (sr-RS). Петрушка настамба (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  28. „Хосият Рустамова: «Ҳақиқий ёзувчининг ер юзидан бошқа ватани йўқ» – Қорақалпоғистон Ахборот Агентлиги“. kknews.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  29. „Qənirə Paşayeva Özbəkistanda tanınmış şairə, yazar, Xasiyyət Rüstəmi ziyarət edib“. Sabaha-inamla.az. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  30. uz, Daryo „Хосият Рустамова Евросиё адабиёт фестивалида халқаро мукофотни қўлга киритди“ (uz). Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  31. „Ўзбек шоираси Бокуда олқишланди“ (uz). www.xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  32. „Ochiq derazalar“. Telegram. Qaraldi: 2023-yil 17-avgust.
  33. Xosiyat Rustamova , poet, Uzbekistan (inglizcha), qaraldi: 2023-08-22
  34. oyina.uz „Хосият Рустамова халқаро “Золотой Витязь” танловида қатнашди“ (kiril). Oyina.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  35. „Acordarea premiilor literare de către Editura Hertfordshire Press la Londra“. diasporamadrid.com. Qaraldi: 29-dekabr 2023-yil.
  36. „Foto: “E'tirof-2016” mukofotining topshirilishi“ (uz-Latn). Газета.uz (2017-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  37. Epizod - Dilorom Abduvaliyeva (Osmonga sig'magan qush) #25 (inglizcha), qaraldi: 2024-02-27
  38. uza.uz „Лучшие образцы узбекской поэзии – на русском языке“ (uz). Uza.uz (2023-yil 3-may). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  39. „XOSIYAT RUSTAMOVA- MODERN SHE’RIYAT VAKILASI“. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  40. „XOSIYAT RUSTAMOVA SHE’RIYATINING YETAKCHI G‘OYALARI“. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  41. „XOSIYAT RUSTAMOVA SHE’RIYATIDA “VATAN” MAVZUSINING TALQINI“. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  42. „ИНСОНИЙ ВА ИЛОҲИЙ ҲАҚИҚАТЛАР“ (ru). MUZAFFAR.UZ (2024-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  43. „Ҳосият Рустамова дунё шоир-ёзувчиларини планета хавфсизлиги учун меҳр-муҳаббат вирусини "ишлаб чиқариш"га чақирмоқда“ (uz). Darakchi. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  44. News, Quick World „EARTH IS THE HOMELAND OF ALL HUMANITY!“ (en-US). Quick World News (2024-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  45. „Yer kürəsi - bütün bəşəriyyətin vətənidir! - "Kitab dünyası" qəzetinin baş redaktoru Xasiyyət Rüstəmin müraciəti“. Edebiyyatqazeti.az (2024-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  46. „Coşkun Karabulut: " YER KÜRESİ TÜM İNSANLIĞIN VATANIDIR!"“ (tr). Fethiye Haber - Fethiye Haberleri - Fethiye TV. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  47. „पृथ्वी मानवमात्रको घर हो ! -होसियत रुस्तामोभा“ (en-US). nepalpatranews (2024-yil 18-fevral). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  48. „ХОСИЈАТ РУСТАМОВА: АПЕЛ! ЗЕМЉА ЈЕ ДОМОВИНА ЧИТАВОГ ЧОВЕЧАНСТВА! Књижевна радионица Кордун - Књижевна радионица "Кордун"“ (en-US). www.literaryworkshopkordun.com. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  49. ExLibris „Khosiyat Rustam në bisedë me Gjekë Marinaj: Një vështrim intim në mendjen e një poeti“ (en-GB). ExLibris (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  50. admin „Khosiyat Rustam në bisedë me Gjekë Marinaj: Një vështrim intim në mendjen e një poeti“ (sq-AL). FJALA e LIRË (2024-yil 23-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  51. „Хосият Рустам: «В этом мире я рисую буквы»“ (ru). fergana.agency. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  52. Rustam, Xosiyat „EARTH IS THE HOMELAND OF ALL HUMANITY!“. quick-world-news.com. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
  53. Rustam, Xosiyat „" YER KÜRESİ TÜM İNSANLIĞIN VATANIDIR!"“. www.fethiyetv.com. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
  54. Rustam, Xosiyat „BOTA ËSHTË PËR TË GJITHË“. alb-spirit.com. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
  55. Rustam, Xosiyat „АПЕЛ! Земља је домовина читавог човечанства!“. www.literaryworkshopkordun.com. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
  56. Rustam, Xosiyat „पृथ्वी मानवमात्रको घर हो ! -होसियत रुस्तामोभा“. nepalpatranews.com. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
  57. Rustam, Xosiyat „Colourful tears Hardcover“. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  58. admin „MË GJENI NË ZEMRA - Poetja uzbekistanase Xosiyat Rustamova“ (sq-AL). FJALA e LIRË (2023-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
  59. jeta „Mbi të vërtetat njerëzore dhe hyjnore në poezinë e Hosiat Rustam - Nga Vangjush Ziko“ (sq-al). Flas Shqip. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
  60. „Poetja uzbekistanase Xosiyat Rustamova“ (en-US). Albspirit (2023-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
  61. uz, Kun „O‘zbek kinosiga nazar: Kun.uz muxbiridan “Ajal jodusi” filmiga taqriz“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  62. uz, Daryo „23-oktabr kuni Hilol Nasimovning “Ajal jodusi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi“ (uz-latn). Daryo.uz (2015-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  63. „Ажал жодуси узбекфильм“. 2024-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  64. „РУҲИЯТ ВА ҚАЛБ КЕЧИНМАЛАРИ“. teletype.in. Qaraldi: 29-dekabr 2023-yil.
  65. [Gül üzlü, nur gözlü Xasiyyət – ÖNSÖZ „Gül üzlü, nur gözlü Xasiyyət – ÖNSÖZ“]. globalinfo.az. Qaraldi: 29-dekabr 2023-yil.
  66. „Dünya yazarlarından Azərbaycan Prezidentinə həmrəylik məktubu“. olaylar.az. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  67. „Özbək şairin erməni təxribatına cavabı: “Adı Lalə idi...”“. axar.az. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  68. „Tanınmış özbək şairinin Azərbaycan həqiqətlərini vəsf edən kitabı çap edilib“. azertag.az. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  69. „Ўзбек шоирасининг китоби Озарбайжонда чоп этилди“. uza.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  70. „Dünya yazarlarından Azərbaycan Prezidentinə həmrəylik məktubu“. musavat.com. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  71. „Özbək yazar 44 günlük müharibədən kitab yazdı“. tv.sia.az. Qaraldi: 20-dekabr 2023-yil.
  72. „American's poetry inspires in Uzbekistan“. issuewire.com. Qaraldi: 24-dekabr 2023-yil.
  73. „Қия очиқ эшикдан қараб... Озарбайжонлик шоира билан ижодий кеча ўтказилди“. xabar.uz. Qaraldi: 24-dekabr 2023-yil.
  74. „Шоир Гжек Маринай Ўзбекистон ва Қозоғистонда“ (en-US). Azam Abidov (2022-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  75. romaniavippress „Khosiyat Rustam writer from Uzbekistan invited to RomaniaVipPress-"My poems have opened the golden doors of Romania to me"!“ (ro-RO). ROMÂNIAVIPPRESS (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  76. namhaqiqat.uz „Таниқли шоира ҳақида ҳужжатли фильм олинмоқда“. namhaqiqat.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  77. admin2 „Özbəkistanın tanınmış şairi Xasiyyət Rüstəmin kitabları təqdim olunub - FOTO“ (az). Turkustan.az (2024-yil 25-yanvar). 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
  78. admin2 „Azərbaycan-Özbəkistan ədəbi-mədəni əlaqələri: dünən, bu gün, sabah…“ (az). Turkustan.az (2024-yil 25-yanvar). 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
  79. „Arxivlənmiş surət“. musavat.com. 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
  80. „Bakıda tanınmış şair-publisist Xasiyyət Rüstəmin kitab təqdimatı olub“. 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
  81. „Mətbuat Şurasında özbəkistanlı jurnalist-şairə ilə görüş“ (az). https://presscouncil.az. 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
  82. „«Малакларнинг қирғини»: Тошкентда Хўжали қирғинига бағишланган тадбир бўлиб ўтди“ (uz). xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  83. „В Узбекистане презентована поэма о Ходжалинском геноциде“. 2024-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  84. „В Ташкенте представлена поэма "Геноцид ангелов", посвященная Ходжалинскому геноциду - ФОТО“ (ru). Day.Az (2024-yil 26-fevral). Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  85. „XOSIYAT RUSTAMOVA SHE’RIYATIDA “VATAN” MAVZUSINING TALQINI“. 2023-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-avgust.
  86. „Özbək yazarın Vətən müharibəmizdən bəhs edən kitabının təqdimatı oldu (FOTOLAR)“. manera.az. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  87. „Озарбайжонда ёзувчилар уюшмаси аъзосининг китоби тақдимоти бўлиб ўтади“. https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  88. „günce yayınları“. www.gunceyayinlari.com. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  89. „31.08.2020 / 22:10:21 Хосият Рустамова-одна из ярчайших поэтесс Узбекистана-презентует свой новый поэтический сборник в сердце Англии“. kultura.uz. Qaraldi: 29-dekabr 2023-yil.
  90. Chương, Phương Nam Văn „Hình xăm của gió - Thơ Khosiyat Rustam - Văn Chương Phương Nam“ (vi) (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  91. Chương, Phương Nam Văn „Thơ Khosiyat Rustam, một con đường, một thế giới - Văn Chương Phương Nam“ (vi) (2020-yil 4-iyul). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  92. „Khu vườn bí ẩn hay thế giới?“ (vi). giaoducthoidai.vn (2023-yil 23-aprel). Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  93. „Xasiyət Rüstəmin “Leyli ağaclar” kitabı Azərbaycan dilində nəşr edildi“. musavat.com. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  94. Varlığımız, Dilimiz „Özbək poeziyasında qardaş xalqların taleyi məsələsi: yaddaş və sənətin xətləri“ (az). Dilmiz Varlığımız (2021-yil 3-fevral). Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  95. Özbək şairi Xasiyyət Rüstəmin "Adı Lalə idi o qızın" kitabının təqdimatı... (inglizcha), qaraldi: 2023-08-16
  96. „НОВАЯ КНІГА ПЕРАКЛАДАЎ СВЯТЛАНЫ БЫКАВАЙ – МІНСКАЕ АБЛАСНОЕ АДДЗЯЛЕННЕ САЮЗА ПІСЬМЕННІКАЎ БЕЛАРУСІ“ (be). maaspb.by. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  97. „НОВАЯ КНІГА ПЕРАКЛАДАЎ СВЯТЛАНЫ БЫКАВАЙ – МІНСКАЕ АБЛАСНОЕ АДДЗЯЛЕННЕ САЮЗА ПІСЬМЕННІКАЎ БЕЛАРУСІ“ (be). maaspb.by. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  98. Karadzuleski, Luka „EKSKLUZIVNI INTERVJU SA HOSIJAT RUSTAMOVOM“ (sr-RS). FokusVesti. 2023-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  99. „ПУТЕВИМА НЕУГАСИВЕ СВЕТЛОСТИ Валентина Новковић - Књижевна радионица "Кордун"“ (en-US). www.literaryworkshopkordun.com. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  100. uza.uz „Ўзбек шоирасининг китоби Англияда чоп этилди“ (uz). Uza.uz (2020-yil 10-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  101. uza.uz „Ўзбек шоирасининг навбатдаги китоби АҚШда чоп этилди“ (uz). Uza.uz (2023-yil 21-may). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  102. „Books“. mundusartiumpress.us. Qaraldi: 19-dekabr 2023-yil.
  103. „Хосият РУСТАМОВА“ (ru). webkamerton.ru. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  104. romaniavippress „Khosiyat Rustam writer from Uzbekistan invited to RomaniaVipPress-"My poems have opened the golden doors of Romania to me"!“ (ro-RO). ROMÂNIAVIPPRESS (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.

Havolalar

tahrir