Alplar

Yevropadagi katta togʻ tizmalaridan biri
(Alp tog'laridan yoʻnaltirildi)

Alplar yoki Alp togʻlari Yevropadagi katta togʻ tizmalaridan biri boʻlib, uzunligi taxminan 1200 km, sharqda Avstriya va Sloveniyada boshlanib, gʻarbda Shveysariya, Lixtenshteyn, Olmoniya, Fransiya, janubda esa Italiya va Monakogacha choʻzilgan[1]. Alplar yuzlab million yil davomida Afrika va Yevrosiyo tektonik plitalari toʻqnashuvi ketidan paydo boʻlgan; bu hodisa sabab yuzaga kelgan ulkan bosim natijasida okean sedimentatsiyasi koʻtarilib, Mont Blanc va Matterhorn kabi togʻ choʻqqilarigacha chiqqan. Mont Blanc fransuz-italyan chegarasida joylashgan, uning balandligi 4810,45 m boʻlib, Alplardagi eng yuksak togʻdir. Alplar mintaqasida 4000 metrdan tepa juda koʻp choʻqqilar bor.

Alplar (fazodan olingan surat)

Alplar tizmasi balandligi va oʻlchamlari Yevropa iqlimiga taʼsir etadi; togʻlarda yogʻin miqdori keskin farqlanib, iqlim sharoitlari turli hududlarda turlicha. Yovvoyi hayvonlar (masalan togʻ echkilari) 3400 metr balandlikkacha tarqalgan, edelveys kabi oʻsimliklar ayniqsa toshli hududlarda tarqalgan. Alplarda odamlar paleolit davridayoq istiqomat qilishgan. 1991-yili Avstriya-Italiya chegarasidagi muzlikda topilga moʻmiyolangan qoldiqlar bundan 5000-yil oldin yashagan odamga tegishli ekanligi aniqlangan. Qadimgi Rimliklar Alplarda manzilgohlar qurishgan. 1800-yili Napoleon tizmani 40 ming kishilik qoʻshini bilan kechib oʻtgan. XVIII-XIX asrlarda Alplarda alpinizm avj oldi. Ikkinchi jahon urushida Uchinchi Reyx Alp mamlakatlarini bosib oldi (Shveysariya va Lixtenshteyndan tashqari); Adolf Hitler Bavariya Alplarida qarorgoh ham qurdirgan.

Alp qishloqlarida haligacha anʼanaviy qishloq xoʻjaligi (masalan, pishloq tayyorlash, yogʻoch oʻymakorlik) saqlanib qolgan. Turizm ham mintaqada rivojlangan. Qishki Olimpiya Oʻyinlari Shveysaria, Fransiya, Italiya va Avstriya Alplarida oʻtkazilgan. Ayni damda mintaqada 14 million nafar aholi istiqomat qiladi, yiliga 120 million sayyoh kelib-ketadi[2].

Alplar panoramasi.


Alp togʻlari — Gʻarbiy Yevropada, Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germa-niya, Avstriya, Sloveniya va Lixtenshteyn hududida joylashgan togʻlar tizimi. Yer poʻstining uchlamchi davr mobaynida roʻy bergan qudratli Alp burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Alplar bir-birlaridan past dovonlar orqali ajralib turgan togʻlarning murakkab tizimidan iborat.Qariyb 1200 km, kengligi 50-260 km. Eng yirik dovonlari — Simplon (2005 m), Sen-Gotard (2108 m), Brenner (1371 m) va boshqa Togʻlar yoʻnalishiga koʻndalang joylashgan chuqur soylik (Boden koʻlidan Komo koʻligacha) Alp togʻlarini gʻarbiy va sharqiy qismlariga ajratib turadi. Alplarning eng baland qismlarida muzliklar hamda muzlik hosil qilgan relef shakllari koʻp. Sharkiy Alplar (4049 m, Bernin togʻi) Gʻarbiy Alplar (4807 m, Monblan togʻi)dan pastroq. Ular ham ayrim taz-malarga boʻlinib kettan. Alplar etaklarida ohaktosh, dolomitlar keng tarqalgan, karst rivojlangan. Togʻ etaklarida iqlim moʻ’tadil, togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar bor, iqlimi ham sovuq. Muzliklarning umumiy maydoni 4140 km². Muzliklar va abadiy qorlarning quyi chegarasi 2500- 3200 m balandlikda. Eng koʻp yogʻin shimoliy va janubiy yon bagʻirlariga 376tushadi (2000- 3000 mm). Alplar dan oqib tushadigan daryolar (Reyn, Rona, Drava, Adije va boshqalar) sersuv, serostona, gidroenergiya zaxiralariga boy. Manzarali koʻl koʻp: Jeneva, Syurix, Boden, Lago-Majore va boshqa Tabiiy oʻsimlik turlari balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Togʻ etagidan 800 m balandlikkacha mada-niy landshaftlar, 1200 m balandliklarda keng bargli oʻrmonlar, 1300-1700 m balandliklarda igna bargli oʻrmonlar oʻsadi. 2600 m dan 3200 m gacha oraliklar subalp butazorlari, oʻtloqlar bilan band. Togʻ tizmalarida tunnellar qazilib, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtkazilgan. Alpinizm va turizm rivojlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1. „Alpine Convention“ (Wayback Machine saytida 2011-07-29 sanasida arxivlangan). Alpine Conferences. Retrieved 3-avgust 2012-yil
  2. Chatré, Baptiste, et. al. (2010), 8