Togʻ echkilari – quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻi[1]. Gavdasining uzunligi 100-170 sm, yagʻrinidan bal. 65-115 sm, vazni 35-150 kg. Serkasi (erkagi) uzun „soqoli“ va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. 8 turi bor. Shimoliy Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1-2 bola tugʻadi. 15-17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan[2].

Tog%CA%BB echkilari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi(2000-2005).
  2. „Togʻ echkilari“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil